54-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5301. S.I.Vayl ma’ruzalarining birida Xning o’rniga adashib qora mushukni eslatib o’tadi. X Polshaliklarning mashhur maqolining analogida aytib o’tilgan va u dangasalikni bildiradi. X ning nomini toping?
Javob: Quyon

5302. Oxirgi vaqtlarda Norvegiya, Daniya va boshqa kichik davlatlarida investorlar daromadning yana bir turini rivojlantirishmoqda. Unga ko’ra ular bir binoni o’z mablag’lari hisobiga qurib bitkazib davlat ixtiyoriga topshirishadi.
Savol. Bu binodan qanday maqsadda foydalaniladi?

Javob; Qamoqxona

5303. Alfa — shu qadar buyukki, uning fazilatlarini o’lchash- dunyodagi eng baland tog’ning eng baland cho’qqisiga emaklab chiqish zaxmati bilan teng.
Alfa — shuqadar tubanki uning illatlarini o’lchash — dunyodagi eng baland tog’ning eng baland cho’qqisidan emaklab tushish zaxmati bilan teng.
Alfa-?

Javob: Inson

5304. Qaysi sabzavotning ilmiy nomi lotinchadan tarjima qilinganda «quti» ma’nosini beradi?
Javob: Qalampir

5305. Braziliya sug‘urta jamiyati hayot uchun eng xavfli bo‘lgan kasblar ro‘yhatini chop etdi. Bu ro‘yhatga taksi haydovchilari, politsiya komissarlari, bokschilar, reportyorlar, xususiy detektivlar kirgan. Bu ro‘yhatni boshqarib turgan kasb vakillari kimlar ekanligini toping?
Javob: Futbol hakamlari

5306. Bir safar Ibn Sinoga bir bemorni olib kelishadi, uning son suyagi chiqib ketgan edi. Ibn Sino bir sigirni olib, uni faqat pichan va tuz bilan boqadi. Keyin bemorni sigirning ustiga mindirib, ikki oyog‘ini bog‘lab, so‘ng sigirga suv beradi. Bir necha kun qattiq chanqagan sigir juda ko‘p miqdorda suv ichadi, natijada uning qorni shishib, bemorning suyagi joyiga tushadi. Aytingchi, nega Ibn Sino bu bemorni davolashda ushbu usulni tanlagan?
Javob: Bundayin qiyin usulni qo‘llashdan maqsad, Ibn Sino nomahramning suyagini o‘z qo‘li bilan joyiga solishni istamagan, chunki bemor ayol kishi edi! Shu joyida rahmatli Hojiboy Tojiboyevning «medbratlar» haqidagi gaplari esimizga tushadi: «Shuuuuncha joydan kelib, qo‘liga ukol qilib ketaveramanmi?»

5307. Savol
Shayx Muhammad Gʻazzoliydan iqtibos.
Dushmaningga xizmat qilishing uchun xizmatkor bo‘lishing shart emas, xoin bo‘lishing uchun xiyonat qilishing shart emas. X bo‘lishning o‘zi yetarlidir.
X ni aniq yozing?

Javob: Ahmoq

5308. Biz bilamizki qahva juda mazali ichimli hisoblanadi uni damlash usullari juda ko’p bazilar turkcha bazilar esa meksikan uslubida damlashadi siz bizga qahva damlanadigan idishini qaysi davlat birinchilardan bo’lib ishlab chiqarganni ayting?
Javob: Bu Davlat Fransiya
Izoh. U narsani birinchi bo’lib oddiy inson o’ylab topgan va unga patent olgan

5309. Ayman Yog’iy:
Ular ustida o‘tkazilgan izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, ularning 85%i uylanganidan keyin U bo‘lgan?

Javob: Kal

5310. 1974 yilgi futbol bo‘yicha Jahon Chempionatidan oldin Gollandiyadagi bir bank ushbu turnirda gol urgan barcha Gollandiya terma jamoasi o‘yinchilariga mukofot e’lon qiladi. Ammo chempionat yakunlangandan keyin xuddi shu bank terma jamoa a’zosi Rud Krolga mukofot berishdan bosh tortadi. Faqat terma jamoa a’zolarining jiddiy e’tirozlaridan so‘ng, bank mukofot berishga rozi bo‘ladi. Aytingchi, nega dastlab bank mukofot berishdan bosh tortgan edi?
Javob: Sababi Rud Krol o‘z darvozasiga gol urib qo‘ygan edi. Bank o‘z e’lonida gol urgan o‘yinchiga mukofot beramiz deb e’lon qilgan edi, ammo qaysi darvozaga urish kerakligini aytishmagandi.

