52-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5101. Tarixda Ikki opa singillar mashhur turnir finalida to’qnash kelishganda g’oliba sharafiga o’yindan so’ng X ni qo’yishgan edi. Savol: X ni maksimal aniqlikda toping?
Javob: Sereneda
Izoh: gap Serena va Venus Uilyamlar haqida edi. Serena g’alaba qozonganda uning sharafiga ismiga monand Serenada qo’yilgandi

5102. Bugungi kunga qadar saqlangan mazkur inshoot 1557-1598 yillarda Abdullaxon 2 davrida bunyod etilgan. Buxoroning g’arbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani qurdirgan. Bu darvoza orqali 4 ta yerga borilgan. Bular Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilgan.Darvoza ikki ,,Guldasta» , arka , ravoq , kanos kitabeli qilib, usti kungurali gultoj bilan bezatilib, Qadimiy qal’a devorlariga moslashtirilib qurilgan. Zinda fil Axmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan.Darvoza 1960-yilda usta ,,X» hamda ,,Y» , 2005-yilda esa ,,Z» tomonidan qayta ta’mirlangan.
Savol: X-? , Y-? , Z-? Qaysi ustalar ekanligini hamda u qaysi darvoza ekanligini ayting??

Javob:
X-Aminjon Salomov,
Y-Mubin Muminov,
Z-Soli Karimov.
Darvoza esa Talipoch darvozasi

5103. XVIII asrda Georg I alfa ni Qirollik toji mulki deb e’lon qiladi. Hozirgi kunda nafaqat London, balki boshqa shaharlardagi qirollar, mashhurlar yodgorliklarining kiyimlari va bosh kiyimlarini alfa «bezab» turganini ko’rishingiz mumkin.
Savol: alfani 2 so’zda ayting?

Javob: Kaptar axlati
Kaptar tezagi ham qabul

5104. Kiyevda Rossiyaga qarshi bo’layotgan namoyishlarda Rossiya prezidenti biroz o’zgartirilgan holda ya’ni XX asrdagi eng mashhur bir nemisga o’xshatib tasvirlanganini ko’rish mumkin. Rasm tagiga esa ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyin qo’llanilgan bir nemischa atamaning birinchi so’zidagi 2 ta harf almashtirilgan holda yozilganini ko’rish mumkin.
Savol: Siz bu atamaning istasangiz asl ko’rinishini, istasangiz o’zgartirilgan holini 2 so’zda yozib bering?

Javob: Gitler Kaput!
Yoki
Putler Kaput!

5105. Quyidagi so’zlarga diqqat bilan e’tibor bering: ari, dengiz, no’xat va choy. So’zlarga diqqat bilan e’tibor bergan bo’lsangiz, bu so’zlarni u bog’lab turganini ko’rishingiz mumkin. Agar bu bog’liqlikni topgan bo’lsangiz, shu bog’liqlikka siz va bizning qanday aloqamiz borligini tushuntirib bering?
Javob: U va V harflari
Izoh: Endi yuqoridagi berilgan so’zlarni ingliz tiliga tarjima qilib chiqaylik, ari – bee, dengiz – sea, no’xat – pea, va choy – tea. Aynan shu so’zlar ingliz tili alifbosidagi Cc, Bb, Pp va Tt harflaridek bir xil talaffuz qilinadi. Shu bog’liqlikka siz va bizning qanday aloqamiz borliginiga keladigan bo’lsak, Siz so’zi you hamda biz so’zi esa we deb tajima qilinadi. You so’zi esa Uu harfidek, we so’zi esa Vv harfidek bir xil tallaffuz qilinadi. Bu so’zlarni ingliz tili alifbosi bog’lab turadi. Lekin biz ari, dengiz, no’xat va choy so’zlarini nima bog’lab turishini emas, balki shu bog’liqlikka siz va bizning qanday aloqamiz bor degan savolni qo’yganimiz uchun ingliz tili alifbosi degan javoblar qabul qilinmaydi.

5106. Rasmdagi g’alati harakatlar qilayotgan insonlar ko’rib turibsiz.
Yo’q ular aqldan ozmagan.
Savol rasm qaysi shaharda olingan?

Javob. Piza.
Bu odamlar aqldan ozmagan shunchaki , Piza minorasi yonida esdalik uchum rasmga tushmoqda

5107. Bu chempion futbol jamoasining o’yinini sharhlayotgan kommentator klubdagi bir o’yinchining familiyasini o’qib «hech qachon chanqab qolmasa kerak» — dedi, hazilomuz. Siz bu futbolchi va futbol klubini topgan bo’lsangiz jamoa joylashgan shaharda qaysi o’yin kashf qilinganini toping?
Javob: Bu Lester klubi futbolchisi Drinkwater. Lesterda esa Bridj(Ko’prik) o’yini yaratilgan

5108. U narsa bilan qo’lingizni yuvib chayonni ushlasangiz u qimirlay olmay qoladi agar uning suvidan ikki yoki uch tomchi chayonning og’ziga tomizsangiz u shu zahoti o’ladi. Savol u nimani suvi?
Javob: Turp suvi
Manba: xalq tabobati kitobi

5109. Joan Roulingni «Garri Potter va faylasuf toshi» asarida Uning qonining xususiyatlari haqida quyidagicha yozilgan: — Uning qonini ichgan har qanday odam hatto davolab bo’lmaydigan kasallikdan ham xalos bo’ladi, biroq abadiy la’natlanadi. Bundan tashqari, Uning dumining sochlari sehrli tayoqchalar uchun sehrli modda bo’lib xizmat qilishi mumkinligi ham aytib o’tilgan.
Uni Ivan Grozniyning shaxsiy muhrida ham ko’rish mumkin edi.
Savol: Uni toping?

Javob: YAKKASHOX
Suratda Ivan Grozniy muxri.

5110. Uni qanday qilib «qutqarish» haqidagi fikrlarni (gipotezalarni) eshiting
-Uni magnitlar yordamida olib chiqish
-Suv yuzasiga qalqib chiquvchi tennis koptoklari bilan ichini to’ldirish.
-Uni aysbergga aylantirish.
Savol: Uni toping?

Javob: Titanik

5111. Erkin Vohidovdan to’rtlik:
Ahli ayol bog’lagan bel,
Ichkarida tukar yosh.
Tashqarida tumonat el,
Yeng shimarib …… .
Nuqtalar o’rnini ikkita so’z bilan to’ldiring?

Javob: Urar osh

5112. Turk adibning Seni ikki moviy orasida sevdim. Dengiz uzra, samo ostida….. deb boshlanadigan asarida birinchi bo’limining kirish qismida shunday yozilgan:
Ba’zan ayni qo’shiqni yuz martalab tinglaysan, biroq sevganing uchun emas…. U sevgani uchungina tinglaysan ammo o’zing bilmaysan.
Diqqat savol: Menga Yozuvchini emas aynan qaysi asar ekanligini 3 so’zda yozib bering?

Javob: Samoga uchgan maktub
Izoh: Bu Ahmet Batmanning Samoga uchgan maktub asari haqida edi.

