9-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

801. Latifa: Er turistik sayyohatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko’rsatibdi
bu Neopal, bu Venetsiya bu Rim . Xotini rasmlar ichidan birini olib » Juda yaxshi mast bo’lgan ekansiz» deb rasmni ko’rsatibdi SAVOL : rasmda nima tasvirlangan?

Javob: Piza minorasi

802. Ko‘pchiligimiz «yuragim to‘lib yig‘lab yubordim» degan iborani eshitganmiz. Haqiqatan ham yurakning to‘lishi, ayniqsa liq to‘lishi yaxshilikka olib kelmaydi. Nima uchun?
Javob: Chunki bu yurak infarkt bo‘lgan bo‘ladi.

803. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi shahar, Buxoro viloyatidagi tuman, Tojikistondagi katta ko‘llardan biri, shuningdek qo‘y zoti. Ularning barchasi bir hil ataladi. Qanday ataladi?
Javob: Qo’rako’l

804. Ularning birinchisi 1483 yilda yozib tugatilgan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchisi 1484 yilda, beshinchisi esa 1485 yili yozib tugatilgan. Siz menga ularni beshtalovi birgalikda qanday atalganini ayting?
Javob: «Hamsa».
Gap bu yerda Alisher Navoiyning «Hamsa»sidagi 5 doston haqida ketmoqda.

805. Ushbu ikki raqsning kuylari bir-biriga juda o‘xshab ketadi. Hattoki bu ikkala raqs musiqasini chalishda bir hil musiqa asbobidan foydalanilgan. Bu bilan ularning o‘xshash tomonlari tugamaydi. Ularnig birinchisi ya’ni bizga yaqinrog‘ining nomiga uchta harf qo‘shilsa va ikkinchi unlini boshqasi bilan almashtirilsa ikkinchisining nomi kelib chiqadi. Menga har ikkala raqs nomini yozib bering?
Javob: Lazgi va lezginka.

806. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida shunday llyozilgan: “Ey farzand, bilgilki, donishmandlar uni kichik o‘limo deganlar. Uni ko‘p bo‘lishi yomon odatdirki, badanni sust, tabiatni vayron qiladi, yuzni kasalga o‘xshatib qo‘yadi”. U nima?
Javob: Uyqu

807. Injilda shunday yozilgan: “U ishni qilmanglar — na osmon haqqi, chunki u Xudoning taxtidir, na yer haqqi, chunki u Xudoning poyandozidir, na Quddus haqqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir. Boshing haqqi ham u ishni qilma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilomaysan”. Injilda nima qilmaslik to‘g‘risida nasihat qilingan?
Javob: Qasam ichish

808. Shaxmat bo‘yicha 9-jahon chempioni Tigran Petrosyanning shunday gapi bor: “Shaxmat –bu shakli bo‘yicha o‘yin, mazmuni bo‘yicha-san’at, o‘yinni o‘rganish qiyinligi bo‘yicha esa — udir”. U nima?
Javob: Fan

809. O’zbek topishmoqlaridan.
Onasidan kiyim-boshim
Bolasidan yog‘li oshim?

Javob: Paxta

810. Topishmoq
Tim qora kichkina xol
To‘xtatar yo‘lda darhol?

Javob: Nuqta

811. Topishmoq.
Yettisi bir yerga yig‘ilsa
Beshisi bir yerga yig‘iladi?

Javob: Palov (palovning yettita asosiy masallig‘i va uni “o‘zbekchasiga” yeydigan beshta barmoq).

812. Bekon fikricha,u yaxshi nonushta,lekin yomon kechki ovqatdir, Dantega ko‘ra esa, jahannam darvozalariga kiraverishda u yerga kiruvchi barcha uni qoldirib kirishi kerak.U nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Umid

813. Malayziyada «Sen qaerga ketayapsan?» deyishadi,bu savolga «Aylangani» deb javob berishadi.Yahudiy «Sizga tinchlik» desa,fors «Quvnoq bo‘l»deydi,Grenlandiyaliklar esa «Yaxshi ob-havo» deyishadi.Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Bu holatda bizda Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom.

814. Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o‘zining unga bag‘ishlangan qo‘llanmasida «Erkak kishi o‘zining o‘sha narsasiga qarab hurmat topadi-bu uning o‘zi,buning yordamida u o‘zining asl ko‘rinishini bekitadi,bu narsada uning aqli namoyon bo‘ladi» degan. Agar «Zakovat» bilimdonlari bir yilcha avval uni boshqa predmet bilan almashtirishgan bo‘lsa,u nima?
Javob: Galstuk

815. Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istab qolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?
Javob: Kuba

816. Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting?
Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.

817. Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan?
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan

818. U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Uni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak.
Gap nima haqida ketayapdi?

Javob: Ipak

819. Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlarni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?
Javob: Ninachi

820. Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi

821. «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qayerda joylashgan?
Javob: oyda

822. Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabar yetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liq qanday yangilikni o‘ylab topishgan?
Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi.

823. Bu hayvonning bolasi juda kichkina, yalang‘och va ko‘zi yumuq holda tug‘iladi. Uzunligi 2,5 metrdan ortiq bo‘lgan bu katta sariqning bolasi atigi 3 sm bo‘lib tug‘iladi. Bu qaysi xayvon?
Javob: Kenguru

824. Miloddan avvalgi IV asr boshlarida yunon faylasufi Platon tashkil qilgan maktab shunday atala boshlangan. Chunki Platon o‘z shogirdlari bilan suxbatni soya salqin bog‘da, afsonaviy qaxramonning xaykali oldida o‘tkazar edi. Platonning maktabining nomi bilan xozirgi kunda shunga o‘xshash muassasalar ataladi. Qanday ataladi?
Javob: Akademiya

825. Leonardo da Vinchi bu inson a’zosi xaqida shunday yozgan: «Xech bir a’zo bu kabi katta miqdordagi muskullarga muxtoj emas; ulardan qolgan, men ochganlarimni xisobga olmaganda 24 tasi ma’lum; va ixtiyoriy xarakatlar bilan xarakatlanadigan barcha a’zolardan u o‘z xarakatlarining soni bo‘yicha ustun turadi». Bu qaysi a’zo?
Javob: Til

826. U narsa juda ko’p xato qiladi. Chunki uning ishongan tomoni bor. Yapon maqolida «u qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustani ham olib yuradi» deb aniq aytilgan. Savol: gap nima haqida?
Javob: O’chirigichli qalam

827. Hamma uni 9-ekanini biladi, lekin hamma «yettinchi» deydi. Xamma uning 10-ekanini biladi, lekin negadir «sakkiz» deydi. Hamma 11-ekanini biladi, lekin negadur «to’qqizinchi» deydi. Savol: ta’rif berilgan narsalarning nomini toping?
Javob: Oy nomlari
Sentyabr, oktyabr, noyabr

828. Topishmoq:
UY YANGILIGIDA EGASI YO’Q,
UY EGASI TOPILSA uy buziladi.
Topishmoq nima haqida?

Javob: Tuxum

829. Hech qachon «u» bilan baxslashmang. Chunki baribir oxirgi so’zni siz ayta olmaysiz.
Baribir sizdan keyin gapiradi u.
Uni toping?

Javob: Aks Sado

830. Qadim zamonda bir podshoh bo’lgan ekan. U bir kuni dumaloq shakldagi katta bir qamoqxona qurdiribdi va shunday buyuribdi:
Agar kimda kim qonunga zid bo’lgan ish qilsa shu qamoqqa tashlanadi.
Oradan biroz vaqt o’tgach, podshohning o’g’li odam o’ldirib qo’yibdi va uni zindonga tashlashibdi. Bir necha yil o’tgach, podshoh o’g’lidan xabar olgani zindonga kiribdi. Qarasa, qamoqning bir burchagida bitta skelet yotgan ekan. Podshoh uni ko’rib:
O’g’lim, senga nima bo’ldi? – debdi. Shunda podshohning o’g’li orqadan kelib:
Ota, men bu yerdaman, — debdi. Savol: Burchakdagi skelet kimniki?

Javob: Dumaloq zindonda burchak bo’lmaydi!

