47-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4601. Xitoy imperatori (Min sulolasi 1368 yil) Amir Temurga yuborgan maktublarida unga bir nom bilan murojaat qilardi. Diplomatiya tilida esa bu «sen menga tobesan» degan ma’noni bildirardi. Imperator o‘z maktublarida Amir Temurga qanday murojaat qilardi?
Javob: O’g’lim

4602. O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
Javob: Nyutonning klassik mexanikasi

4603. «Van Gog sindomi» haqida eshitganmisiz?
Mashhur golland rassomi Van Gog o’z qulog’ini ozgina qismini, bazi manbalarda butunlay kesgan degan ma’lumotlarni uchratish mumkun.
Keyinchalik shifokorga borgan bazi holatdagi odamlarga «Van Gog» sindromi tashxisi qo’yiladi.
Savol: Qanday holatda kelgan odamlarga?

Javob: O‘zini o‘zi jarrohlik muolajasi qiladigan yoki ba’zi bir tana a’zolarini kesishni so‘ragan bemorlarga

4604. Fransiya qirollari azaldan o’ta injiq va qaysar hisoblangan.
Fransiya Qiroli Lyudovik XIV ning 1000 dan ortiq boshga kiyadigan pariki hamda 40ta ………….bo’lgan.
Diqqat savol: Qirolning qirqta nimasi bo’lganini ayting?

Javob: 40ta maxsus sartaroshi bo’lgan.

4605. Har birimiz ko’chada yoki mahalla , tuman markazlarida «FHDY» («ФХДЁ») yozuviga ko’zimiz tushgan bo’lsa kerak.
Bu so’zni to’liq kengaytmasini qanday bo’lishini bilasizmi?

Javob: FHDY-Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish

4606. Qadimgi Bag’dodda tush tabirini aytuvchi kasb egalari rivojlangan edi. Ammo ma’lum vaqtlar kelib bu kasb egalari deyarli qolmadi. Shunda shahardagi so’nggi tush tabirini aytuvchidan nimaga sizga o’xshaganlar kamayib ketdi? deb so’rashganda u ULAR ko’payib ketdi. Savol ular kim yoki nima?
Javob: Chivinlar.
Izoh: Ular oqibatida odamlar yaxshi uxlay olmay qo’ygan natijada odamlar yaxshi uxlamagani uchun tush ko’rmay qolgan

4607. Ingliz qiroli Eduard birinchi tomonidan qabul qilingan Vinchester statuti bo‘yicha shaharlararo yo‘llarning ikki chetida 200 fut masofagacha bo‘lgan barcha daraxtlar kesib tashlanishi lozim edi. Nima uchun?
Javob: Qaroqchilardan himoyalanish uchun.
Izoh: Chunki qaroqchilar asosan daraxt panalarida yashirinib hujumga o‘tishgan.

4608. Tasavvur qiling Parijda atirlar sotiladigan do’konlarga kirdingiz agar siz sayyoh bo’lib atirni sovg’a sifatida chet elga olib ketmoqchi bo’lsangiz, sizga peshtaxtada turgan atir emas ichkaridan ya’ni ombordan boshqasini olib berishadi, agar siz Fransiya fuqarosi bo’lib oddiy o’zingiz uchun olmoqchi bo’lsangiz do’konda turgan ko’rgan atiringizni olib berishadi?
DIQQAT SAVOL: Bu ikkiga ajratishdan maqsad Nima va ularning qanaqa farqi bo’ladi?

Javob: Bundan maqsad atirlar xidi bir xil bo’ladi undan farq ajrata olmaysiz
Faqatgina atir suyuqligida xidni uzoq ushlab turish moddasi fransiya aholisi uchun sotilgan atirlada kamroq bo’ladi, bundan maqsad
Masalan siz atir surtdingiz u 1 kun xid taratib turadi ertangi kun yana surtasiz va hokazo, sezganingizday fransiyaliklar sotib olgan atirlar chet elga chiqqan atirlarga nisbatan tez tugab qoladi.
Bu usul kampaniyaga juda ko’p foyda keltiradi, negaki siz atir tugagandan keyin yana ushanaqasidan sotib olasiz

4609. Biz o‘zbeklarda bir duo bor, ya‘ni «To‘rt muchang sog‘ bo‘lsin» degan. Diqqat savol: «To‘rt mucha» deb aynan nimalarni nazarda tutilyapti?
Javob: Oyoq, qo’l, ko’z, quloq

4610. Bilamizki Rossiyada hammomda cho‘milish deganda ko‘z oldimizda, asosa, hammom supurgisi gavdalanadi. Diqqat savol: Rossiyaga hammom spurgisi qayerdan va qay tariqa keltirilgan?
Javob: Finlandiyadan olib kelingan. Rossiyalik savdogarlar Finlandiyaga sayohatga borganlarida olib qaytishgan.

4611. A.Obidjonning “Baloga qolgan futbolchi” to‘plamida juda qiziq hikoyalar keltirilgan bo‘lib, turli qiziq fikr, loflar va qiyoslar bilan to‘la. Misol uchun, Oltiariqliklar mehmon kelsa jonini ham beradilar, lekin bodring urug‘ini emas. Oltiariqlik otalar o‘g‘illariga shunday nasihat qilishadi: “Do‘stingni sotma, lekin turp do‘st emas”. Shu kitobda Shakarqishloqliklarning bir odati ham aytib o‘tilgan — ular kun qizib ketsa, katta gulxan yoqishar ekan. Savol, nima maqsadda?
Javob: Olovning tutuni soyasida o‘tirish uchun.

4612. Shotlandiyada XIX asr boshlarida bu sport turi milliy o’yin darajasiga ko’tarilgan, mamlakat bo’yicha musobaqa va chempionatlar o’tkazilgan terma jamoalar tuzilgan.
Bizda bu o’yinni ko’pincha maktab musobaqalarida yoki bolalar ko’pincha o’ynashadi.
Diqqat savol: o’ylab ko’ring bu qanaqa o’yin?

Javob: arqon tortish

4613. Shotlandiyaga sayohatimizni davom qilamiz.
Savol: Shotlandiya yubkasi haqida eshitmagan kishi bo’masa kerak oramizda.
Bu yubkani asosan erkaklar kiyishgan e’tibor qilgan bo’lsangiz yubkalar rangi qizil va qora katakli ya’ni kletkali bo’ladi matosi.
Ular ilgari rangi sariq va qora bo’lgan kletkali yubkalarni qanaqa kunlarda kiyishgan?