5113. Slavyan xalqlari asotirida uchrovchi Ushbu personaj kelib chiqishi Italiyaliklarning Rosaliya, ya’ni «atirgul bazmi» nomidan kelib chiqqan ekan.
Rene Margritte esa, Biz ushbu personajni tasavvur qilganimizdan farqli o’laroq aksincha ko’rinishda o’z suratlarida tasvirlagan.
Endi Savol: Gap qaysi personaj haqida ketayapti? Uni xohlasangiz ruschasiga bitta soʻzda, xohlasangiz oʻzbekchasiga ikki soʻzda yozib bering?

JAVOB: RUSALKA(Suv parisi)
Suratda ko’rib turganingizdek Rene Margritte rusalkalarni biz ko’rib o’rgangan ko’rinishda emas ,balki aksincha tasvirlagan.Ya,ni oyog’i odamnikidek, tanasi esa, baliqniki ko’rinishida.

5114. Qadim davrlardan to O’rta asrlargacha bo’lgan davrda yasalgan uzuklar diametri ancha katta bo’lgan. Hatto ba’zi uzuklar diametri 2.5 santimetr atrofida bo’lgan. Masalan Senician uzugi
Savol oddiy: nima uchun uzuklar bunchalik katta yasalgan?

Javob: Qo’lqop ustidan taqish uchun!

5115. Qadimdan sovchilik ananasi yurtimizda ma’lum va mashhur. Shunday paytlar bo’lganki, qiz taraf kelgan sovchilarga qizini bergilari kelmasa to’g’ridan to’g’ri bermaymiz demagan. ( bu o’zbekchilikka ham mos emas asli ) Shunday paytlarda bunday oilalar boshqa tadbir o’ylab topgan. Ammo ba’zida bu tadbir ham foyda bermay qolganiligi ehtimol. Bu tadbir bir xalq maqolining paydo bo’lishiga ham sabab bo’lgan. Bu maqol bergisi kelmaydigan bahil, qizg’anchiq odamlarga nisbatan aytilgan. Savol. O’sha tadbirni ayting?
Javob. Qalin pulini juda qimmat aytishgan. Natijada sovchilar bu qizdan voz kechadi noiloj.

5116. Gyotedan soʻrashdi : «Qonundan kuchliroq nima bor?». U shunday javob berdi: «Har qanday qonun U ni oldida o’z kuchini yo’qotadi»
Savol U deb Gyote nimani nazarda tutgan?

Javob: Ehtiyoj

5117. Alfons Aleye fikriga ko‘ra fonograf ixtirosi insonlar nimani ishlatmay qo‘yishini faraz qilgan edi?
Javob: Gapiradigan to’ti qush

5118. Vampirlar deganda hammamizning ko’z oldimizga jahldor, duch kelgan narsaga tashlanuvchi, tajovuzkor odam sifat «maxluqlar» ko’z oldimizga keladi. Ularning suvdan, quyosh nuridan qo’rqishi haqidagi farazlar va boshqa afsonalar kelib chiqishiga o’tgan tarix davomida bir necha marta bo’lgan epidemiya sababchi degan gipoteza mavjud. Siz o’sha kasallikni toping?
Javob: Qutirish

5119. Har bir davlatni tarixida Sulton Knyaz Imerator bo’lgani kabi O’zbekiston tarixida ham juda ko’plab Xonlar , Podsholar ,Amirlar , o’tgan ammo ular ichida bittasi hamma hammasidan ajralib turadi Sababi u Atigi yarim kungina taxtga o’tirgan Bu Inson Kim?
Javob: 1728 — yil yozida Sherg’ozixon vafotidan so’ng Qozoq podshosi Abdulxayrxoning inisini xon qilib ko’taradilar o’sha kuni juma ertalab bo’lib hukmdor peshin juma namoziga borishda otdan yiqilib o’ladi ya’ni Asov otga mindirib «YIQILISH» ni maxsus uyishtirishadi Bu shaxs SARIQ AYG’IRXON nomi bilan yarim kun taxtga o’tirgan shaxs bo’lib qoladi.

5120. BLITS SAVOLLAR:
1.Ushbu nomdagi futbol jamoalari bormi yo’qmi deb Googledan qidirganimda faqat ushbu nomdagi jamoalar Avstraliya, Kanada, va Yangi Zellandiyada borligini bildim. Ushbu nom bilan ataluvchi ilk muassasa Angliyada paydo bo’lgan. Markaziy osiyoda faqat Bizda va Qozog’istonda ushbu muassasa borligini hisobga olgan holda mazkur muassasa nomini yozib bering?
2.Ushbu Italian futbolchisi o’z faoliyatini Roma, Perudja, Peskara, Sasuola, Interda olib borgan. Hozirda Napoli va Italiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
Savol: Ushbu futbolchi familiyasini toping?
3.Ushbu Yevropadagi bir futbol jamoasini uy stadioning ikkinchi nomi «Peyneta» ya’ni, «Chig’anoq» bo’lib, Ushbu stadionda to’p suruvchi futbol jamoasi gerbida malina daraxtiga talpinib turgan ayiqni ko’rishimiz mumkin.
Savol: Ushbu futbol stadion nomini yozib bering?

JAVOB:
1.METRO
2.Matteo POLITANO
3.METROPOLITANO(Ispaniyaning  Atletiko Madrid futbol jamoasi stadioni)

5121. Qadimgi Rim planshetlaridan birida Senikian uzuki tavqi la’nati yozilgan. «Ushbu uzukni taqib yurgan Senikian ismli odam uzukni Nodens ibodatxonasiga qaytarmaguncha, salomatligini zarracha oshirmasin». Versiyalarga ko’ra bu uzuk hikoyasi hammamizga ma’lum bo’lgan bir Oksford professorining mashhur asari protatipi bo’lishi mumkin.
Savol: Qaysi asar?

Javob: Xobbit
Tolken Senikian uzugi la’nati bilan yaxshigina tanish bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor.

5122. O’zbek xalq chistonidan:
Bir otim bor chopag’on,
Tutsam menga boqag’on.
Jilovini bo’sh qo’ysam,
Bu dunyoni buzog’on.
Bu chiston nima haqida?

Javob: Til

5123. U doim e’tibor beradigan narsang bo’lsin.
Zero, ibodatning boshi va dinning
ustuni u sanaladi.
Uni toping?

Javob: Ilm

5124. O’ylaymanki orangizda ovqat pishirishni qoyillatib qo’yadiganlar talaygina, keling hozir Bulg’or oshpazlarining retsepti bo’yicha quyon qovurdoq pishiramiz. Buning uchun birinchi galda nima qilishimiz kerak?
Javob: Bulg’or retsepti bo’yichayam, boshqa retsept bo’yichayam quyon qovurdoq pishirish uchun,eng avvalo, quyonni tutish kerak!

5125. Siz ko’rib turgan sur’at 1787-yilda Luvrdagi ko’rgazmada namoyish etildi. Rasmni ko’rgan tomoshabinlar unga e’tibor bermagan holda boshini quyi solib ketishardi. Buning ikki sababi bor edi. Birinchisi o’sha davrlarda jamoat joylarida kulish beadablik hisoblanardi. Ikkinchisini siz rasmga e’tibor bergan holda, o’sha davrlarda deyarli hammamiz xizmatidan foydalangan bir kasb egalari yo’q ekanligini hisobga olgan holda yozib bering?