5311. XVIII asrda Angliyada bir kasbda ishga kirish juda qiyin bo’lgan. Chunki talabgorlar juda ko’p bo’lgan. Inglizlar bizning tilda «yog’li joy» deb qaysi kasbni bilishgan?
Javob: Cho’ponlik

5312. Mc’Donald’s bundan 15-20 yil oldin O’zbekistonga kelib bitta raqobatdosh ovqat tufayli bu yerda o’z o’rnini topolmay ketgan. bu qanday ovqat?
Javob: Somsa
Izoh: O’sha paytda bitta fast food ni puliga 3-4 ta odam to’yadigan somsa bergan

5313. Ushbu davlat konstitutsiyasiga binoan prezident Grek millatidan vitse prezident esa Turk millatidan bo’lishi shart. Bu qaysi davlat?
Javob: Kipr davlati

5314. Gollandiyaning Eymenden shahri fuqarosi 17 yoshidan boshlab avtomobil haydashni boshlagan va biror marotaba ham qoidani buzmagan.
Savol: Bu inson 84 yoshga kirganda politsiya nimani aniqlagan?

Javob: Unda haydovchilik guvohnomasi yo‘qligini.

5315. Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining «Boburnoma» asarida shunday farmon zikr etilgan: «Tinchlik saqlangan mamlakada mutlaqo hech bir kishi unga urinmasin uni hosil  qilishga  tirishmasin  sotmasin va olmasin. Undan qochinglar  shoyadki  najot topsanglar»
Siz bizga bu farmon nimaga qarshi  chiqarilganligi ayting?

Javob: Ichkilik

5316. Qadimgi fors allomalari deydilarki: «Aqilli odam shunday odamki,qiyin vaziyatlardan qutilib ketoladi. Dono odam shunday odamki ….
Nuqtalar o’rnida jumlani davom ettiring?

Javob: U qiyin vaziyatga umuman tushmaydi

5317. EURO-2016 o’yinlaridan savol:
52 ta o’yinda 100 dan ortiq gollar kiritilgan bu turnirda har xil natijalar, kutilmagan hisoblar qayd etildi. EUROdagi bir o’yin oldidan bir jurnalist bo’lajak o’yin haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Qiziqarli tomoni shundaki, uning bergan taxminidan u hech qachon yutqazmasdi. Va u natija haqida gapirar ekan, bir qahramonni va yozuvchini ham tilga olib o’tdi. Sizga shunday yordam berishim mumkinki, XXI asrdagi bir finalni eslasangiz, bu savolni darrov topasiz. Savol esa shunday menga bu fikrlar qaysi o’yin oldidan emas, balki o’sha qahramonining va yozuvchining ismlarini yozib bering?

Javob: Kung Fu Panda bosh qahramoni Po va amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po
Izoh: XXI asrdagi bir finalni eslasangiz degan jumla savolni topishizda yordam edi. 2011 yil Copa America Finalida UruGVAY va ParaGVAY o’zaro o’ynashganda o’yin oldidan bir jurnalist ,,GVAY“ g’alaba qozonadi degan edi. EURO dagi POlsha va POrtugaliya o’yinidan oldin ham bir jurnalist shu an’anani davom ettirib, ,,PO“ g’alaba qozonadi degan edi. Polsha va Portugaliya so’zlarining birinchi 2 harfi ,,Po“ dir. Bu esa qaysi jamoa g’alaba qozonsa ham, jurnalist g’alaba qozonardi deganidir. Po g’alaba qozonadi degan gapini eshitsak esa darrov Kung Fu Panda bosh qahramoni Po hamda Yozuvchi Edgar Allan Po xayolimizga keladi

5318. Afrikaning suhaili qabilasida bir afsona bor: Yerdagi birinchi odam osmondan tushgan uning tushishiga alfa yordam bergan.
Savol: alfa nima?

Javob: Jirafa.
Jirafa bolasi ham 2 metr balandlik yerga qulaydi tug’ilish paytida

5319. The BMJ va EurekAlert nashridan qisqacha ma’lumot. uni kuniga 90 gramm miqdorida iste’mol qilib turish, yurak-qon tomir kasalliklari va yurak ishimiyasi(19 foizga), insult(14 foizga), saraton kasalligi (15 foizga), qandli diabet (26 foizga) va nafas olish kasalliklarining (22 foizga ) o’lim bilan bog’liq bo’lgan xavfini kamaytirishda va davolashda yordam beradi.
Savol: gap nima haqda ketyapti?