Javob: Motan kunlari

4614. Shotlandiya mavzusidagi oxirgi uchinchi savolimiz
Tasavvur qiling siz Shotland qiziga uylandingiz to’y kuni qaynotangiz qizi ko’ylagidan bir parcha mato kesib oladi.
Diqqat savol. Qaynonangiz sizda qanaqa urf odatni bajaradi?
Izoh: agar qizni onasi bo’lmasa qaynona bajaradigan ishni otasini o’zi yoki yaqin qarindoshlaridan bir bajarishi mumkin.

Javob: Qaynonasi kesilgan matoni kuyovni ko’ylagiga chap tarafiga taqib qo’yadi

4615. Boychechagim boylandi, 
Qozon to’la ayrondir.
Ayroningdan bermasang, Qozon-tovog’ing vayrondir. Boychechakni tutdilar, 
Simyog’ochga osdilar. Qilich bilan 
chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. 
Bu sho’xchan ijod namunasida 
boychechak aslida qirlarda o’sadigan 
gul emas ekan. Savol Boychechak deyilganda gul nazarda tutilmagan bo’lsa unda gap nima haqida bormoqda?
Ramziy ma’nosini toping?

Javob: Bu qo’shiq «go’dak» haqida ya’ni 
boychechak-go’dak, simyog’och- 
beshik, qilich-beshikband. Bolani 
beshikka belab, ustidan baxmal 
tashlab qo’yishadi.

4616. Ba’zi bir olimlar bu narsani shunday ta’riflashgan: 
«Ularning ba’zilarini ozgina totish  kerak, ba’zilarini yutib yuborish  lozim. 
Ayrimlarini yaxshilab chaynab hazm 
qib yuborish darkor. Chunki ular  turlicha bo’ladi». Savol: Ta’riflanayotgan narsa nima?

Javob: KITOB
Uning ba’zilariga amal  qilish kerak, yana boshqalarini  chuqur tahlil qilish lozim, ayrimlari  ya’ni yuzakilarini varaqlab qo’ysa ham  bo’ladi.

4617. Nima yerdan olish osonu, uzoqqa otish qiyin?
Javob: Pat

4618. Afrika qit’asining Zimbabve davlati. Bozorda yurganingizda suvinerlar sotayotgan odamlani ko’rasiz, Bu suvinerlani ko’rib har qanday odami eti junjikib, qo’rqib ketishi turgan gap, lekin U davlatda Bu narsaga e’tibor qilishmaydi.
Diqqat savol: O’ylab ko’ring bu qanaqa suvinerlar bo’lishi mumkin?

Javob: Odam suyaklaridan ishlangan suvinerlar

4619. Sprey «Spray» Bu aslida nima ekanligini bilasizmi bu oddiy chivin pashshalarga qarshi vosita, ko’pincha Yevropa davlatlarida ochiq tabiat qo’yniga dam olishga chiqqan kishilar tanalariga o’sha dezodarantdan sepishadi, go’yoki ularni chivinlar chaqmasligi uchun, lekin U spray chivinlar chaqmasligidan sizni umuman himoya qila olmaydi.
Diqqat savol: Sprey (dezodarant) tanaga sepilgandan keyin nima vazifani bajaradi.?
Yana qaytaraman U sizni chivin,pashsha chaqishidan asrolmaydi.

Javob: Sprey chivin chaqishidan himoya qilmaydi, uni sepganizdan 10-15 daqiqa o’tib chivinlar sizni qayerdaligizni topisholmaydi xolos uning asosiy vazifasi shu.

4620. Wikipedia maqolasida aytilishicha, ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida uni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zararli deb topib, dars xonasiga olib kirish ham ta’qiqlanar ekan. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, u bolalarning miyasidagi bir qobiliyatning atrofiyasiga olib kelishi mumkin ekan. 2011-yilning dekabrida Buyuk Britaniya Ta’lim ministri Nik Gib kichik sinfdagi o‘quvchilarga uning zararini hisobga olib, kelasi yildan boshlab barcha maktablarda undan foydalanishni cheklash haqida aytib o‘tgan. Savol, u nima?
Javob: Kalkulyator. Hisoblagich

4621. Rasmga e’tibor qiling Xorazmlik shoxlardan biri o’rtada yonlarida tik turganlar soqchilar, ikki yondagilar shox yordamchilari, orqa fonda soqchi ko’tarib turgan narsa nima ekanligini ayting?
Javob: Bu shoxning Hassasi
U doim tik holatda turishi kerak bo’lgan, saroyda bo’lganda hassani shoxning o’zi ushlab turadi, yoki biror tik joyga suyab qo’yadi.
Shoxning hassasi yiqilsa shox ham taxtdan ketadi deb hisoblashgan.

4622. Detektiv savol
«Olmos»
Sherlok holms va uning yordamchisiga o’g’irlangan olmos ko’zli uzuk haqida xabar keldi.
Sherlok uzuk egasiga savollar berdi.
-Uzuk haqida kimning xabari bor edi?
-Faqat xizmatkorimning. Uzukni taqmasdim, faqat qutichada turardi. U 6 karatli qimmatbaho uzuk edi deya gapini tugatdi.
Sherlok xizmatkorning uyiga borib, unga bo’lib o’tgan voqeani aytdi.
Men umuman uzukga tekanim yo’q. Bizning ham uyda 6 karatli otam Osladan 40-yilcha muqaddam yuborgan uzuk bor. Uzuk bilan xat ham yuborgan edi deb xatni Sherlokga berdi.
Sherlok xatni baland ovozda o’qishni boshladi.
Osla 6-may 1908-yil.
O’g’lim men 6 karatli zo’r uzuk oldim. Uzukni olib qo’y. Sherlok xatni to shu yerigacha o’qidi va xizmatkorga qarab sizning bu ishingiz menimcha mukummal emas deya javob berdi va mahkamaga borishni aytdi
Sizlar menga nega Sherlok Xolms uzukni xizmatkor olgan va aldashga urinayapti degani qarorga kelganini ayting
Norvegiya tarixini bilish sizga bu savolda yordam berishi mumkin?