Javob: Tishlar sababli!
Izoh: o’sha davrlarda odamlarning shirinlikka o’chligi va tish gigienasi haqida bilimlari, eng asosiysi tish doktorlari yo’qligi uchun aholining asosiy qismi tishlaridan ayrilardi yoki ko’rimsiz holga kelib qolardi

5126. Dunyo olimlarining statistikasiga qaraganda har kuni 8 kishidan bittasi U tufayli halok boʻlarkan. Savol nima sababdan?
Javob: Ifloslangan havodan

5127. Amir Temur Suriyani ishg’ol qilganda. Misr sultoni o’zini A.Temurga tobe deb tan olib A.Temurga ilgari umuman ko’rmagan va uni juda xayratlantirgan sovg’a yuboradi. Savol sovg’a nimaligini toping?
Javob: Jirafa

5128. Keldi bahor, shitirlamoqda tomchilar, kuylamoqda qushlar, shu hayollar bilan hovli hizmatkori ko’chaga chiqdi. Lekin afsuski, tomdagi erib turgan muzlar hizmatkorning boshiga tushib u vafot etdi. Voqea joyiga kelgan shifokor uni to’lib o’rgan o’lim sababi yoziladigan ma’lumotnomaga nim tabassum ila bir gap yozdi)
Savol: Shifokor nima deb yozdi?

Javob: Bahor keldi

5129. 1943-yilda Gitlerni tug’ilgan kuni bilan tabriklovchi varaqalar tarqaldi. Bu varaqada bu kun Gitlerning bunday kuni bo’lishi tilangan edi .
Savol: varaqada tug’ilgan kun qanday bo’lishini aytilgan?

Javob; Oxirgi (So’ngi kuni)

5130. Misr, Suriya, Livan, Sudan, janubiy Sudan. Savol ushbu davlatlar uchun yagona asos nima?
Javob: FUNTI ya’ni pul birligi

5131. Payg’ambarimiz: «Bola besh yoshga to’lguncha u podshoxu siz uning quli maqomidasiz, Besh yoshidan o’n besh yoshigacha siz podshoxu u qul martabasida, o’n besh yoshdan keyin …» degan ekanlar. Diqqat savol nuqtalar o’rnini maksimal aniqlikda to’ldiring?
Javob: Farzandingiz bilan do’st bo’ling!
Shaytanat 5-kitob

5132. Qur’onda uning soni 7 ta ekanligi aytib o’tilgan.
Dantening «Ilohiy komediya» sida Undan kirgandan so’ng sizni Xaron ilohi, Afsonaviy shoh Minos, uch boshli it Serber kabilar kutib olishadi deb yozib o’tilgan
Turkmanistonda esa, U 1971 yilda paydo bo’lgan.
Savol: Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, Uni ikki so’zda yozib bering?

JAVOB: DO’ZAX DARVOZASI
Suratda 1971 yilda Turkmanistonda paydo bo’lgan doimiy ravishda hozirgi kungacha yonib turgan «Dozax darvozasi» nomini olgan krater

5133. Bu qo’shiq 1992-yil dunyo yuzini ko’rdi. Uning kompozitori Toni Britten va bu qo’shiq Londondagi Avliyo Martin cherkovida xor tomonidan kuylangan. Qo’shiq 3 xil tilda ingliz, fransuz, nemis kuylangan. Ushbu qo’shiqda «eng kuchlilar» «buyuk voqea» va » hammasi erkaklar» kabi jumlalarni eshitishingiz mumkin. Savol: gap qaysi qo’shiq haqida ketmoqda?
Javob: Yevropa chempionlar ligasi qo’shigi, ya’ni madhiyasi

5134. XVII asrda yozilgan Xitoy qissalaridan biridan parcha:
«Ularning qo’llaridagi bog’lam-bog’lam pullarni ko’rib u bildiki ayollar u yerga ketishmoqda.» Qayerga ketishmoqda ?

Javobi: Ibodatxonaga
Izoh: Qog’oz pullar dastlab qurbonlik uchun mo’ljallangan va haqiqiy pullarning ramzi bo’lib hisoblangan

5135. XIX asr ikkinchi yarmida G’arbda arvohlar haqidagi mish-mishlar avj olgan davr hisoblanadi. Bu holatni tushuntiruvchi bir frazaga ko’ra odamlarning uglerod oksidi bilan zaharlanishi sababli yuzaga kelgan galyutsinatsiya deb hisoblanadi. Aynan o’sha vaqtlarda odamlarda zaharlanishlar ko’p uchraganining sababini ikki so’zda yozib bering?
Javob: Gazli lampalar
Gazli lampalar o’sha davrda ixtiro qilingan va ulardan keng ko’lamli foydalanish avj olgan. Bu lampalarni ishlab chiqarishini hech qanday sifat tekshiruvchi organlar tomonidan nazorat qilinmagan

5136. Kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining aytishicha, mijozlar uning mahsulotlaridan foydalanish chog’ida nohush holatlardan butkul xoli bo’ladilar. Shundan kelib chiqib, kompaniya o’ziga xos shior tanlagan.
Diqqat savol: O’sha shiorni toping❔

Javob: Go’zallik qurbonlik talab qilmaydi
Izoh: Go’zallik qurbonlik talab qilmaydi. (Bu ibora orqali go’zal bo’lish uchun biz sizga hech qanday qurbonliksiz tabiiy yordam beramiz deyishmoqchi bo’lishgan)

5137. Okean va dengizlar suvlari nimaning hisobiga doimiy harakatda bo’ladi. Ya’ni to’lqinlanib turadi?
Javob: Gravitatsiya (yerning tortish kuchi) tufayli

5138. Ilgari Amsterdam shahrida yuklar va boshqa buyumlar kanallar orqali uylargacha yetkazilib berilgan. Uylarda esa derazadan yuklarni tortib oluvchi liftlar ham bo’lgan.
Savol: uylar devorlari yuklarni ko’targanda zarar ko’rmasligi uchun uylar qanday qurilgan?

Javob: Devorlar oldinga biroz egilgan holatda!

5139. Bu yaqin 14 aka uka barchamizga yaxshi tanish. Ular birgalikda ahil va inoq yashashadi. Ular ichida bitta «o’gay» aka bo’lsada lekin allaqachon bir oiladay bo’lib ketishgan. Katta masalalar doimo katta akaning hovlisida hal qilinadi. Ularni ichida 3 egizak aka uka bor ularning nomi ko’pincha birgalikda tilga olinadi. Aka ukalar ichida eng yoshi kichigining «gavda»si o’gay akaning gavdasidan kichik xolos lekin boshqa akalaridan katta. Gap nima haqida ketayotganini bilgan bo’lsangiz siz menga eng yoshi kichik lekin gavdasi katta ukaning nomini ayting?
Javob: Navoiy
Gap O’zbekiston ma’muriy birliklari haqida ketyabdi o’gay aka Qoraqalpog’iston katta aka Toshkent. Viloyatlar ichida eng kech tashkil qilingani Navoiy lekin gavda ya’ni hudud jihatdan Qoraqalpoqdan keyin ikkinchi viloyat (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6011?comment=31925)

5140. Amerika tarixida bu shaxs ma’rifat taratuvchisi bo’lib xizmat qilgan uni xuddi M.Behbudiyga o’xshatsak bo’ladi. Uning shu darajada ko’p hunari bo’lganki hatto ingliz alifbosidagi barcha harfga eng kamida bittadan hunar to’g’ri keladi savol u Kim?
Javob: Benjamin Franklin

5141. (Hazil savol)
Ikki matematik do’st suhbatidan:
-U qachon tug’ilganini bilasanmi?
-U 1123 — yilda tug’ilgandir. O’rtada ancha kulgu ko’tariladi…)
Aslida U 1170-yilda tug’ilganini bilgan holda Uning kim ekanligini toping?