Javob: Bug’doy donasi

5320. Biz so’z yuritmoqchi bo’lgan X qadimda Yevropada omadsizlik va kambag’allikka qarshi jodu va afsunlarda ishlatilgan bo’lsa, kelt qabilalari esa uning kulini uylari atrofiga sepib chiqishgan( albatta nochorlikni haydaydi, deb ishonishgan). Uning vatani qadimgi Midiya hisoblanib, keyinchalik qad. Rim, Yunoniston va Qad. Shim. Afrikaga ham yetib kelgan. Rus tilida X ning nomi lotin tilidan tarjima qilinganda esa «yorug’lik taratmoq» degan ma’noni beradi. Agar siz uni topgan bo’lsangiz, u bizda nima uchun ishlatilishini ayting.?
Javob: X — beda ( pichan). Bizda u yem-xashak tayyorlashda foydalaniladi va tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini oʻtaydi. Ruschada esa люцерна deyiladi.

5321. Bu futbolchining o’yin turkumi o’zgalardan farq qiladi, 3 karra Amerika kubogi sovrindori, o’z davlati bir necha karra g’olibi, hattoki 2ta taniqli narkobaronlar orasida o’rtakash bo’lgan ham deyishadi.
Bizga u kimligini emas balki futbol tarixida qaysi ishi bilan mashhur bo’lganini 2 so’z bilan ayting?

Javob: «Chayon zarbasi»
Izoh: bu Rene Higuita (Igita Rene)

5322. U juda kuchlidir bizning fikrimizcha «qirol» kuchli ammo aslida yakkama yakka holatda U g’alaba qiladi biz shunchaki Toji borligi sabab «qirol» deb ataymiz
Menga u ni topgan bo’lsangiz uni rangini to’liq holda ayting?

Javob: U-Yo’lbars Qirol-Sher faktlarga ko’ra yo’lbarslar sherlardan kuchliroq ekan va yakkama yakka janglarda 80% holda yo’lbarslar g’alaba qiladi
Sherni boshidagi yo’li uning toji. Aslida yo’lbarslar kuchliroq yo’lbarslarning rangini o’zingiz bilasiz.

5323. Pyer Buast: “U hamma katta yutuqni olishni xohlaydigan lotereyadir” degan. Avraam Linkoln esa “U na jannat va na do‘zaxdir, u arosatdir” degan.
Jon Styuard Mill aytadi: “U qonunda ruxsat berilgan yagona qulchilik formasidir”. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Oila, Turmush.

5324. Garry Potter asari Shunchalik mashhurlikka erishdiki, muallif J. Roulingni bu asarini hamma qiziqish bilan sotib ola boshladi. Garry Potter asarini barcha kitoblari hattoki u ham qanchalik band bo’lishiga qaramay o’qib chiqdi. Uni bir faktga ko’ra Da Vinchi, Napaleon, Nyuton qatorida ko’rishimiz mumkin. Bu shaxs kim?
Javob: Barak Obama

5325. Agata Kristi eri bilan turmush qurganiga 25 yil to‘lganida shunday degandi: “Eng yaxshi erlar — . . . . . . ..lardir! Chunki sening yoshing qanchalik katta bo‘lsa, u seni shunchalik qadrlaydi”
Nuqtalar o’rnida kimlarni nazarda tutkan?

Javob: Arxeologlar

5326. 1997-yil 16 dekabrda Yaponiya milliy telekanalida multfilimning 38 seriyasi namoyish qilinadi. Ertasi kuniga kasalxonalarda 700 nafar bolakaylar turli tashhislar bilan kasalxonalarga yotqiziladi.
Savol: Bolakaylar nima sababdan turli kasalliklarga chalingan?