Javob: Xatning boshida:
Osla 6-may 1908-yil degan yozuvlarni ko’rish mumkin. Osla 1048-yil tashkil topgan. 1624-yil esa katta yong’indan so’ng qayta qurila boshlanadi. Va faqatgina 1925-yilda OSLA nomini oladi. Xatda esa 1908-yil OSLA deb yozilgan. Sherlok shu yerdan xatning qalbakiligini biladi.

4623. Bu joyga odamlar faqatgina 1945-yildan jiddiy e’tibor berib o’rgana boshlashdi. U joyga V.Gaddis nom bergan va o’z asarlarida falokatli sirlar makoni tarzida tasvirlagan.
Gamilton, Florida yarim oroli va Puerto Riko bu joyni tashkil qiluvchilaridir.
Sovol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Bermurd Uchburchagi

4624. Sarob nimaligini, qanday yuzaga kelishi haqida ma’lumotga egamisiz?
Ko’pchilik sarobni sahro(cho’l)da tashnalikdan qiynalayotgan odamni uzoqqa tikilganida ko’z oldiga keladigan va haqiqatda esa mavjud bo’lmagan suv, ko’l, chiroyli qiz yoki o’ziga azob berayotgan muommoni yechimini ko’rishi deb tushunadi.
Afsonalarga ko’ra yer kurrasidagi eng go-zal va romantik saroblar ko’rinadigan joyni yovuz jodugar Morgana Le Fey yaratgan va avlodlar uning nomiga bu joyni «Morgana yopinchig’i» deb atashgan. Bu joyda ko’kda qasrlar muallaq suzib yuradi va Messiana shahri ko’kda aks etadi.
Savol: Yuqorida ta’riflagan romantik Saroblar paydo bo’ladigan joy hozirgi qaysi shahar?

Javob: «Sitsiliya» -Italiyaning ma’muriy hududi

4625. Bu narsani ko’rinishi XVI asrga kelib uning maqsadi biroz o’zgardi va endi avvalgidek urush , jang taqdirini hal qilish uchunmas, ikki kishi yoki tarafning or-nomus maqsadida tashkil qilina boshlandi. 1601-1609 yillarda fransuz dvoryanlarining 2 ming nafari bu narsaning qurboniga aylandi.
Hozirda Angliyada bu narsa qonunan man etilgan.
Germaniya talabalari orasida bu narsa yaqin zamonlargacha davom etib, nemis talabalari unda ishtirok etishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar.
Savol: gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Duel

4626. Bu hayvonning 1 donasi Yevropada 160€ turar ekan.
Uning sho’rvasi juda ko’p kasalliklarga davo hisoblanadi. O’zimizda ham bu hayvonni juda ko’p uchratish mumkin,sho’rvasini esa kamdan kam hollarda istemol qilishadi.
Diqqat savol bu hayvonning nomi nima?

Javob: Tipratikan

4627. Gitler urush boshlayotgan mahalda o’ziga davlatlani og’dirish maqsadida shunday yo’l tutdi. Ulani majlisga taklif etdi va majlis jarayonida uni amalga oshirdi barcha hayratlandi. Va Gitlerni shunday dedi. Bizni tangri qo’llayapti buni bajarish meni qo’limdan keldimi g’alaba qozonish ham qo’limizdan keladi!. .. shu orqali ko’p davlatlar unga ergashishdi. Savol Gitler majlis jarayonida qanday nayrang qildi. Yordam uchun u ayolla foydalanadigan bir buyumni ishga solgan?
Javob: To’nog’ich.
Oldingi sigaralar uzun bo‘lgan. U yordamida sigara kulini tushurmagan yerga, majlis davomida turavergan!
Ya’ni sigarani ichki qismiga solib qo‘ygan.

4628. Qadimgi Mesopotamiyada undan kemalarning tegiga suv o’tkazmaslik uchun foydalanishgan
Biz taxminan XIX asrdan keng foydalana boshlaganmiz
Buni siz har kuni ko’rasiz . Bugun ham bir necha marta ko’rgan bo’lishingz mumkin
Savol nima u?

Javob: Asfalt

4629. XIX asrda bozorlar ichida eng kech ish boshlaydigani poyabzal bozori bo’lgan. Azaldan tushdan keyin poyabzal bozori rosayam qizigan. Aziz bilimdonlar, buning sababini ayting?
Javob: Kun bo’yi yurgandan keyin inson oyog’i kechga borib kengayadi va shishadi. O’sha paytda kiyib ko’rilgan poyabzal keyinchalik oyoqni siqmaydi. Agar ertalab tanlab olinsa, kechga borganda oyoqlar kengayishi natijasida poyabzal oyoqni qisishi mumkin.

4630. Lo’li (tsigan)lar haqida deyarli hamma biladi,deyarli O’zbekistonni hamma yerida ular yashashadi. Ularning urf odatlari irimlari ham o’zgacha, ko’plar uchun ular turmush tarzi sir bo’lib qolgan bunga sabab ular o’zlaridan boshqa millatlarga urf odatlari va sirlani aytishmaydi.
Ko’pchilik bilsa kerak lo’lilarda ayollar mehnat qilib erlarini boqishadi, chunki to’y kuni erlariga shunaqa vada berishadi.
Diqqat savol: Lo’lilarda oilada qiz farzand tug’ilsa uning otasi uydan ………. olib chiqib tashlaydi.
Agar oilada o’g’il farzand tug’illsa uyga……… olib kirishadi.
Savol u narsaning nomi nima va nima maqsadda bu ishni qilishadi?

Javob: Qiz tug’ilsa qop ya’ni lo’lilar xaltasini olib chiqib tashlashgan
O’g’il tug’ilsa olib kirishgan

4631. Savol. Vilyam Shekspir uni dunyodagi eng katta o’g’ri deb hisoblagan. Jisman katta, eng og’ir o’g’ri, u. Savol eng katta o’g’ri nima?
Javob: Oy. Oy nurni quyoshdan o’g’irlaydi.

4632. Lelinni o’ldirish uchun besh davlat jiddiy kirishdi. Va bir agent ayolni yollashdi. Ayol Lelinni o’limiga sababchi bo’ldi!. Lekin Lelin o’limidan oldin u ayolga shunde jazo qo’lladiki bu jazo eng eng azobli jazolardan biri hisoblanadi. Diqqat Savol Lelin O’limidan oldin agent ayolga qanday jazo qo’llab ketgan?
Javob: Lelin uni Kremil ro’parasidagi baland qavatli uylardan biriga uy qamog’iga qo’yinglar. Uy bir xonadan iborat bo’lsin. Eng asosiysi Uyni derazasi temirdan bo’lsin u o’limini oxirigacha quyosh nurini ko’rmay o’tsin lekin maydondagi Bayram Paratlani ovozini eshitsin.