Javob: Leonardo Fibonachchi
Fibonachchi ketma — ketligini biladiganla bormi?
Mashhur ketma ketlik hisoblanadi
1 , 1, 2, 3, 5, 8,….

5142. Meningcha hammangiz Lixtenshteyn davlatini juda yaxshi bilasiz. Ko’pchilik mutaxasislarning fikricha, Lixtenshteynning X si Shvetsariya bo’lsa, Y i Avstriya deyishadi.
Diqqat savol: Agar sizlar bu davlatning iqtisodiyotidan yaxshi xabardor bo’lsangiz va X va Y larni topgan bo’lsangiz, aslida X ichidagi Y ni olishi kerak bo’lgan, lekin X dan foydalanmagani uchun ham pand yegan va buning uchun kulgili bir laqab olgan o’zbek adabiy personajining laqabini yozib bering?

Javob: Kesakpolvon
Izoh: X-cho’ntak va Y-hamyon. Iqtisodchilar Lixtenshteynga shunday baho berishgan. “Shaytanat” romanini eslasangiz, Haydar bozorga kelgan cholni tunamoqchi bo’ladi va belidagi kesakni o’g’irlagani uchun ham shunday laqab oladi.

5143. 1 — hikoya! Bir qishloqda shunday oqila qiz bor ekanki, u insoniyat tarixida halol, samimiyligi bilan ajralib turar ekan. Shayton doim uning qalbiga yo’l qidirar ekanu, aslo topa olmas ekan. Bir kuni qizning butunlay aksi bo’lgan singlisi uyiga kayf holida kelib opasining yovuz kuchini ochibdi va shayton qizning qalbini egallabdi. Keyinchalik ulardan bir farzand dunyoga kelibdi.
2 — hikoya
Monax ayol daryo bo’ylab ketayotib, dam olish uchun cho’zilibdi va uxlab qolibdi. Uni poylab yurgan yovuz kuch esa yaqin uchib kelib, ayol qulog’iga 3 marta tumshug’i bilan uribdi. Shundan 9 oy o’tib ayol Qora ruxdan farzand ko’ribdi.

3 — hikoya
Juda ham sersevgi qirol bor ekanki, u tinimsiz xaramidan tashqariga ko’z yugirtirar ekan, bir kuni uni qalbini bir jodugar ayol band etibdi va ulardan bir nikohsiz farzand dunyoga kelibdi.
Uchala hikoyada kim haqida gap ketayotganini sezgan bo’lsangiz uning raqibi nomini qanday abadiylashtirilganini aniq ayting?

Javob: Gap mashhur afsungar Merlinning tug’ilishi haqida bormoqda, uning raqibi esa Morgana bo’lib, 1982 — yilda Xalqaro Astronomik birlashma Saturn sayyorasining yo’ldoshi Mimasdagi kraterga Morgana nomini berishgan.

5144. Lomonosovga 2000 rubl mukofot ajratilganda u bu mukofotni olib ketish uchun arava va ishchilar yollashga majbur bo’lgan. Nima uchun olim bunday qilishga majbur bo’lganligini toping?
Javob: Mukofot esa tangalarda to’langani uchun. Qog’oz pullar bo’lmagani uchun kabi javoblar ham qabul.
2000 rublning og’irligi esa salkam 1 tonna edi

5145. X aslida salbiy. Lekin bir shoirimiz ularni maqtaydi. Maqollarimizda esa «X ga — arava sinsa o’tin, ho’kiz o’lsa go’sht» deyilgan.
Savol: X ni toping?

Javob: Dangasalik

5146. Siz tinch turgan suv betiga tashlangan tosh unda doiralar hosil qilishini ko’p marta qiziqish bilan kuzatgan bo’lsangiz kerak albatta. Shubxasiz bunga sabab to’lqin boshlang’ich nuqtadan hamma tomonga birday tezlik bilan tarqaladi. Shu sababli to’lqinlana boshlagan hamma nuqtalar har bir paytda to’lqin hosil bo-lgan joydan birday uzoqlikda, yani aylanada bo’lishi kerak.
Savol: bu holat tez oqar suvda qanday hosil bo’lgan to’lqin shakli qanday bo’ladi?

Javob: oqmayotgan suvda qanday bo’lsa o’shanday ya’ni aylanalar

5147. Rus maqolida ko’ra U puldan qimmatli ekanligi aytilsa boshqa bir maqolda U sudya ekanligi aytiladi
Savol: siz iloji boricha daqiqadan keyin Uni menga yozib bering?

Javob: Vaqt
Vremya doroje deneg — rus maqoli
Vaqt — sudyadir!

5148. «Irim-sirim» lar haqida hammamiz eshitganmiz. Masalan,
«Kech payti uy supurilgan uyta motam bo’ladi»
«Kech payti tirnoq olingan uyda motam bo’ladi»
kabi o’xshash irimlar ham bor.
Lekin «irim» deb bilingan bu gaplar ostida xalqimizning donoligi bor. Mutaxasislarimiz qadimdan paydo bo’lgan bu gaplarning nima maqsadda aytilganini,nimaga da’vat ekanligini isbotlab berishdi.
Savol: Yuqorida keltirilgan ikki «irim» ni ajdodlarimiz nima maqsadda aytishgan?

Javob: Dono ajdodlarimiz kech payti uy supurma degan gapida shunday ma’no bor:
Qadimda hozirgidek yorug’ chiroq-lampochkalar bo’lmagan va qorong’da supurilgan uy toza supurilmagan.
Qoronguda tirnoq olmaslik esa xafsiZlik jihatdan ya’ni qorong’uda barmoqni kesib olmasligi uchun aytilgan.

5149. Ivan Grozniy Yermakning Kuchum xoni ustidan qilgan g’alabasi haqida eshitganida, unga Yermakning jonini saqlashi kerak
bo’lgan qimmatbaho sovg’a yuboradi, lekin bu sovg’a Yermakning o’limiga sababchi bo’ladi.
Diqqat savol: Bu sovg’a nimaligini ayting?

Javob: Sovut
Izoh: Yermak Vagay daryosiga choʻkib ketgan

5150. Bu kitob yaratilishiga ovchi ulfatlarning ov haqidagi bahsi sabab bo’lgan. Bu kitob 1955 yilning 27-avgustida Londonda chop etildi va shu yilning o’zidayoq eng haridorgir kitoblar ro’yhatini boshqardi. U shunchalik mashhur bo’ldiki bir yil o’tar o’tmas Nyu-Yorkda (1956) nashr qilindi. 1990- yilga kelib bu kitob dunyoni 37 tilida 65 million nusxada tarqalgani ma’lum bo’ldi. U hatto 1974-yil noyabrda Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan.
Savol: Bu qaysi kitob?

Javob: Ginnesning rekordlar kitobi.

5151. 1987-yilda sur’atga olingan rejissiyor Sergey Sovolyovning filmida personajlardan biri eshik o’rniga o’rnatilgan qalay listni X deb ataydi.
Savol: X ni ikki so’zda yozib bering?