Javob: Multfilm namoyishining ertasi kuni bolakaylar multfilmni davomiga qiziqib ketganlaridan maktabdan qolib multfilmni qolgan qismlariniyam ko’rishlari uchun ataylab o’zlarini yolg’ondan kasalga solishgan ekan

5327. Ulardan biri X — o’zaro jamoa tuzadilar, bir birlari bilan uzoq — uzoq suhbat  quradilar, hattoki qo’shiq kuylaydilar. Ikkinchisi Y — har yerda, har qachon,  har borliqga kerakli. X aslida Y da yaxshaydi. Y esa X dan otilib chiqadi. Ana  endi siz mega X va Y ni emas, balki X ning o’zbekchadagi Y ning esa forschadagi  ko’rinishlarining birlashuvidan hosil bo’luvchi «ne’mat»ni ayting?
Javob: X bu: Kit — o’zaro jamoa tuzadilar, bir birlari bilan uzoq — uzoq suxbat 
quradilar, hattoki qo’shiq kuylaydilar.
Y esa Suv — har yerda, har qachon, har borliqga kerakli. Kitlar aslida Suv da yaxshaydi. Suv esa Kit dan otilib chiqadi. Ana 
endi siz mega Kit va Suv ni emas, balki Kit ning o’zbekchadagi Suv(ob) ning esa forschadagi 
ko’rinishlarining birlashuvidan hosil bo’luvchi «ne’mat»ni ayting!!!
Javob: Kit+ob (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6303?comment=38138)

5328. Quyidagi 5 ta Puxiyolay, puxanyor, puxanmal , puxanduy, puxanvol so’zlari lavozim pillapoyasida o’sib boruvchi tarzda joylanganligini bilgan holda ularning oxirgi ya’ni oltinchisi nomini va u termin bizda qanday atalishini toping?
Javob: Birinchi daraja puxiyolay — laborant, kichkina olim.
Ikkinchi daraja puxanyor —  katta laborant.
Uchinchi daraja puxanmal — o’qituvchi.
To’rtinchi daraja puxanduy — katta o’qituvchi.
Beshinchi daraja puxanvol — dotsent.
Oltinchi daraja puxond — professor.

5329. Nega rasmlaringizni qing’ir qiyshiq chizasiz.? Degan savolga Pikassoni shioriga aylanib ketgan javobi qanday?
Javob: «Men dunyoni qanday ko’rsam shunday chizaman»

5330. O’rta asrlarda Germaniyada shogirdlarning o’z ustozi uchun maxsus yasagan narsasi shunday atalgan. Keyinchalik bu so’z futbolda ham qo’llanila boshladi. Xayrulla Hamidov ham bu so’zni ishlatishni xush ko’radi. Shuningdek javob e’lon qilinganda «X» savol bo’libdi desangiz men ham xursand bo’laman. Marxamat, bu so’zni yozib bering?
Javob: Shedevr

5331. Milliy madaniyatimiz rivojidagi izchillik shundaki, Navoiy turk tilining «teng huquqligi» uchun kurashgan. ULAR esa salaflari boshlagan ishni mantiqiy nihoyasiga yetkazish uchun harakat qilganlar.
Ular so‘zi o‘rnidagi 2 shaxsni toping?

Javob: Fitrat va Cho’lpon

5332. X birinchi marta 1874-yilda shveysariyalik ixtirochi Karl Lind tomonidan qurilgan. Bu ixtiroga sabab esa 1823-yilda Maykl Faradeyning ammiak bugʻi bosim ostida siqilib, keyin undan issiqlik ajratib olinganida, u qayta suyuqlikka aylanishini kashf qilgani edi. Bu tajribada jismlardan issiqlikni to’liq olish aks ettiriladi.
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda va biz X dan foydalanishimizni hisobga olgan holda X ni yozib bering
.
Javob Muzlatgich

5333. Muallifi dramaturg Ibrohim RAHIM bo’lgan » U » nomli asarda SSSR davridagi ba’zi holatlar tasvir va tanqid qilingan. Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Xudoyberdi To’xtaboyev Asqad Muxtorlarni ham U deyish mumkin.
U o’rnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so’zni ayting.?

Javob: Farg’ona Farzandlari

5334. Holms va Vatsonni suxbati:
Holms: menga mutlaqo aniqki sizning yotoqxonangizdagi derazangiz o’ng tomonda, ammo tergovchi mister Lestredning shunga ham aqli yetishi gumon.
Vatson: darxaqiqat siz buni qanday bildingiz derazam o’ng tomondaligini?
Holms: ……………….
Savol sinchkov va izlanuvchan Holms Vatsonni derazasi o’ng tomondaligini qayerdan bilgan?

Javob: Holms: siz Vatson g’arbliklar tarbiyasini olgansiz g’arbliklar har kuni soqol oladi shuningdek siz ham har kuni ertalab soqol olasiz soqoliz o’ng tomondan yaxshi olinib chap tomonga kelganda chala olina boshlagan
javob sokol olishidan aniqlagan ( Manba: boskom vodiysining siri).