831. Ular aldaganlarni yomon ko’radi lekin o’zlari aldaydi. Aldash ularning kasbi. Ular aldagani sayin insonlarning ularga ishonchi ortadi. Diqqat Savol Ular kimlar?
Javob: Futbolchilar

832. O’zi beshta harf uni ichida jonizdan boshqa hamma narsa bor agar boshidan bitta harfni olib tashlasak kimnidir yuragi og’riydi agar 2 ta harfni olib tashlasak kimnidir sog’inasiz agar 3 harfni olib tashlasak kimdir uyaladi?
Javob: Bozor
Ozor
Zor
Or

833. 1914- yil 1 -avgust tarixda o’chmas iz qoldirgan sana hisoblanadi. Chunki bu SANADA qanday voqea yuz bergan?
Javob: 1-jahon urushi boshlangan

834. UCHA OLADIGAN YAGONA SUT EMIZUVCHI HAYVON?
Javob: Ko’rshapalak

835. Sharq elining donishmandi, axloq ilmining otasi Luqmoni xakim aytadi: «Barcha yukni ko‘tardim, ammo burchdan og‘irroq yukni ko‘tarmadim. Barcha lazzatni totib ko‘rdim, ammo undan chuqurroq lazzatni topolmadim». U lazzat deganda nimani nazarda tutgan?
Javob: Salomatlik

836. Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda haftasiga ikki kun xavo boshqa kunlarga qaraganda sovuqroq bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun?
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq havo chiqarmaydi.

837. Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borishganda o‘z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda suyuklik quyib kelishar ekan. Savol: idishdagi suyuklik nimani belgisi hisoblangan?
Javob: ko’z yoshlari

838. Futbolda shunday termin bor. «Quruq barg» (сухлй листь) deb ataladi. Bu atama qaysi holatda ishlatiladi?
Javob: Burchak to’pi to’g’ri darvozaga kirib gol bo’sa

839. Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?
Javob: sham sifatida

840. Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan

841. AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini

842. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping?
Javob: Soat

843. Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin?
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi

844. “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz hozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi.

845. Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.

846. Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: “Vashington metrosi shunday yoritilganki, ……Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak?
Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.

847. 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: “A”, “Á” va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting?
Javob: Oxirgisi “Ë” harfi.
Izoh: Bu xarflar konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. “A” – yanvar, “Á” – fevral va h.k. Rus alifbosida 12 harf bu “Ë”

848. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin?
Javob: Neft

849. Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak chalish

850. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik

851. Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo’yishadi. Bu nimani bildiradi?
Javob: Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo’lmagan taqdirda ilib qo’yishadi

852. Dunyo bo’ylab jurnalining 1966 yil dekabr sonida Londonlik bosqinchi haqida maqola U kirgan uyda esa ochilmagan seyf bor edi. Politsiyaning nega seyfni shu paytgacha ochmading degan savoliga u ,, Men o’zimga. . . » qilishni xohladim deb javob bergan edi. Diqqat savol: nuqtalar o’rnini 3 ta so’z bilan to’ldiring?
Javob: Yangi yil sovg’asi

853. Rauf Parfi ijodidan: Siz menga juda …, Men sizga juda …! Ushbu she’rda shoirning sevgilisiga e’tirozini tushunish mumkin bo’lsa, tushirib qolirilgan 2ta bir hil so’zni toping?
Javob: KERAKSIZ

854. XIX asrda ruslarda bir antiqa firibgarlik yo’li paydo bo’ldi. Bu firibgarlar ma’lum muddatda katta pulga ega bo’lishar va xohlasa Odessa, xohlasa Konstantinopolda bir muddat dam olib yana yurtlariga qaytishar edi. Faqat qaytishdan oldin ular o’ziga xos suvenirlarni sotib olishardi. Diqqat savol: Ushbu suvenirlar qaysi shahardan keltirilgan bo’lishi kerak edi?
Javob: Makkadan
Izoh: Islomda kimning holati hajga borishga to’g’ri kelmasa, boshqa bir insonni o’z nomidan yuborish mumkin. Firibgarlar ana shunday insonlardan pul olib o’zlari xohlagan joyida dam olib, Makkaga borganliginig isboti sifatida suvenirlar olib borishadi.

855. Shoir Muhammad Yusufning fikricha turna kishnasa, qahratonda olma gullasa, osmonni suv bossa, quyoshni o’t bossa-yu yulduzlar tullasa ham hayron qolmagan Shoirni nima hayron qoldiradi?
Javob: Qiz bolaning sevib qolishi

856. Bilamizki poytaxt tanlashda shaharning joylashgan o’rni,iqlimi,siyosiy mavqei va h.k. faktorlariga qaraladi. Bir afsonaga ko’ra qaysi shahar qo’y go’shti yordamida poytaxt maqomini olgan?
Javob: Samarqand

857. Marxum shoirimizning quyidagi misralarini tinglang: Bir ulug’ alloma fikrin aylab jam, So’zimni matalga yo’ymanglar debdi. Tokchaga qo’l cho’zsang Qur’on tursa ham, UNGA sira oyoq qo’ymanglar debdi. Savol:Biz she’rdagi qaysi so’zni UNGA deb almashtirdik?
Javob: Nonga
Izoh: A.Oripovning

858. Tasvirda ko’rsatilgan it turining original nomlanishida X mavjud. Boshqa tildagi X so’zidan bir futbol klubi nomi kelib chiqqan. Bu futbol klubi milliy chempionat 10 karra g’olibi hisoblanadi. X ni toping?