4633. XIX asr oxirlariga kelib og’ir metallurgiya juda rivojlanib ketadi. Germaniya, Angliya, Rossiya kabi davlatlar bu sohada yetakchilik qiladi. Aynan shu davlatlarda metallurgiya zavodlari ko’payib ketadi. Buyurtmachilar metall zavodlariga aynan bir narsani buyurtma qilishar edi. Savol. Nimalarga ko’proq talab bo’lgan?
Javob: Poyezd relslari

4634. Lenin mavzusini davom ettiramiz.
Lelinni o’limdan olib qolish qo’lidan kelmagan Olimlarga shunday topshiriq berildi uni jasadiga hech narsa bo’lmasin ya’ni Jasadi tirik qolsin. Olimlar uni deyarli uddalashdi. Lekin yana bir unsur kerak edi buni uddalay olishmadi. Diqqat savol siz menga uddalay olmagan emas uddalashgan usulni ayting. Yordam sifatida bu Tarix misr Firavnlariga borib taqaladi. Jasadga havo kiritilmasa u o’zini holatini yo’qotmaydi degan variant ham. Lekin ular Shunday moddani ishlatishdiki. U tufayli biz Lelinni jasadini o’z holatida ko’rishimiz . mumkin. Hozirda Lelinning kichik jasadi 73 sm tashkil etar ekan. O’sha modda nima edi ?

Javob: Zardob edi (qatiq uyiganda yoki suzma olinayotgan chiqadigan suyuqlik. Zardob bilan Lelinni butun tanasi ichki organlari ham yuvib chiqilgan ekan shu tufayli u hozirda o’z holatida turibdi.

4635. Yo‘l ochishda menga tengi yo‘q. Nafaqat yo‘l ochaman, men uni hatto yeyman, u menga kerak, men unga kerakman. Tabiatdagi bir hodisa tufayli men uni bir oz o‘z holiga qo‘yib yuqoriga chiqaman. Yo‘qsa men uni yeyaveraman, yeyaveraman. Bu monologni qaysi jonzot nomidan aytilmoqda?
Javob: Chuvalchang

4636. Hayotda shunday «yaqinlarimiz» borki, biz kulsak yig‘lashadi, yig‘lasak kulishadi.
Lekin shunday «do’stimiz» borki:
U kulsak kuladi, yig‘lasak yig‘laydi.
Diqqat savol: gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Ko’zgu oyna

4637. 1966 yil butun mamlakatni bu jinoyat larzaga soldi. Ba‘zilar undan xursand ham bo‘lgan. Uni bir guruh jinoyatchilar sodir etgan. Ularni tutishadi lekin sud kursisiga o‘tqazisha olishmaydi. Manga bu guruh direktorini ayting?
Javob: «Kavkaz asirasi» filimidagi Saaxov.

4638. Amir Olimxon saroyida bir lavozim bo’lgan, Amir Olimxon unga hatto yuksak harbiy unvon ham bergan, Xonga undan yaqini bo’lmagan, faqat u xonga orqa qilib o’tira olgan, uning vazifasi nima bo’lgan?
Javob: Aravakash

4639. U mamlakatimizga 90-yillarda kirib kelgan. Uncha uzoq bo’lmagan faoliyati davomida u yurak, qon-tomir va ko’plab asab kasalliklarining ko’payishiga olib kelgan. Ko’plab yong’inlar, toshqinlar va hatto o’g’irlikka sabab bo’lganligi haqida ham ma’lumotlar bor. U tufayli har yili bir qancha oilalar ajrashish yoqasiga kelib qolishmoqda. Ammo u hali-hanuz ilgarigidek sevimli. Savol, u nima?
Javob: Serial

4640. Toj Mahal o‘zining go‘zalligi, ulug’vorligi bilan dunyo ahlini lol qilib kelmoqda. Undagi yana bir mashhur noyob sirni bilasizmi? Topsangiz hayronu lol bo‘lasiz o‘sha vaqtdagi quruvchilar mahoratiga. Savol bu lol qoldiruvchi qanday sabab bor?
Javob: Hammom bir dona sham bilan isitilgan.

4641. Diqqat savol: Neft barcha mamlakatlar iqtisodiyotida doimo yuqori pog‘onalardan tushmay keluvchi yoqilg‘i. Bu yoqilg‘ining ham o‘ziga yarasha «xo‘jayin»lari ham mavjud. Xatto ulardan birini «Neft qiroli» deb ham yuritishadi. Savol kim haqida bormoqda?
Javob: Rokfeller

4642. Bir yapon drammaturgi bu narsaga «U bilan o’ta jiddiy munosabatda bo’lish kulguli, ammo yengil yelpi, ahamiyatsizdek qarab bee’tibor bo’lish esa xavfli» degan ekan, u narsa foydali zarur narsa, lekin e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi?
Javob: Gugurt

4643. Ko’plab Palma daraxtlarida shunday temir xalqachalar bor, nima uchun?

Javob: Sichqon va kalamushlar chiqib, kemiraolmasligi uchun.

4644. Bu so‘z italyan tilidan olingan bo‘lib, “chuvalchanglar” degan ma’noni bildiradi. 
Italiyani eslaganda bu chuvalchanglar shubhasiz hayolimizga keladi. Bu qanday so‘z?