Javob: Temir Parda
Bu vaqtlarda ham Cherchil nuqtidan boshlangan «Temir parda» amalda edi.

5152. Afandining buzog’I bo’shalib ketib, yoyilgan g’o’zani yeya boshlabdi . Afandi buzoqni quvalagan edi, tutqich bermay shataloq otib ketti. Afandi alamidan aynan shu yo’lni tutdi savol afandi nima qilgan. Uni ishidan e’tiroz qilganlarga qanday javob bergan?
Javob: Afandi alamidan buzoqni onasi ya’ni sigirini savalagan. Hotini kelib sigirni nega uryapsiz ahir buzoq yediku g’o’zani desa .
Afandi «bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonni uzib, g’o’za yeyishni bolasiga onasi o’rgatgan ayb sigirda.

5153. Fransuzlar hazilomuz tarzda insondagi bir holatni uch toifaga bo’lishadi. Birinchi toifa – atrofdagilarni havasini keltiradigan, ikkinchi toifa – atrofdagilarni kulgi-mazahiga qoladigan, uchinchi toifa – atrofdagilarni rahmi keladigan holatda bo’lishadi. Insondagi qanday holat haqida gap ketmoqda?
Javob: Semizlik

5154. Yaqinda zamonaviy kompyuter ixtirochilari bir so’z kompyuter texnologiyalari oqibatida mazmunini o’zgartirib negativ so’zga aylanib qolgani uchun ommadan uzr sorashdi!
Aslida bu so’z Angliyada konservalangan go’shtni qisqartma atamasi edi.
Savol: bu qaysi soʼz?

Javob: Spam

5155. Har bir xalq yozuvida ham milliylik aks etar ekan. Masalan: Ispanlar yozuvida mag’rur va romantikligi aks etsa. Fransuzlar yozuvida hayotga mantiqiy yondashishi bilinar ekan. O’zbeklarda boy tafakkur va mehr oqibat. Inglizlarda vazmin, sipolik aks etarkan. Diqqat savol: Ruslar yozuvida ularni qaysi jihati aks etadi ?
Javob: His hayajonga ta’sirchan va kirishimli tabiati.

5156. Qadimdan shaxta ya’ni yer osti usulida qazib olish yo’lga qo’yilgan oldin adarant ya’ni avariya bo’lganda yoqimsiz hid bilan signal berish bo’lgan bu usul hozirgacha saqlanib qolgan qadimda konchilar adarant sifatida nimadan foydalanishgan?
Javob: Ayolar sochini yoqishgan
Izoh: ayollar sochi ko’p yuvilmaganligi sababli sasiq hid taratgan havo oqimi orqali buni sezgan shaxtiyorlar avariyani sezib tashqariga chiqishgan
Manba: shaxtiyor kitobi 1998 yil Navoyi nashriyoti o’zbekcha tarjima Hilolaxon Abduraximova
Zarafshon markaziy kutibxonasi.

5157. Bu inson 1075-yilda Xorazmda dunyoga kelgan. U arab tilini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o’rganadi. Ayniqsa, Uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan 《Al-Musaffal》, Qur’oni Karim tafsiri (sharhi)ga oid 《Al-Kashshof》 asari butun musulmon olamida mashhurdir.《Jorulloh》 (《Allohning qo’shnisi》), 《Xorazm faxri》 kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan. U 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O’zbekistonda uning 920 yilligi keng nishonlandi.
Bu inson kim?

Javob: Mahmud Az-Zamaxshariy

5158. 1982-yilda suratga olingan bir filmda bo’lajak professor va talaba o’rtasida o’zaro kelishmovchilik kelib chiqadi, natijada talaba professorning UKASIDAN tepki yeydi, lekin hech qayerga shikoyat qilmaydi.
Siz menga bu kelishmovchilikka sababchi bo’lgan qizning ismini yozib bering?

Javob: Nazira

5159. Qoraqalpoq xalq irimlariga ko’ra qizga bir nechta joydan sovchi kelsa va qaysi birini tanlashni bilmasa bu ishni qilish tavsiya etiladi. Iroqda ham bir mashhur Amerikalikka nisbatan bu ish qilingan ekan. Lekin erkak kishi tomonidan
Bu ishni yozib bering?

Javob: Oyoq kiyim uloqtirish
Qoraqalpoq irimiga ko’ra savolda keltirilgan vaziyatga tushgan qiz oyoq kiyimini otishi va u qaysi tomonni ko’rsatsa shu tomonga turmushga chiqishi aytilgan. Jorj Bushga esa Iroqda iroqlik tomonidan oyoq kiyimini otilgan.

5160. Detektiv_Savol
«Yolg’on guvohlik»
Insepektor uyiga mahkamaga borish payti yo’lda, chap yo’lakchada behush yotgan ayolni ko’rib qoldi. U ayolga birinchi yordamni berdi va uni yaqindagi kasalxonaga joylashtirdi. Bu orada kasalxonaga Sherlok Holms keldi.
Men yo’ldan mashina ushladim, bir mashina saqladi va oldi o’rindiqda o’tirdim. Sumkamda ancha pul bor edi. Birdaniga haydovchi menga tashlandi va eshikni ochib meni mashinada itarib yubordi. Men yerga qattiq yiqildim va ko’zlarimni ochsam kasalxonada edim deya gap boshladi ayol.
Inspektor ayoldan mashina rangi uning va raqaminini so’radi.
Bu orada Sherlok hech qanday mashinani qidirmaslikni aytdi va ayol yolg’on gapirayotganini qo’shib qo’ydi.
Sizlar menga Holms nega bunday qarorga kelganini ayting?

Javob: Ayol chap yo’lakda yotgandi va uning so’zlariga ko’ra u oldi o’rindiqda o’tirgan va uni mashinadan itarishgandi u yerga tushib, hushsiz yotgan. Oldi qatorda o’tirgan odam esa uni itarishganda chap yo’lakdamas, o’ng yo’lakga yiqilishi kerak.

5161. Nollywood kinostudiyasi (Nigeriya kinostudiyasi ) dunyoda ikkinchi o’rinni egallar ekan. Bu studiya kinofilmlari uzoq davom etishi bilan ajralib turadi. Shunga qaramasdan Afrikada bu studiya mahsulotlari (ya’ni kinolari) eng kassabob hisoblanar ekan. Ayniqsa issiq kunlarda Afrika aholisi bu studiya kinolarini ko’rish uchun kinoteatrlarga ko’proq tashrif buyurishadi.
Savol: savol aynan nega issiq kunlarda kinoteatrlarda odamlar ko’proq borishadi aynan shu studiya kinolarini ko’rish uchun?

Javob: Issiqdan saqlanish uchun.

5162. Dunyoda barcha narsa o’z muvozanatiga ega. Masalan, yaxshilik va yomonlik doimo bir muvozanatda bo’ladi. Agar bu muvozanat buzilsa yer yuzida yomonliklarning ko’payib ketishi yoki aksincha bo’lganda, yaxshilikning qadri tushib ketishi mumkin ekan. Natijada muvozanat buzilib, katta bir halokat sodir bo’lishi muqarrar. Shuning uchun bo’lsa kerak, bu qush parvoz paytida o’z muvozanatini saqlash maqsadida shunday aqlli yo’l o’ylab topganki, buni 1 daqiqadan so’ng siz aytasiz?
Javob: Parvoz paytida burgutning bir qanotidan to’kilgan pat (katta bo’lgani uchun) unga muvozanatini yo’qotishi va biror falokatga uchrashi uchun kifoya qilar ekan. Muvozanatini saqlash uchun esa Burgut boshqa qanotidagi ayni o’sha patini tumshug’i bilan yulib tashlar ekan.