JAVOB: Paxta
IZOH: Gap Paxtakor klubi haqida ketayotgan edi. Rasmdagi it esa paxtadek oppoq.

859. Yo rab loyimni-ku qorgan o’zingsan,
O’rish-arqog’imni o’rgan o’zingsan,
Yomonmanmi, yaxshi, men qandoq qilay?
Taqdir …ni bergan o’zingsan.
3 nuqta o’rnidagi so’zni 2ta (men biladigan) sinonimi bor. Bu so’zni biz ko’pincha boshimizga g’am-qayg’u kelganda ham eslaymiz, huddi xatolarimizda u aybdordek. 3 nuqta o’rnini to’ldiring?

JAVOB: Peshona

860. “Boshimni ushlab tepaga tortdilar –qalqon bo’ldim. Meni pastga sudrab, so’ng qarovsiz qoldirdilar. Oqibat o’zlari kulgiga qoldilar. Mening do’stim – boshini bir yerga suqmasa ishsiz qoladigan qarindoshim bor, biroq u men kabi ishonchli emas” Savol: gap kim yoki nimalar haqida ketmoqda?
JAVOB: zamok (molniya) va tugmacha

861. O‘ktam Saidovning ushbu kartinasida X ni ko‘rish mumkin. X beshlikning biridir. Savol: X bilan qanday so‘z birikmasi almashtirilgan?

Javob: Namoz o‘qish.
Izoh: Yaxshilab qarasangiz toshlar timsolida namoz o‘qib o‘tirgan odamlarni ko‘rishingiz mumkin

862. Bir sovutgich zavodining reklamasida jiddiy ravishda shunday deyiladi: “Bizning sovutgichlarimiz ishonchli sovuq havo ishlab chiqaruvchi hamkor bo‘lib, sizning uyingizga uni olib kiradi”. Nima olib kiradi?
Javob: iliqlik

863. X lar qayg’uli jimlik hukmida o’limlarini kutadilar. Kuz o’zining sovuq nafasi bilan ularninng peshonalaridan bir-bir o’pib, aldabgina jonini oladi-da, qabrlar uzra to’shaydi. X nima?
Javob: DARAXT BARGLARI

864. Olim Pyer Buast fikricha, insonlar hayotining dastlabki qismini o‘liklar bilan, ikkinchi qismini tiriklar bilan suhbatlashib o‘tkazishi, oxirgi qismini esa o‘zi bilan gaplashib o‘tkazishi kerak. Diqqat savol, o‘liklar bilan suhbat degandi nima nazarda tutilgan?
Javob: Kitob o’qish.

865. O‘rta asrlarda Sharqda karvon uzoq safarga otlangan paytlarda ayrim tuyalarning bo‘yniga siyoh to‘ldirilgan idish osib qo‘yishgan. Bu karvon qayerga yo‘l olgan edi va idishlar nimaga kerak?
Javob: Makkaga yo‘l olgan va ushbu siyohlar bilan Qur’onning nusxasi ko‘chirilgan

866. Siz suratda bir Yevropa davlati pul kupyurasi orqa tarafining bir qismini (to‘lig‘ini emas) ko‘rib turibsiz. Diqqat savol, ushbu kupyuraning old tarafida tasvirlangan ayolni ayting?

Javob: Selma Lagerlyof
Izoh: Ushbu suratda yerning yuqoridan ko‘rinishi tasvirlangan. Va bir nechta dalalar, uycha ko‘rinyapti. Buning ustiga surat haqiqiy, real tasvir emas, balki odatda bolalarning ertak kitoblarida bo‘ladigan grafikada tasvirlangan. Ushbu kupyura Shvesiyaning 20 kronalik puli bo‘lib, u g‘ozlar bilan do‘st tutingan mashhur sayohatchi bolakay Nils haqidagi ertakning muallifi Selma Lagerlyofga bag‘ishlangan edi.
Ma’lumot uchun 2016 yildan boshlab ushbu kupyura muomaladan chiqarilgan.