Javob: Vermishel

4645. Dastlabki muzlatkichlar “Jeneral elektrik” firmasi tomonidan XX asr boshida chiqarila boshlagan. Ularning ikkita noqulay tarafi bo‘lgan, birinchidan o‘zidan yomon hid chiqargan, ikkinchisini toping?
Javob: Shovqini baland bo’lgan

4646. XVIII asr boshlaridan to XX asrning II-yarmiga qadar insoniyat tarixidagi Eng katta davlat uni hatto quyosh botmaydigan davlat ham deyishgan. Bu qaysi davlat?
Javob: Buyuk Britaniya

4647. XIX-asr oxirlarida kashf qilingan bu mo’jiza qariyib 1400-yil oldin qur’onda keltirilgan. Ko’pchilik qur’onda mazkur oyatni o’qib musulmon bo’lishgan. Qaysi mo’jiza bu?
Javob: Barmoq izlari

4648. O‘limidan uch oy o‘tib uni jasadini o’g’irlab ketishgan va oila a’zolaridan pul talab qilishgan ekan. Yana uch oy o’tib jinoyatchilar qo’lga olinib, jasadni ko‘mishdi va boshqa bunday holatlar bo‘lmasligi uchun beton bilan qoplashdi. Endi siz bu kimning jasadi ekanini toping?
Javob: Charli Chaplin

4649. Ko‘plar uni borligiga ishonishmaydi. Lekin E.Kant har qanday bilim o‘sha narsadan boshlanadi deb hisoblagan va yana shunday gaplar borki bu narsa kimda bo‘lsa halal ham beradi. «U» ni toping?
Javob: Intuitsiya/интуиция

4650. Finlyandiyaning Helsinki shahrida deyarli har kun kamida 50 ga yaqin avtomashinalarning shinalari (balonlari )teshib ketiladi.
Diqqat savol:Bu ishni kim qiladi va nima uchun?

Javob: Bular mahalliy politsiyachilar mashinalar to’xtash mumkin bo’lmagan joylarga qo’yilgan bo’lsa ular jarima belgilab o’tirmasdan mashina g’ildiraklarini o’tkir tig’li pichoq bilan teshib ketish huquqiga ega.

4651. Tasavvur qiling siz Qadimgi Rimda oddiy nonvoysiz. Bu davlatda nonvoylik juda rivojlangan . Siz yopgan nonlarni 2 ta idishda dasturxonga tortishgan. Bir idishda yumshoq va yangi nonlar, 2-sida qattiq qotirilgan nonlar qo’yilgan. Aynan qotgan nonlarni ham siz maxsus buyurtma orqali pishirgansiz. Uning kattaligi va ko’rinishi ham boshqacha.
Diqqat savol : Qotgan nonning shakli qanday bo’lgan va undan qay maqsadda foydalanishgan?

Javob: Qotgan nondan qoshiq o’rnida foydalanishgan

4652. Yevropa taksistlari orasida shunday bir ajoyib va kulgili naql bor. Uni yuqoridan kuzatsangiz haqiqatga yaqin. «Mashinaning gaz tepgisini oxirigacha bosma, yo’qsa ……. «
Siz davom ettiring?

Javob: «Mashinaning gaz tepgisini oxirigacha bosma, yoqsa — qo‘shni davlatga o‘tib ketib qolasa» Bu yerda Yevropa davlarining kichikligi nazarda tutilgan.

4653. Dunyoda turli xil mevalar bo‘lgani kabi o‘sha mevalarning ham o‘z turlari bor. Yong‘oqni ham har-xil navlari bo‘lib, bu navlar ichidagi dunyodagi eng qimmat yong‘oq navini ayting?
Javob: Makadamiya uni yana Kvinslend yong’og’i deb ham atashadi
Bu katta bo’lmagan yong’oq daraxti ekilganidan 8-9 yil o’tib 100 kilogacha meva beradi
Bu daraxtni 1 chiladan bo’lib Avstralya batanigi Viktoriya Fernandu fon Myuler topib u daraxtni do’sti Jon Mak-Adam nomi bilan ataydi yani Makadamiya

4654. Rasmda ko‘rinib turgan bu narsa issiqni bir xilda ushlab turishda havo haroratini tozaligi uchun foydalanilgan. Bu narsa bir jonzot yungidan olingan. Savol: Bu qaysi jonzotga tegishlik?

Javob: Pingvin

4655. Avstraliyada:
1 sentda ➖ oposum
5 sentda ➖ yexidna
20 sentda ➖ o‘rdakburun
1 dollorda ➖ kengruning rasmi bor. Aytingchi 2 dollarlik pulda nimaning rasmi bor?

Javob: Abarigen

4656. Marko Poloni ko’pchilik Xitoyga borganiga ishonmaydi. Bunga asos qilib esa, uning qo’lyozmalarida bir narsa haqida umuman ma’lumot keltirilmaganini aytishadi. U nima haqida yozmagan edi?
Javob: Buyuk Xitoy devori

4657. Afrikaning «fulbi» qabilasi topishmog‘i:
«Kiyimlarini tez tez almashtiradi, lekin yechinmaydi»
Topishmoq javobini toping?

Javob: Xameleon. Buqalamun

4658. Braziliyani hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo’lishidan ko‘ra Rossiyaning Mundialda g‘alaba qozonishi haqiqatga yaqinroq. Bu so‘zlar qaysi mashhur insonga tegishli?
Javob: Pele

4659. Fransuz iborasiga ko‘ra: «Jinoyat undan boshlanib, qo‘l kishani bilan tugaydi. «U» nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Qo’lqop

4660. Amerikaning Boston shahridagi oshxonalarning birida har hafta 17000 donadan ko’proq banan istemol qilinadi.
Diqqat savol: Bu oshxonaning qaysi tashkilotga qarashli ekani emas,17000 dan ziyod bananni kimlar istemol qilishini ayting?

Javob: Bu oshxona Boston oliygoxining talabalar oshxonasi,bannanni arzonligi uchun talabalar doimo istemol qilishadi.

4661. Bu hayvon dunyodagi eng aqlli hayvon hisoblanadi xattoki uning aql darajasiga bizga tanish ot, tuya, itlarning aqli ham yetmas ekan ya’ni ot, tuya,itlardan ham aqllilik bo’yicha yetakchi o’rinda turar ekan.
U qayg’uni, xursanchilikni, raxm-shavfqatni, quvonchni va o’yinqaroqlikni anglab olar ekan.
Diqqat savol: Bu mashhur hayvonning nomi nima?

Javob: Fil

4662. Mashhur Snikers shokoladini tatib ko’rmagan inson oramizda bo’lmasa kerak.
Bu qandolat mahsulotini bir amerikalik fermer oilasi o’ylab topganini bilasizmi?Bu aniq fakt.
Diqqat savol: Fermer oilasining qandolat mahsulotini snikers deb nomlaganinig asosiy sababi nima?

Javob: Fermer oilasining Snikers laqabli sevimli oti (tulpori )bo’lgan, ular otining sharafiga snikers shokoladini o’ylab topishgan.