5163. «O’tgan kunlar» asarida Yusufbek hoji Turkiston ostonasida o’ris harom oyog’ini qo’yish niyatida, biznikilar esa bir-birini qirmoqda ekanini aytadi. U vatanparvar inson edi.
«Troya» filmida Gektor o’lishini bilsa ham, yurtdoshlariga bildirmay Axill bilan kurashadi, vatanini himoya qiladi. U vatanparvar edi.
Hammamiz yaxshi biladigan bir film qahramonining bir gapi uning vatanparvarligidan darak beradi, holbuki o’zi harom kasb — o’g’rilik yo’lini tutgan edi.
Hurmatlilar, siz bizga film nomini yozib bering?

Javob: «Ivan Vasilyevich kasbini o’zgartiradi» filmi.
Izoh: Unda o’g’ri Miloslavskiy shoh shaharni elchiga bermoqchi bo’lganida «Ey ittan tarqagan, hali bir qarich yerga zor bo’lasan» deydi va vatanparvarligini ko’rsatadi.

5164. Bu davlatning qizlari turmushga chiqqanida familiyasini o’zgartirmaydi, shunchaki o’zining familiyasiga yana bitta familiya qo’shishadi xolos. Ularning to’liq ismi esa uch qismdan iborat bo’ladi: o’zining ismi, onasining ismi va otasining familiyasi. Masalan: Xamidova Shahzoda Bahodirov…
Savol: Ular kimligini toping? Ya’ni qaysi xalq vakillari?

Javob: Braziliyaliklar

5165. Ernest Hemengueyning «Borliq va yo’qlik» romanida muallif baliqchilar hayotini yoritgan. Baliqchilar dengizga chiqishidan oldin turli anjomlar bilan birga qo’y terisi va yung olib yurishgan. Anjomlar orasidagi ALFAni o’rab yurish uchun.
 Diqqat savol: Nega aynan yung va teriga o’rab yurishgan? ALFAni toping?

Javob: Dengizda har qanday ekstremal holatlar bo’lishi mumkin. Ular yungni yog’lab miltiqni og‘ziga tiqib, nam o‘tkazmaydigan teriga o’rab korroziyadan saqlab qolishgan.

5166. «Usta va Margarita» asari personaji PONTIY PILAT uni beqarorlikda ayblaydi. Va u qaysidir ma’noda haq. Aynan uning beqarorligidan foydalanib, ko’p yomon ishlar sodir bo’ladi. Uni yo’q paytidan ayrimlar foydalanib ko’p xufiya ishlarni va jinoyatlari sodir etadilar.
DIQQAT SAVOL: Hurmatli bilimdonlar PONTIY PILAT nimani beqarorlikda ayblamoqda?

Javob: Hisob kitoblarga ko’ra ko’p jinoyatlar tunda sodir etiladi Zimiston tunda Oy chiqmagan Qorong’u tunda PILAT janoblari «OY» ni Beqarorlikda ayblagan bir chiqib bir chiqmasligidan.

5167. Мarhum аdabiyotshunos G’aybulloh as Salom uni nikoh yo’li bilan amalga oshiriladigan ittifoqga o’xshatgim keladi. Sheriyatda esa uni muhabbatga asoslangan nikohga qiyos etgum. Unga ikki barobar mahorat ikki barobar iste’dod zarur deb aytganlar. DIQQAT Savol: nimaga ?
Javob: Tarjima san’ati

5168. Manyaklar qanday inson ekanini barchanggiz ham bilsangiz kerak. Amerikaning aynan manyaklar tomonidan o’ldirilgan qizlar ro’yhatiga ko’z tashlaydigan bo’lsak 90%ini Jane doe ismli ayollar tashkil qiladi .
Diqqat savol: Nega manyaklar tomonidan o’ldirilgan ayollarning 90% Jane doe bo’lgan?

Javob: Amerikada shaxsi tasdiqlanmagan ayollarga Jane doe dep nom berilip hujjat rasmiylashtiriladi

5169. Qadimgi Hindistonda tabaqalar, ya’ni kasta yoki varna deb atalgan. Ular 5 ta: brahmanlar-kohinlar, kshatriylar-jangchilar, vayshiylar-savdogar, hunarmand va dehqonlar , shudralar-qullar va xizmatkorlar, va oxirgisi chandallar-…
Marhamat chandallar kim va chandal so’zi qanday ma’noni anglatadi?

Javob: chandallar-» hazar qilinganlar »
Va ular alohida libos kiyib yurganlar. Hindistonda birorta ham tabaqaga mansub bo’lmaganlar.

5170. Dunyoning ko‘pgina xalqlarida chakmonlar(To’n choponlar) tugmali qilib tikiladi. Lekin, XX asr oxiriga qadar Dog‘istonda chakmonlar tugmasiz tikilgan. Hurmatli bilimdonlar, sizlar nima deb o‘ylaysizlar? Nima uchun Dog‘iston chakmonlarida XX asr oxirigacha qadar tugma bo‘lmagan?
Javob: Zarur paytda yelkadan irg‘itib tashlab, qo‘lga qilich olishga qulay bo‘lishi uchun. Chunki, Dog‘iston tog‘li o‘lka bo‘lib, hamisha urush mazkur o‘lkaga xavf solib turgan. Shuning uchun chakmonlar tugmasiz tikilgan.

5171. Tarixni ochilmagan sahifalari kitobida ilgari O’zbekiston hududida aholi оrasida o’lim ko’proq qishda qayd etilgan. Sovuq va ocharchilik ko’pchilikni yostig’ini qurutgan . Аmmo Хiva shahrida isitma va bezgak kasali ko’p tarqalishi aholi orasida yozda ko’p uchragan .
DIQQAT SAVOL: Bu kasalikni nima keltirib chiqargan?

Javob: Аholini haddan tashqari ko’p «QOVUN» iste’mol qilishi sababli.

5172. Bu turdagi jonzotlarning oq qora kulrang ranglilari haqida eshitgansiz yoki koʻrgangiz. Lekin ularning yana bir noyob turi amazonkada uchraydi. Noyob deyilganing sababi uning ranggi pushti rangda. Diqqat savol bu pushti rangli jonzotning nomini ayting?
Javob: Delfinlar
Amazonkaning Pushti delfinlari

5173. Oskar Uayld shunday degan ekan :
Dushmanlaringni …, chunki ular uchun bu eng asabiylashtiradigan narsa.
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Kechirish

5174. XX asrda Osiyoda ayollar o’rtasida bir so’rovnoma o’tkazilgan savol esa quyidagicha edi .
Eng tez va eng oson yuviluvchi narsa siz uchun nima?
Degan savol berilgan bunga javoban 50% ayollar paypoq deb, 40 % ayollar dastro’mol deb javob bergan. Lekin 10% ayollar mantiqan eng to’g’ri javob berishgan .
Diqqat savol: Eng tez va eng oson yuviluvchi narsa nima edi?