867. Yahudiylarning Butun dunyo xalqlari orasida naqadar bilimli ekanligini ko’rsatuvchi bir statistikada 0,2% va 20% ni uchratish mumkin. Bu har ikkala foizlar nimalarni anglatishini yozib bering?
Javob: Yahudiylar Dunyo aholisining 0,2 % ini tashkil qiladi, Nobel mukofoti sovrindorlarining 20 % ini yahudiylar tashkil qiladi

868. O’zbek tiliga ko’plab so’zlar kabi, maqollar ham kirib kelgan. Tojik tilida mavjud bo’lgan bir maqol bizning tilimizga qisqargan holda o’tgan. Bu maqolni eshiting: «…(3 nuqta) mush dorad, mush go’sh dorad». Maqoldagi «Mush dorad» so’zlari o’zbek tilida “sichqon bor” degan ma’noni bildiradi. Siz bizga 3 nuqta o’rnidagi bir so’zni yozib bering?
Javob: Devor
Izoh: Bu maqol asl holida quyidagicha bo’lgan: «Devorda sichqon bor, sichqonda quloq bor»

869. Ushbu tarqatmada 1856-yilda Normand orollarida qurilgan dunyodagi eng kichkina Uning surati aks etgan.
Savol: Qaysi shaharda joylashgan Uni 1971-yilda suratga olingan mashhur filmda ko’rish mumkin?

Javob Kattaqo’rg’on
Izoh: Qo’lingizga 2 kishiga mo’ljallangan bitta kameradan iborat dunyodagi eng kichik qamoqxona surati berilgan edi. 1971-yilda suratga olingan «Omadli jentlmenlar» filmi voqelari ham qamoqxonada kechadi. Bu qamoqxona esa Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on shahrida joylashgan.

870. Toshkent shahrida 1905-yilgacha harbiy qal’ada yirik pushka bo’lgan. Bu qal’a Toshkent astronomik va fizik observatoriyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan. Diqqat savol: Bu pushka nima vazifani bajargan?
Javob. Shahar soati
Izoh: Bu paytda shahar aholisi asosan quyoshdan yoki shu pushka ovozidan vaqtni aniqlagan. Bu pushka har doim kunning yarmida otilgan. Vaqtdagi o’ta aniqlikni ta’minlash maqsadida observatoriya bilan hamkorlikda ish yuritilgan. Xususiy soatlar esa faqat boy xonadonlarda bo’lgan. 1905-yilda esa Toshkentda birinchi shahar soati o’rnatilgan.

871. O’zining «Buxoro xalqining hasrati tarixi» nomli esdaliklarida Amir Sayid Olimxon bir insonni har safar «bu banda» deb tilga oladi. Savol: u kitobida kimni «bu banda» degan birikma bilan tilga olgan?
Javob: O’zini
Izoh: kitobda muallif kamtarlik va odob yuzasidan o’z nomini kam ishlatadi va barcha joyda «men» deyish o’rniga «bu banda» deb yozadi. Bu kabi kamtarlik sharq uslubidagi adabiyotlarda keng tarqalgan bo’lib, Buxoro amiri ham bu qoidani chetlab o’tmagan.

872. 2008 yili dizaynerlar uzoq kuzatuvlar natijasida Amsterdam aeroportining kutish zaliga maxsus avtomat o‘rnatishadi. Ushbu avtomat orqali haridorlar hajmiga qarab 4 yevrodan 15 yevrogacha bo‘lgan narxda bir mahsulot sotib olishlari mumkin edi. Diqqat savol, haridorlar avtomatdan nima sotib olishlari mumkin?
Javob: Kutib olish uchun yozuvli plakatlar.
Izoh: So‘zlar soniga qarab narx o‘zgargan

873. Arastu «X — bu ikki tanada yashovchi bir jondir» degan bo’lsa, Muhammad Ali » «X» — siz maktabda o’rganadigan narsa emas. Lekin siz «X»ning mazmunini anglmagan ekansiz, darhaqiqat hech narsa o’rganmabsiz» deydi. Savol, «X»ni 1 ta so’z bilan toping?
Javob: Do’stlik

874. «1920-yili zulhijja oyining o’n beshida yakshanba yarim kechasi soat ikkida bolsheviklar urush e’lon qilmasdan Buxoroga hujum boshladi. Bu banda to’rt kechayu to’rt kunduz dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To’p o’qlarining ko’pligi, bomba yog’dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag’al aholini qattiq tashvishga solib qo’ydi. Bu bandayi ojiz Buxoroyi sharifdan ko’chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan faqiru fuqaro bechoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, degan andishada G’ijduvon tarafga ravona bo’ldim». Savol: shu so’zlarni ayta turib, Amir Olimxon o’z esdaligida qaysi insonni esga olib o’tadi?
Javob: Muhammad s.a.v. payg’ambarimizni
Izoh: muallif xuddiki o’zining bu ko’chishini payg’ambarimizning Makkadan Madinaga hijrat qilishiga o’xshatadi.