4663. Rasmini tiniqini topolmadim.
Futbol haqida savol.
Bu rasmda bir mashhur rekordsmen futbolchi keltirilgan.
Bu futbolchi Jahon chempionatlarida 2ta davlat terma jamoalaridan o’yinga tushib gol ura olgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Diqqat savol: Bu futbolchining nomi emas, jahon chempionatlarida qaysi davlat terma jamoalari nomidan maydonga tushib gol urganini ayting?

Javob: 1990-yil Yugoslaviya termasidan
1998-yil Xorvatiya termasi nomidan maydonga tushib gol urgan.
Futbolchi nomi Robert Presenichki (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/5182?comment=24454)

4664. Bu narsaning sotuvi qonun bilan taqiqlangan bo’lmasa ham hozirda qora bozorda uning savdosi doimiy ravishda bo’lib turibdi.
U narsaning holati yoshiga qarab narxlar o’zgarib turishi mumkin. Uning qora bozordagi o’rtacha narxi hozirda 200ming$ aqsh dollari deb baholangan.
Diqqat savol: Uning nomi nima?

Javob: Bu buyrak, inson buyragi donor sifatida ishlatiladigan buyrak.

4665. Qadimgi Xitoyda dehqonlar sholi yetishtiradigan yerlariga har mavsumda yerga shakar sepib chiqishgan.
Diqqat savol: Nega qadimgi xitoyliklar sholi yetishtiradigan yerlariga shakar sepib chiqishgan?

Javob: Yer unumdorligini va xosil ko’proq olish uchun shakar sepishgan

4666. Bu suratda Moskva Kreml maydonidagi Lenin mavzoleyi tasvirlangan.
XX asr O’rtalarida Lenin yozuvining ostida(tagida)yana bir yozuv bo’lgan.
Diqqat savol: Bu yozuv nimaligini ayting?

Javob: Stalin

4667. Tasavvur qiling Hindistonning Mumbay shahrida yashaysiz oziq ovqat do’koniga harid uchun kirganingizda eshik oldida bir kishi turadi va hamyoningizni tekshiradi.
Agar hamyoningizda 10 rupiyadan kam miqdorda pul bo’lsa sizga bir qog’ozcha taqdim etiladi.
Diqqat savol: Sizning hamyoningizni nega tekshirishadi?
Qo’lingizga qog’ozcha berishdan maqsad nima?

Javob: Hamyoningizni tekshirishdan maqsad boy yoki kambag’aligingizni tekshirish.
Qog’ozcha u qashshoqlarga beriladi oziq ovqatlani chegirma (skidka)orqali sotib olish uchun.

4668. Uning ham salmoqlisi bo‘ladi,
Kinoyali, ilmoqlisi bo‘ladi.
Uni bilganga kelmaydi ofat,
U Allohning bir belgisi bo‘ladi.
Diqqat savol: Ushbu she‘rda bir jarayon madh etilgan. Siz she‘rda ilgari surilgan so‘zni toping?

Javob: Salomlashish

4669. Savol. U narsani dunyo xaritasi desak ham bo’ladi. Unda Yevropa, Avstraliya bilan chegaradosh emas, Osiyo Amerika qit’asi bilan chegaradosh emas. Lekin Afrika qit’asi barcha qit’alar bilan chegaradosh. Savol u nima?
Javob: Olimpiada xalqalari

4670. Ezop masallaridan birida u  dastlab «X» bo‘lgan. U Ezopdan keyin Vizantiyalik Diakonga «Y» ko‘rinishida o‘tgan. Chunki Vizantiyada «X» ga talab yo‘q edi, shundan keyin Lafontenga ham, Sumarokovga ham, Krilovga ham «Y» ko‘rinishida o‘tib kelgan. 
Diqqat savol: «X» va «Y» ning 
nimaligini toping?

Javob: X-Go‘sht,
Y-Pishloq.
Mashhur «Tulki va qarg’a» masalini eslang. U Ezopdan boshlanib qo‘lma qo‘l o‘tib kelavergan. Dastlabki variantda qarg’aning og’ziga go‘sht bo‘lgan. Vizantiyada go‘sht o‘rniga pishloqni qo‘yishgan

4671. Bir xilda teng ko’rsatgich qayd etgan ikkita shaxmat o’yinchisi Dilmurod va Ibrohimga yutuq sifatida tanlash uchun ikkita konvert berildi va Hakam shunday dedi:
-«Bu konvertlar ichida pul bor faqat bir konvertdagi pul ikkinchisidan 2 marta farq qiladi, ya’ni 2 marta ko’p yoki 2 marta kam.
Savol: Ibrohim o’z konvertini Dilmurod bilan alishtirsa yutish ehtimoli qanaqa deb o’ylaysiz?

Javob: «Yutish ehtimoli 25%

4672. Bir vertalyotga ikkita parashutchi joylashdi.
Birinchi parashutchi 1000 metrdan ikkinchi parashutchi esa 800 metrdan yerga sho’ng’idi.
Qaysi birinchi yerga tushadi?

Javob: «Qaysi birinchi tashlashiga bog’liq».

4673. Imom Ahmad an-Nasoiyning quyidagi so‘zlariga e’tibor bering: 
-«Agarda 3ta so‘z bilan dunyoni 
o‘gartirish mumkin bo‘lsa, unda shak-shubhasiz bu so‘zlar-….. …. …..! 
Sizlarni bilmadim-u men bu so‘zni 
kuniga eng kamida 3 marta 
ishlataman.
Savol: nuqtalar o‘rnidagi 3 ta so‘zni toping?

Javob: Bismillahir Rahmonir Rohiym

4674. 1990-yil ot poygalarida barcha turnirlarda sovrinlar miqdori 1,5; 2 barobar oshgani diqqatga sazovordir. Ammo keyingi yili, undan keyingi bir necha yillar davomida sovrin hajmi oshmadi. Savol: yana qachon oshgan?
Javob: 2002-yil «ot yili» da. 1990 yil «ot yili» ham munosabati bilan oshirilgan edi.

4675. Quyidagi rasmda hozirgi kunda tibbiyot olimlari tomonidan aniqlangan miyani inson harakatiga javob beruvchi qismlari tasvirlangan.
12-ta qismdan siz ma’lum qismlardan 4-chi qism qanday vazifani bajaradi deb o’ylaysiz?