5335. 1950-60 yillarda Moskva aholisi xuddi yer yutib yuborganday ko’rinmay qoldi,ko’chalar huvullab qoldi!
O’sha yillari Moskvada aholi ko’zga ko’rinmay qolishiga nima sabab bo’lgan?

Javob: Metro ochilgan odamlar unga qiziqib tushgan

5336. Savolda: «bu ishni qilish» so’zlari bir nechta so’zlar bilan almashib kelgan. Bu ishni qilish aslida hurmatsizlik hisoblanadi. 2010-yili chiqqan «Ёлки» filmi personaji ovqatlanish joyida Bu ishni qiladi. Youtubedagi bloger Kunduziyning blogida bo’lsa bu personaji 2002-yili chiqqan bir mashhur filmga taqlid qilinganligini aytadi. Diqqat savol: siz bizga Bu ishni emas o’sha filmni yozib bering?
Javob: Tanka
izoh: bu ishni qilish birovni ovqatni yeyish/birovni ovqatni tortib olish

5337. Hammamiz taniydigan Facebook asoschisi Mark Sukerberg Facebook logotipi uchun ko’k rangni tanlashiga sabab U ekan. U tufayli ba’zi odamlar mashina hayday olmaydi. U nasldan naslga o’tar ekan va ko’proq erkaklarda uchrar ekan. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib menga U ni yozib bering?
Javob: Daltonizm

5338. Amazonka malikasi Aleksandr Makedonskini yoniga 300 kanizak va sovg’a tilla taqinchoqlar bilan keladi. Aleksandr: sovg’a salomingni evaziga nima beray, nima xohlaysan?
Amazonka malikasi X xohlashini aytadi. Aleksandr X uchun bir hafta muddat beradi. Savol X ni toping?

Javob: Nasl ya’ni farzand ko’rishni (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6320?comment=38839). Amazonka bu qadimgi ayol jangchilar ular nasl ko’paytirish uchun bir yilda bir marta boshqa qabila o’lkalarga chiqishadi. nasl qabilasini ko’paytirish uchun so’ragan. Qiz bo’lsa olib qolishini o’g’il bo’lsa Aleksandrni o’ziga qaytarishga kelishadi.

5339. Rafael Santi, Leon Batista, Mikelanjello Buanarotti, Uilyam Shekspir, Migel de Servantes va albatta Leonardo da Vinchi. Biz yuqoridagi buyuk shaxslarni Ular deb atashimiz mumkin. 1994-yili ekran yuzini koʻrgan Gollivud komedik filmidagi Bill Ragonini ham Ular qatoriga qoʻsha olamiz. Ularni 3 soʻzda yozib bering?
Javob: Uyg’onish davri odami
Renaissance Man

5340. Sherlok Holms uni doim: «Bu ayol» deb atardi, boshqacha ataganini ham bilmayman. Uning nazarida o’sha ayol dunyodagi jamiki ayollarning go’zali edi.
Savol: gap qaysi ayol haqida ketyabdi?

Javob: «Bu ayol» Iren Adler
(manba: izquarning inqirozi)

5341. Mantiqiy:
30 ta deraza oynasini yuvishga 6 soat ketsa, huddi shunaqa o’lchamli ko’zguni yuvishga qancha vaqt ketadi?

Javob: 3 soat chunki ko’zguni bir tomoni yuviladi.

5342. Matematik savol:
Mening hozirgi yoshim yarmisiga 8 ni qo’shsangiz, mening 12 yil oldingi yoshimni topasiz. Mening yoshimni toping?

Javob: 40 yosh. X/2+8=x-12 (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6326?comment=38877)

5343. Soat buzilib bir kunda 6 minutga kech qolsa necha kundan keyin 1 soatga kech qoladi?
Javob: 10 kun

5344. Xitoy dunyoda aholi soni ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan davlat ekanligidan xabaringiz bor. Aholi soni ko‘pligi natijasida, minglab shevalar ham paydo bo‘lgan. Shevalar soni shu darajada ko‘p va turfa xilki, Xitoyning narigi chekkasidagi tilni, boshqa tomondagilar tushunmasligi mumkin. 1958 yilning 1 may kuni sodir bo‘lgan bir voqea mana shu muammoning oldini olishga katta xizmat qilgan.
Diqqat savol, o‘sha kuni Xitoyda nima voqea sodir bo‘lgan?

Javob: Ilk teletranslyasiya efirga uzatilgan, ya’ni televideniya ishga tushgan.