875. Mashhur fizik olim Enshteyn bora bora ko’p narsa hayolidan ko’tariladigan bo’lib qoladi u xatto o’z uyi qayerdaligini ham esidan chiqaradi. U taksiga chiqganida taksisga «………..» deydi va taksis uni uyiga to’g’ri olib borib qo’yadi.Savol:Enshteyn manzilini bilmasa ham shafyorga nima deydi va shafyor to’g’ri olib boradi?
Javob: U taksichiga Enshteynning uyiga olib borib qo’ying deydi va uning uyini hamma shafyorlar biladi va olib borib qo’yadi.

876. Xazrat Abu Xamid al Gazzoliy XII-asr ibtidosida shunday xikmat yozmishlar:
«Ibroxim Adxam roxiblarni ko’rib, har kuni ibodat bilan mashg’ulsizlar, oshu- nonni qaydan topib yersizlar — deb bergan savoliga buni bizga rizk bergandan so’ragin- debdilar.
«Tegirmonini bergan bug’doyini ham bergusidur» — deb javob qilibdurlar. Xurmatli bilimdonlar, aytingchi tegirmon deb ular nimani nazarda tutganlar?

Javob: Ular tishlarini ko’rsatib tegirmon deb ta’kidlaganlar.

877. Dunyodagi eng keksa axborot agentliklaridan biri bu — Reyter hisoblanadi. Reyter axborot agentligi tashkil topganidan to XX asr 2-yarmigacha agentlik muhbirlari ro’yxatidan ular ham joy egallagan edilar. Savol: qanday hodimlar so’ralmoqda?
Javob: XIX asr oxirida tashkil topgan bu agentlik ixtiyorida o’nlab kabutarlar hizmatda bo’lishgan. Muxbirlar uzoq shahardan xabarlarni kabutarlar orqali jo’natganlar

878. Falonchi. Sizni qadrdon do’stingiz bormi? Nechta? Do’st bitta yo ikkita ham bo’lishi mumkin, bir nechta ham bo’lishi mumkin. Faylasuf va tarixchi Plutarx bir ajralmas do’sti haqida shunday so’zlarni qoldirgan. «Bu do’stimni men yoqtirmayman, o’zini fikri yo-q, xa desam xa deydi, yo’q desam yo’q deydi. O’zini fikri yo’q. Shuyam do’st bo-ldi-yu. Afsuski, undan kechishni iloji yo’q». Xurmatli bilimdonlar, Plutarx qanaqa ajralmas do’sti haqida yozgan?
Javob: Plutarx ta’riflagan bunday do’st hammada bor. Sizda ham, menda ham. Har bir insonni ajralmas bu do’sti uning soyasi.

879. Bir zukko shogird dono ustozidan so’rabdi: «Farzand bilan shogirdning farqi nimada? Farzand ota va ona unga hayot berganlari uchun har ikkalasi oldida burchlidur. Shogird esa faqat ustozi oldidagina burchlidur».
Shogird o’ylanib turib:
«Shogirdlik afzalmi yoki farzand bo’lmoqlikmi?»
Ustoz javob qildi: «o’zing tanla!»
Savol: shogird qanday qaror qabul qiladi?

Javob: U holda men otamga shogird tushaman.

880. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Amir Temur armiyasiga 17 yoshdan lashkarlar qabul qilingan. Ammo ular uzoq mashqlardan keyingina pishigach, jangga chiqarilgan. Amir Temur o’ylab topgan mashg’ulotlar ichida g’alatilariyam bo’lgan. Masalan, yigitlarning
2 oyogi orasiga kattakon tosh qistirib uzoqqa yugurish musobaqasi bo’lgan. Aytingchi, bu mashg’ulot bo’lg’usi jangchilarni nimaga tayyorlagan?

Javob: Otda mahkam o’tirishga o’rgatgan.