Javob: 10% ayollar mantiqan o’ylab qo’lqop deb javob bergan sababi qo’linggizga kiyib yuvsanggiz huddi qo’l yuvgandek bo’lasiz qo’l yuvish odat bo’lgani uchun bu ish insonga juda oson tuyuladi

5175. X ning ma’nosiga e’tibor beradigan bo’lsak, kichkina kuzatuvchi degan ma’noni anglatar ekan. Uni ko’rib turgan paytda 25-30 santimetrdan uzoqlashib ketsangiz uning fokusidan chiqib ketas va ko’rolmay qolasiz. X ni ancha yillar oldin ham aynan X ko’rinishida bo’lmasa ham boshqacha ko’rinishda va aynan shu X vazifasida qo’llashgan. Mana yillar o’tib 1600- yillar atrofida X ning zamonaviy va hozirgi kunda judayam fan texnikada o’z o’rniga ega bo’lgan variantini o’ylab topishdi. Kim tomonidan yaratilgani noma’lum bo’lgan bu X ni Galiley yaratgani haqidagi gaplar mavjud. Bizga X nima ekanligini topib bering?
Javob: Mikraskop

5176. Tolstoy X da hech omadi chopmagani uchun hayotini do’zaxdek ko’radi. Dostayevskiyning ikkinchi X sida omadi chopgan. Suqrot esa X haqida gapirar ekan, X ni qilsa ham, qilmasa ham erkak kishi bir kun afsuslanishini aytib o’tgan
Savol: X ni toping?

Javob: Uylanish
Suqrot bobo aytgan ekan :» Erkak kishi uylansa ham, uylanmasa ham bir kun afsuslanadi»

5177. O’rta asrlarda nasl nasab bidati dvoryanlarga biror hunar bilan shug’ullanishni man qilardi. Faqatgina qushlarga qafas va yana bir narsa yasashgina ularning shaniga dog’ tushirmasdi. U nima?
Javob: Tish tozalagich

5178. Nemislarda kimnidir alfa deb atash eng haqoratli so’z ekan. 2004-yil Ruminiyaga 5:1 hisobida yutqazgan futbolchilarni terma jamoa murabbiyi «sizlar futbolchi emas alfasizlar» deb aytadi. Bir filmda esa alfa yordamida qo’yilgan tuzoq foyda bermay qoladi. Savol. Alfani bir so’z bilan ayting?
Javob. Kolbasa
Izoh: Eslagan bo’lsangiz Shurik qizni bilan uyga kirish uchun UY yonidagi itga kolbasaga uyqu dori qo’shib bergandi ammo it bu kolbasini tanavvul qilmagandi

5179. Amerika topishmog’i
Sirtidagini tashlab , ichidagini pishir. Keyin sirtini yeb ,ichidagini tashlab yubor. Bu nima?

Javob: Makka

5180. Bu odam taniqli aktyor emas ammo bu aktyor o’ynagan rollar ajoyibligi bilan ajralib turadi.
U «Sherlock Holmes» sifatida ham rol o’ynagan bu kino judayam katta hurmatga sazovor bo’lgan. Siz bu mashhur kinoni juda ko’р marta ko’rgansiz bu aniq yaxshlab o’ylab javob bering bu qaysi kino?

Javob : Bu Kino Jekki Channing » Shanxaylik shovvoz » Filmi.
Izoh : Esingizda bo’lsa o’zino Sherlock Holmes deb tanishtiradgan роlitsiyachi bor edi )

5181. Ushbu rasmda ko’rib turgan poyabzal nomi
«Sigir Botinka» deb ataladi.
Rasmga yaxshilab e’tibor bergan bo’lsangiz ushbu payabzaldan qaysi kasb egalari foydalanishini toping?

Javob : O’g’rilar foydalangan iz qoldrmaslik uchun
1922
Manba : Xabardor.uz

5182. Mashhur ishbilarmon, milliarder, yozuvchi Donald Tramp ta’kidlaganidek «Omadli karyera qilishning yo’llari juda ko’p, eng muqarrar yo’l bu — ………..
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?

Javob: Kerakli oilada tug’ulish

5183. Reyn daryosidagi pristanga kirib kelgan sovet generallari qoravullarga UNI ustidan hatto pashsha ham uchib o’tmasligini: «UNDA millionlab insonlarni mehnati singanligini» tayinlashadi va muxoliflar bilan dengiz to’g’risidagi pakt tuzishga muzokaraga kirishadi 
avvalgi ittifoqchilar: «UNI osonlikcha olmadingizlar lekin bizga ko’z-ko’z qilishingiz ustunlik sizlarda ekanligini ko’rsatib qo’ydi» deya kinoya qilishadi? 
Uni toping?

Javob: «Pobeda» generallar tushgan yaxtaga qizil rangda «Pobeda» so’zlari bitilgandi!

5184. Har qanday joyning, bosimida o’zgarish bo’lganligi natijasida X yuzaga keladi. Sohillarda yashaydiganlar buni har doim kuzatishadi. U haqda qo’shiqlar, she’rlar hatto ertak ham bor. Agar X ni topgan bo’lsangiz sayyoramizdagi Butunjahon X lar kunini ayting?
Javob: 15-iyun, Shamollar kuni

5185. Qiziqarli ma’lumotlarga qaraganda Yapon maktablarida 4-sinfgacha o’quvchilar(10 yoshgacha) imtihon topshirishmas ekanlar. Ularga oddiy, oson testlar berilar ekan. Yaponlarni fikricha 4-sinfgacha o’quvchilar maktab bilimlarini egallashlari shart emas ekan. Savol: yapon o’quvchilariga 4-sinfgacha nimalar o’rgatilgan?
Javob: O’quvchilarga boshqalarni hurmat qilish, hayvonlarga va tabiatga yaxshi munosabatda bo’lish o’rgatilar ekan.
Manba: Wikipedia.uz

5186. Uning rangi Yevropa va Xitoyda qizil, AQSh va Kanada esa ko’k, islom davlatlarida va yana bir nechta davlatlarda esa yashil. Bir nechta Afrika davlatlarida esa u qora rangda ekan. U bizda qanday rangda ekanligini aytmayman. Sababi bu yerda o’tirgan hamma unga egalik qiladi.
Savol: U nima ekanligini toping?

Javob: Pasport
Gap pasport ranglari haqida edi!

5187. Xitoy xalqi azaldan o’zining achchiq taomlari bilan bizga tanilgan buni chuqurroq surishtiradigan bo’lsak ularning 89 % ovqatlari achchiq bu o’ziga xos tam yoki urf odat emas aniq bir sababga ko’ra shunday qilinadi diqqat savol ular nega taomlarni achchiq qilib iste’mol qilishadi ?
Javob: Xitoyliklarning faqat 3 % i xudojo’y qolgan hammasi ateist yoki boshqa din vakillari ular har xil jonivorlarni go’shtini yeb ovqatdan zaharlanishni oldini olish maqsadida taomlarni achchiq qilishadi achchiq oshqozonni mustahkamlaydi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6085?comment=33261)

5188. Bundan bir necha asr oldin Avstriya imperatori saroyida ishlovchi bog’bon saroy xonimlarining ibosiz ochiq-sochiq kiyinib yurishlarini ko’rib oshkora «O’z nomiga dog’ tushurayotgan bunday ayollarni yuziga tuflashga ham hazar qilaman» deb aytgan ekan. Bu gap tez orada imperator va uning oilasi qulog’iga yetib boribdi. Bog’bonni saroyga chaqirib shu aytgan gaplaring rostmi deb so’rashganida bog’bon qo’rqib ketibdi va aytgan gapini inkor qilibdi? Savol: U nima degan?
Javob : Bunday xonimlar yuziga tuflashdan hazar qilmayman.