Javob: Eshitish

4676. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Amir Temur darvozasi nomi bilan mashhur joy Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
2.Mikraskop O’zbek tilida yana qanday nom bilan ataladi?
3.Quyidagi xitob kimga tegishli deb o’ylaysiz:
-«Bu bir inson uchun kichik bir qadam, lekin butun insoniyat uchun ulkan sakrashdir».?
4.Sitseron uni hayotligidayoq «Tarix otasi» deb ta’riflagan edi.
Kimni?
5.Milodiy 2016-yil hijriy yil hisobi bo’yicha nechinchi yilga to’g’ri keladi?
Javob:
1.Jizzax
2.Zarrabin
3.Nil Armstrong
4.Getadot
5. 1437/1438

4677. Xristian afsonalariga ko’ra Iso masixni xochga qoqishganda bir voqea yuz bergani tufayli bir oyog’i va ikki qo’liga mix qoqishadi ikkinchi oyog’ini mixlashmaydi. Nima uchun bir oyog’ini erkin qoldirishgan?
Javob: Oyog‘i mixga qoqilishidan avval lo‘lilar mixni o‘g‘irlab qo‘yishgan

4678. Rossiyaning Kaluga viloyatida bir o’spirin yigit o’rmonda o’z o’rtog’ini shavqatsizlarcha qiynab o’ldiradi va go’shtini istemol qiladi. Sudda o‘spirin yigitga «X» bo’lmagani bois qotillikda ayblab 17 yil ozodlikdan maxrum qilishadi. «X» nimaligini toping?
Javob: «X» bu-Rossiya Konstitutsiyasida ham odamxo‘rlikka qarshi jinoiy modda yo‘q.

4679. O’tgan asr boshlarida kino studiya aktyorlariga xatlar kelardi, negadir manzili, kimgaligi aniq yozilmay mo‘ylovli kishiga, qo‘ng’ir sochga, sariq kostumli kishiga deb yozilar edi. DIQQAT SAVOL: nega muxlislar ularni nomlari bilan atamas edilar?
Javob: Chunki kino yangi chiqqan paytlardada titrda aktyorlarning ismi yozilmas edi.

4680. Slets, Jeki, Telli, Kofman va Leo ushbu ismlarning barchasi Arslonlarga tegishli. Ushbu arslonlar qaysi kompaniyaga tegishli?
Javob: Metro Golden Mayer

4681. Nodar Dumbadzeni «Abadiyat Qonuni» asari oxirida bir qiziq vaziyat tasvirlangan. Bir xasis inson o‘zini nochor ko’rsatish uchun «X» ni kichikrog’ini tanlaydi. «X» ni nimaligini toping?
Javob: Kichik oyoq kiyim kiygan u oyoqni siqib yuzni achinarli holatga solgan

4682. Italiya A seriyasi 31-tur
Yuventis:Peskaro 2:1
Uchrashuvda Mirko Vuchinich Peskaro darvozasiga kiritilgan golini quyidagi rasmdagidek nishonladi.
Bunchalik xursandchiligiga sabab bo’lgan gol darvozaga qanday kiritilgan deb o’ylaysiz?

Javob: Penaltidan.

4683. 1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko‘chilik norozi bo‘lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo‘lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 € mizni qaytaring” deya aytishgan. Bu qanday islohat edi?

Javob: Grigoriy kalendariga o’tilgan.

4684. 1996-yilning Fevral oyida «USA Today» degan gazeta bir insonni portretini «Insoniyat uchun turib bera oladimi?»  degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop etilgan edi?
Javob: Garri Kasparov

4685. Mashhur «Mona liza» asari rejissorlar orasida so’rov olib borildi. Ularga ushbu asardagi ayol yuz ko’rinishiga ya’ni tabassumiga qarab qanday kasb egasi bo’lishi mumkin deb savol qo’yilgan. AQSh lik rejissor J.Kameron uni «saroy oqsochi»,
Xitoylik mashhur rejissor Fen Xiogang «sotuvchi» deb aytishadi.
Rus rejissori L. Gayday uni qaysi kasb egasi deb tahmin etgan?

Javob: Tikuvchi

4686. Barcha davlatlar madhiyasi bir ko‘rinishga ega. Lekin bir davlat bundan mustasno bo‘lib, u davlat madhiyasining ko‘rinishi 158 xilga ega. U qaysi davlat?
Javob: Gretsiya

4687. Yapon mumtoz adabiyotidan.
XX asr boshlarida yashagan Xirioki Minaguchining she’rini tarjimasi.
» Fukusimaga keldi «X»,
Olib keldi qora bulut.
Erta tursam atrof oppoq,
Faqat ikki iz bor yerda
Xuddi chang‘i yurgan misol.» (Sher tarjima qilinganda qofiya chiqmagan)
Savol sherdagi «X» nima?

Javob: Poyezd. Ikki iz esa u qaytgach undan qolgan rels o‘rni

4688. Qadimdan xalqimiz chorvachilik bilan shug’ullangan. Chorvachilikda qayerda qo’y-echkilarni boqilishiga qarab turlarga ajratilgan. Masalan: tog’ chorvachiligi, adir, cho’l va hakozo. Savol adir va qirlarda qo’y boquvchilar kechasi yomg’ir yog’sa ertalab qo’ylarni qanday joydan qidirishni bilganlar. U qanday joy?
Javob: Quyosh nuri ilk tushadigan tepalikdan

4689. Kembridj talabalari dastlab bu o‘yinni o’ynash uchun sigar qutisi shampan vinosi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bu antiqa usulda paydo bo‘lgan o‘yinning nomini toping ?
Javob: Stol Tennisi

4690. Xristofor Kolumb ispan qirollik oilasidan shu darajada hafa bo’lganki, xatto o’z vasiyatida U VAFOT etgandan so’ng uni ispan yeriga ko’nmaslikni aytgan. Ammo u vafot etayotgan paytda juda qashshoq holda vafot etgan. Puli yo’qligi uchun uni boshqa davlatga ko’ma olishmagan. Lekin vasiyati bajo keltirilib uni Ispaniya yeriga ko’mishmagan. Savol uni qayerga ko’mishgan?
Javob: Yerdan 1 metr balandga boshqa tuproq keltirishib, uning ustiga ko’mishgan.