881. Ertaklarni asosan bolalar yaxshi ko’rib eshitishadi. G.X.Anderson yurti Daniyada uning ertaklari audio kassetalarda sotiladi. Uni nafaqat bolalar, ayrim toifa kattalar ham eshitishini hush ko’rar ekanlar. Savol: nima ularni bunday ertaklar tinglashga majbur qiladi?
Javob: Uyqusizlik kasaliga 
chalinganlar.

882. Beruniy fikricha, insonga uni ehtiyojlar uchun bergan. Ammo inson qalbi uni o’zi uchun eng maqbul vosita deb bilishi uchun ham vaqt zarur deb aytadi. Demak, unga ehtiyoj sezish uchun ham insonda unga nisbatan nafaqat ehtiyoj, balki halol qalb ham zarur ekan. Yuqorida Beruniy nima haqida so’z yuritgan?
Javob: Boylik

883. Ilon po’st tashlashidan xabaringiz bor. Qarang qurbaqa ham, baqa ham po’st tashlar ekan. Ilondan farqli baqaning po’stini hech kim ko’rmaydi. Savol: uni po’sti qayerga yo’qoladi?
Javob: o’zi yeb qo’yadi.

884. Vengerlarda 2 ta no’hat, polyaklarda 2 ta tanga, albanlarda 2 ta burgut, yunonlarda 2 tomchi zaytun moyi, moldavanlarda 2 dona uzum. Savol bizda-chi?
Javob: Bir-biriga o’xshash kishilar yo narsalar vengerlarda 2 ta no’hatga o’xshatilsa, bizda 2 tomchi suvga o’xshatishadi.

885. Sandiqchadagi narsa juda ko’p xatolikka yo’l qo’yadi, chunki uning ishongan tomoni bor. Yapon maqolida bu haqida aniq aytilgan: U qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustani ham olib yuradi deb. Savol sandiqchada nima bor?
Javob: Gap 2 ta uchli narsa xususida ketayapti. Bir uchi tap-tortmay xato qiladi, 2-uchi darrov xatoni ko’rmagandek qilib tekislab qo’yadi. Sandiqchani ko’rsating: Bu o’chirg’ichli qalam edi

886. Menga bir kun oldin ish buyurishadi lekin ishimni bajarib bo’lgach ular meni so’kishadi. Matn muallifini toping?
Javob: uyg’otgich ya’ni budilnik.

887. Bir davlatda shunday restoran bor ekan u restoranga faqat ayollar kirar ekan erkaklarni qabul qilmas ekan agar erkak kishi kirsa o’lik holda chiqar ekan buni eshitgan bir yigit shunday qilibdiki o’zini xuddi qizlar singari qilib kiyinib har bir tomononi qiz bola o’xshatib kiyinibdi pardozlari ham qizlarnikiday qilibdi. Va u kiribdi ancha o’tiribdi lekin hech kim u yigit kishi ekanligini bilmabdi lekin sezib qolishibdi. Savol uni qanday sezib qolishgan?
Javob: tomoqda kekirdak faqat o’g’il bollarda bo’ladi, uni yashirishni iloji yo’q

888. Erkaklar uchun: 1401
Bolalar uchun: 106
Ayollar uchun: 803
O’lganlar uchun: ?

Javob: 905 ya’ni 9-may

889. Tasavvur qiling siz tush ko’ryapsiz. Tushingizda yugurib ketyapsiz. Sizni mushtlab burningizni yerga ishqalashyapti. Yana goh ko’rsatkich, goh o’rta barmoqlar bilan biqinizga niqtashyapti. Diqqat savol: Tushingizda siz nimaga aylanib qolgansiz ?
Javob: Kompyuter sichqonchasiga.

890. Tasavvur qiling ,kechagi kun ertaga bo’lganda bugun yakshanba bo’lardi. Bugun qanday kun ?
Javob: Seshanba.

891. Arman xalq topishmog’i:
Bir kabob bor, kabobning g’aroyibligi shundaki, uning sihi go’shtdan yasaladi, go’shti esa metalldan. Odatdagi kabobning aksi.
Savol: topishmoqdagi sihni va go’shtli kabobni toping?

Javob: barmoq va uzuk

892. Barchamiz Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» va «Mexrobdan chayon» asarlarini yaxshi bilamiz. Undagi bosh qaxramonlar Otabek va Anvar lar asarda bosh qaxramon! Yozuvchi bosh qaxramonlar va ularning yorlarini ismini tanlashda bir bog’liqlikka axamiyat bergan!
Savol: Bu qaxramonlarni ismini tanlashda nimaga e’tibor bergan?