5189. Bu mashhur asarni barchangiz bilasiz.
Kinosini ham ko’rgansiz.
Undagi asar qahramoni bo‘lgan Xonimning antiqa ismi esa buni qarangki rang ma’nosini anglatar ekan.
Undanda qiziqarlisi bu asrning birinchi nomi «Be-Be Qora Qo’zichoq» bo’lgan.
Gap qaysi mashhur asar haqida ketyapti?

Javob: Shamollarda qolgan hislarim

5190. 2002-yili Nemis do’konlarining biriga Germaniyada sodir etilgan esda qolarli voqea sabab bankasini og’irligi 1,95583 kg lik Nutella shokoladi sotuvga chiqarildi. Agar bu qanday voqea bilan bog’liqligini tushungan bo’lsangiz nega aynan bunday og’irlikdagi shokolad tayyorlanganini ayting?
Javob: bir nemis markasi 1,95583 Yevroga tengligi uchun
Shokolad Germaniyani Yevro pul birligini qabul qilishi munosobati bilan tayyorlangan edi.

5191. Real sobiq futbolchisi Raul Gansalezning hozirgi zamon futbol yulduzlari haqida «Agar Ronaldo va Messi bilan bir jamoada o’ynaganimda edi…» deb bergan intervyusida X ni tilga olib o’tadi. Bu uch futbolchining mahoratlarini eslagan holda Raulning gaplarini, hech bo’lmaganda undagi X ni toping?
Javob: X — zaxira o’rindig’i
Raul o’zing va bu ikki futbolchining imkoniyatlarini solishtirgan holda shunday degan: «Agar Ronaldo va Messi bilan bir jamoada o’ynaganimda edi, men zaxira o’rindig’ida qolib ketgan bo’lardim»

5192. Bu rasmda ko’rib turganingiz Rimda foydalanilgan birinchi «alfa» bo’lgan. «alfa»da ma’lum bir joyga mix qo’yilgani ko’rib turibsiz.
Diqqat savol bu qurilmani nima ekanligi yozib bering?

Javob: Budilnik
Izoh: Oddiy shamda ma’lum bir joyga mix qo’yilgan. Sham yoqilgan. Kerakli vaqtdan so’ng u qattiq ovoz chiqarib, metall idishga tushib ketgan. Shu tariqa bu budilnik vazifasini bajargan

5193. Men ko’p mehmonxonalarda, O’zbekiston mehmonxonalarida ham ko’rganman.Bir kishilik xonada 1 ta stakan va suvni ko’rishingiz mumkin. Bu suvni solib ichishingiz uchun mo’ljallangan. Lekin siz o’sha xonada yana bir stakanni ko’rishingiz mumkin.
Diqqat savol 2-stakan qayerda joylashgan va nima maqsadda ishlatiladi?

Javob: vannada og’iz chayqash yoki chayish

5194. Hammamizga ma’lum, kino aktyor hamda rejissyorlar.!
Ammo Kanadalik bir rejissyor shunday g’aroyib yangilik o’ylagan va o’sha yangilikni o’zida sinab ko’rgan va haligacha hech qaysi rejissyor bunday ishni amalga oshira olmagan.!
Savol; Kanadalik rejissyor kim va o’zi uchun qanday yangilik qilgan?

Javob: Kanadalik rejissyor Rob Spens ko‘zini ichiga kamera o‘rnatgan.
Izoh; Modomiki ko‘rganlarini jonli videoga olish uchun.

5195. Siz ko’rib turgan rasmda ba’zi «olma»lardagi uchrashi mumkin bo’lgan nuqsonlar tasvirlangan. Bu nuqsonni bir so’z bilan ayting?

Javob: Daltonik (Daltonizm)
Siz rasmda olmaning ikki xil navini ko’rib turibsiz. Ko’z olmasidagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan daltoniklar ikki xil olmani qanday ko’rishini sizga ko’rsatdik!

5196. Uning otasi ruhoniy onasi esa ipak yigirish bilan shugʻullangan. Dastlab bunga hech kim e’tibor bermagan. Lekin uning bir ishidan so’ng, odamlar orasida uning onasi ipak yigirish bilan shug‘ullanganligi haqidagi gaplar tarqaladi. Ushbu holatda siz menga uning kimligini emas, o’sha ishni maksimal aniqlikda toping?
Javob: Maradonaning qo’l bilan urgan goli.
Izoh: Maradona ning qo’l bilan urgan o’sha mashhur golini eslaylik, bu harakatini insonlar uning onasi ip yigirish bilan shug‘ullangan bu undan o’tgan deb eslashgan.

5197. «Qotillik uchun ruxsatnoma» filmida bosh qahramon mashhur bir shaxsning uy muzeyida turib ruxsatnoma bekor qilinganidan xabar topadi. Filmni eslagan holda bizga bosh qahramonni emas, uy muzey kimniki ekanligini ayting?
Javob: Ernest Xeminguey uy muzeyi.
«Qotillik uchun ruxsatnoma» (Jeyms Bond) 1989-yil. Rej — Jon Glen

5198. Qadimgi Rimda bu ishni bilan qo’lga tushganlarni qatl qilishgan.
Agar ular Rim fuqarosi bo’lsa, uni yirtqich hayvonlarga yem qilish uchun sirkga berib yuborishgan. Agar ular oliy nasab bo’lsa, ularning mol-mulkini tortib olganlar va Rimdan badarg’a qilganlar.
Savol: Ular kimlar , yoki nima ish qilgan?

Javob: Qalbaki pul yasovchi odamlar.

5199. Yaqinda internetda qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim. Uning eng qimmati Falke kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib har bir donasi 1170 $ ekan. Bunga ishonish qiyin lekin uning eng qimmati narxi shunday ekan.) Bir hazilga ko’ra uning savdosi bizda yanvar oyining o’rtalarida eng avjiga chiqarmish.
Savol: U nima ekanligini toping?

Javob: Paypoq (noski)
Falke kompaniyasi Vilnum nomli hayvon junidan ishlan chiqargan paypoqlari eng qimmati hisoblanar ekan)
14 — yanvar arafasida esa paypoq bilan bog’liq hazillar avjiga chiqishini hammamiz bilsak kerak

5200. Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni bosib olgunga qadar saroyda 100ta odam har kuni bir vazifani bajarar edi. Ertasi kuni boshqa 100ta odam alishardi. Bobur ularni ko’rib hayron qoladi va bu davlat aholining ongi pastligini ta’kidlaydi. Hindisoton bo’ysundirilgach bu 100ta odamni Bobur ishdan bo’shatadi. Diqqat savol. Avval 100ta odamning vazifasi qanday bo’lgan?
Javob: Boburnomada yozilishicha Ular yorituvchi gulxanlarni ko’tarib turishgan.
Izoh. Hindiston bo’ysundirilgach Andijonlik ustalar gulhanlarni devorlarga o’rnatishgan va odamlar bo’shatilingan.