4691. Podshox vazirni surgun qipti, uzoq yillardan keyin podshox vazirini ko’rgani boribti, vaziridan shu paytgacha nima qilding qanday o’zgarishlar deb so’rabdi, vazir: qorani oq qildim, 2tani 3ta qildim, uzoqni yaqin qildim debdi. Savol: ana shu 3 javobda nimalarni nazarda tutgan?
Javob: 1-Sochim oqardi.
2-Hassaga suyandim.
3-Qarib o’limim yaqin

4692. “Dunyo bo‘ylab” jurnalida turli xil jonzotlar o‘rtasidagi janglarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilinadi. Unda jonzotlar orasidagi janglar sport turlariga qiyoslanadi. Masalan, oq ayiqlar Ushu jangchilari kabi tasvirlangan. Endi savol, qaysi hayvonlar xuddi sumo kurashchilari kabi tasvirlangan?
Javob: Begemotlar

4693. Kaliforniya shtatida g’aroyib bir qonun bor ekan. Unga ko’ra ayollarni ko’chada suzish kiyimida yurishi taqiqlangan faqat bir toifa ayollarga bu ruxsat berilar ekan.
Bular qanday toifa yoki qanday ayollar?

Javob: Vazni 200 kg yoki undan yuqori bo’lgan ayollarga.

4694. Ruslarda agar biror bir odam bekordan bekorga ish qilsa shunaqa bir naql bo’lgan «Sizifov mehnatini» qilayapti degan «Сизифов труд» savol: Sizif ishi nima degani va u nima qigan?
Javob: U ya’ni «Sizifov» balandlikga og’ir toshni chiqarmoqchi bo’lgan. Har safar tosh dumalab pastga tushib ketavergan. hamda u butun umrini shu ishga sarflagan.

4695. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan qolgan bir hadisda -«U yuzining tuzulishi, husi va fazilatlari, odatlari bilan menga ko’proq o’xshaydi» deb ta’rif berganlar. Payg’ambarimiz yuqorida kim haqida ta’rif berganliklarini topgan bo’lsangiz u insonning qabri qayerda joylashganligini bilasizmi?
Javob: «Ta’rif Qusam ibn Abbos(r.a)» haqida u inson Payg’ambarimizni amakisi Abbos(r.a)ni o’g’illari ya’ni payg’ambarimizga Amakivacha.
Qabri esa Samarqand shahridagi Shohi Zinda(Tirik Shoh) maqbarasida joylashgan.

4696. Qisqa_Savollar_6taligi
1.»Kinshasa» shahri qaysi davlatda joylashgan?
2.Zardushtiylikda mol-davlat homiysi bu?
3.Yaqin o’tmishning eng mashhur futbol hakami bo’lgan «PerLyudji Kallino» qaysi millatga mansub deb o’ylaysiz?
4.»Julqunboy» taxallusi bilan ijod qilgan O’zbek yozuvchisi kim edi?
5.Kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy sistemasidagi 76-chi element qanday nomlanadi?
6.
1-«Buzruk»
2-«Rost»
3-«Navo»
4-Dugoh»
5-?
6-«Iroq»

Javob:
1.Kongo
2.Mitra
3.Italyan
4.Abdulla Qodiriy
5.Osmiy
6.Segoh

4697. Genetikada irsiyatni genlar orqali ajdoddan-avlodga o’tishini bugungi kunda hammamiz bilamiz. Bu qonuniyatni ilk bor o’rgangan chex olimi Mendel bir o’simlik ustida tajriba o’tkazib keyinchalik genetika sohasiga ulkan yuksalish ochib berdi.
Xo’sh Mendel qanday o’simlik ustida tajriba o’tkazgan deb o’ylaysiz?

Javob: No’xat

4698. Olimjon va Davronga ikkita konvert berildi. Konvertlarda pul solingan bo’lib konvertlardagi pulni summasi bir biridan 3 marta farq qiladi ya’ni 3 marta ko’p yoki 3 marta kam.
Topingchi Davron o’z konvertini Olimjonniki bilan alishtirsa hozirgi pulidan ko’proq pul chiqish ehtimoli necha foiz?

Javob: 66.66%

4699. Detektiv savol
Jekning o’limi haqida politsiya villa egasi Tomga xabar qilishdi.
Jekning jasadi shahar chetidagi villadan topildi. Villa egasi esa Tom. U villaga anchadan beri kelmaganini va villada hech kim yashamasligini, ba’zida o’zi kelib turishini aytdi.
Shifokorning xulosasiga ko’ra Jek 2 haftacha oldin o’lgan va jasad o’shandan beri yerda yotibdi. Sherlok xonani kuzatdi. Xonaning hamma yeri chang rostan ham 2 haftadan beri hech kim kirmagan shekilli, juda ajoyib, xashamatli villa. Menda ham shunday villa bo’lgandami deb qo’ydi kulib serjantga qarab. Stol ustida vaza, vaza ichida esa mevalar. Mevalar ichidan u sap-sariq katta bananni olib tozalashga tushdi. Shunda serjant: «janob Holms bananga tegmang, barmoq izlaringiz qoladi» deb hazillishib qo’ydi.
Men hali nonushta qilganim yo’q, ishni ochishim uchun nonushta qilib olishim kerak deya javob qaytardi kulimsirab.
Qotil villaga hech kim kelmasligini yaxshi bilib jasadni shu yerga tashlab ketgan dedi serjant.
Sherlok xonani yaxshi kuzatib bo’lgach «yo’q adashasiz villaga yaqinda kimdir kelgan va yashagan. Jasad ham ancha oldin o’ldirilgan bo’lsada yaqinda olib keltirilgan» deb qarab qo’ydi Tomga.
Diqqat savol sizlar menga nega Sherlok bunday fikrga kelganini ayting?

Javob: Stol ustida sap-sariq banan bor edi. Jasad 2 hafta oldin keltirib tashlangan bo’lganda va undan oldin kimdir villada yashaganida bananlar qorayib qolishi kerak edi. Demak yaqin-yaqingacha villalada kimdir yashagan.

4700. Ushbu imzo tarixiy shaxslardan biriga tegishli. Yaxshilab imzoga e‘tibor bilan qarasangiz shaxsning familiyasini topishingiz mumkin. Diqqat savol: bu imzo kimga tegishli?

Javob: Yuqoridagi imzo Xristofor Kolumbga tegishli.