Javob: Otabek va Kumush
Anvar va Ra’no
Yigitlarning ismlarini oxirgi harfi yorlarining ismlarini bosh harfidir. Shunga yozuvchi e’tibor qaratgan!

893. Keniyaning chuchuk suvli Baringo ko’lida eng issiq kunlarda suvning sathi pasaymaydi , aksincha ko’tariladi.
Savol: Nima uchun ?

Javob: issiqda begemotlar suvga tushishgani sababli suv sathi ko’tariladi

894. Bozorda sotilmaydi, dasturxonga tortilmaydi, lekin odamlar tatib koʻrgan.
Savol: bu nima?

Javob: Ona suti

895.

O’rta asrlar hayotida Yevropada ishlatilgan ushbu jadvalga e’tibor bering:
Shahzodalar va knyazlar — 2,5 fut
Oliy tabaqali zodagonlar — 2,0 fut
Oddiy ritsarlar — 1,5 fut
Badavlat shaharliklar — 1,0 fut
Qolganlar — 0,5 fut.
Diqqat savol: ushbu jadval nimani aniqlab bergan?

Javob Paypoqning uzunligi

896. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida buyuk vatandoshimiz Jaloliddin Manguberdi haqida o’zbek xalqining atoqli yozuvchisi Maqsud Shayxzoda dramma yozgan. Ko’pchilikka ma’lumki, bu davrda milliy qahramonlarni xalqqa tanitish, ular haqida har xil asarlar yozish taqiqlangan edi. Ammo Maqsud Shayxzoda bunga ruhsat olgan.
Savol bunga qanday ruhsat olgan?

Javob. Asar 2-jahon urushi davrida yozilgan. Askarlarning jangovar ruhini ko’tarish juda muhim bo’lgan. Jaloliddin Manguberdi esa Vatan ozodligi uchun kurashgan tarixiy shaxslardan biri edi. Atoqli adibimiz Maqsud Shayxzoda esa bundan unumli foydalangan ekan.

897. Bir ilmiy maqoladagi mutaxassislarning fikricha, kuchli tafakkur egalarida X lar sodir bo’ladi, ya’ni kuchli iste’dod sohiblari X ga chalinadi. Boshqa bir mutaxassislar esa X lar odamda iste’dod kurtaklarini qo’zg’atib yuboradi deyishadi.
Diqqat savol: sizningcha X nima?

Javob: Tutqanoq (epilepsiya).
Izoh: Aflotun, Suqrot, Nobel, Janna d’Ark, Van Gog, Napoleon, Dostoevskiy, Yuliy Sesar kabi mashhurlar ham tutqanoq bo’lishgan.

898. «Nafs» nomli o’zbek filmida bir cho’pon yigit shaytonning yordami bilan mashhurlikka erishadi, ammo film oxirida fikridan qaytadi. Shunda shayton unga A dan Z gacha hamma narsaning soxta ekanligini ta’kidlaydi.
Javob: Beshik va Qabr.
Izoh: A va Z lotin alfavitining birinchi va oxirgi harflari. Beshik va qabr ham insonning birinchi va oxirgi joylari.

899. Amerikalik olimlar kosmonavtlar uchun kosmosda yozadigan ruchka uchun juda ko’p millionlarni sariflashgan. Ruslar esa amerikaliklardan ham chaqqon chiqib bu muammoni tez hal qilishgan.
Savol: Rus olimlari kosmosda oson ishlatish uchun kosmonavtlarga nimani tavsiya qilishgan?

Javob: Qalam

900. Xorazmshoh saltanatining eng mustahkam qal’alaridan biri bo’lgan «Gurganj» shahrini mo’g’ullar 1221-yilda qamal qiladi. Xorazmshoh xufiyalari mo’g’ullar tut daraxtini tagidan arralab kesishyotganini aniqlaydilar. Ochig’i qal’a ichidagilar ham avval nega tut kesishayotganligini bilishmaydi. Ammo tez orada ularning maqsadi oydinlashadi.
Savol: nima sababdan mo’g’ullar tut daraxtlarini kesishgan ?

Javob: Xorazmda katta xarsang toshlar bo’lmaganligi sababli mo’g’ullar tut daraxtlarini suvga bo’ktirib ularni toshotar qurollariga joylab, tosh o’rnida qal’aga otishgan.