5345. Bu soʻz haqida vikipediyadan qidirsak (700-711 hukmdorilik qilgan) bir podshoh ismi, tarragon oʻsimligi haqida bilib olamiz. Va yana bir versiyaga koʻra U Gruziyada ishlab chiqarlishi, zumrad rangda boʻlishi yozilgan. Diqqat savol: Uni topgan boʻlsangiz uni oʻz qoʻshiqlaridan birida keltirib o’tgan xonandani ayting?
Javob: Jahongir Poziljonov
Izoh: Tarxun so’zi edi. Anhor qo’shig’ida eslab o’tilgan

5346. Yaqinda XV asrda yashagan ikkita «sher» haqida savol o’ynalgan edi. Endi navbat «Kabutarlar» haqida. Bir asrda yashagan bu ikki buyuk insonlar (biri yevropalik, biri O’zbekistonlik) hayotida kabutarlar muhim rol o’ynaydi. Birini hayotiga kabutarlar nuqta qo’ygan bo’lsa, yevropalik esa olamshumul ishga qo’l urgan.
Diqqat savol: Yurtdoshimizni topgan bo’lsangiz, menga yevropalikni yozib bering?

Javob: Kolumb
Izoh: Kolumb so’zini lotinchadan tarjima qilsak, kabutar degan ma’noni ham anglatadi.

5347. Bu so‘zni paydo bo‘lish tarixi Italiyaga borib taqaladi. Tinimsiz yog‘gan yomg‘irlar natijasida Neapol shahri ko‘chalarini suv bosgan vaqti neapolliklar bu suv toshqinini siz-u biz bilgan O‘SHA so‘z bilan atashgan. Keyinchalik bu so‘z suv toshqiniga nisbatan emas, balki boshqa dahshatliroq toshqin ma’nosida ishlatila boshlangan. Gap qaysi italyancha so‘z haqida ketmoqda?
Javob: Lava.
Izoh: Xabaringiz bo‘lsa kerak, Neapol shahri mashhur Vezuviy vulqoni yaqinida joylashgan. Dastlab yomg‘ir natijasida shahar ko‘chalarini suv bosgan bo‘lsa, keyinchalik qaynoq lava bilan qoplangan.

5348. Tarixiy filmlarda ba’zi aktyorlar biroz gʻalati koʻrinadi, negaki ular tashqi koʻrinishidan oʻsha davr uchun zamonaviy boʻlishadi. Bunday san’atkorlar haqida ularning «Alfa yuzi» borligi keltirib oʻtilgan. Bu jihat ularning tashqi koʻrinishi XXI asrga bogʻliqligini koʻrsatadi.Telegramda qiziqarli fakt va malumotlar ulashadigan bir kanaldagi postga koʻra yaqinda Xiaomi kompaniyasi Garri Potter va «Alfa»ni birlashtirish imkonini yaratganligi koʻrsatilgan.
Diqqat savol, «Alfa»ni oʻzbekcha boʻlmagan bir soʻzda yozib bering?

Javob: Smartfon
Izoh: San’atkorlar oʻrtasida bunday aktyorlar » Smartfon yuzli» deyilgan.Bunga koʻpincha soxta tabassum, vinirlardan foydalanish, qoshlarning shakli yoki kosmetik muolajalar sabab boʻladi .
Manba: https://daryo.uz/2023/08/31/kadr-orti-sirlari-suratga-olish-maydonchasidagina-korish-mumkin-bolgan-noodatiy-holatlar

5349. XVII asrda Gollandiyadan Amerika qit’asiga borib qolgan bir sayyoh hindu qabilalaridan butun Manhetten orolini jami qiymati 240 $ bo’lgan rang barang mato bo’laklari turli hil mayda chuydalarga ayirboshlab olgan. 1626 yili shu joyda yangi Amsterdam shahri qurildi. Keyinchalik bu shahar Nyu York nomini oldi
Savol: Butun boshli shaharni 240$ ga sotib olgan sayyohni ismi nima?

Javob: Piter Minunt

5350. Qadimgi slavyanlar Alfalarning yaratuvchisiga nisbatan «Achchiqlik va shirinlikni oʻzida jam etuvchi» deya ta’rif bergan. Alfalar tomonidan tayyorlagan mahsulotining tabiiyligini aniqlash uchun mis sim ishlatilishi aytilgan.Uy sharoitida esa eng samarali usullardan biri sifatida non bilan tekshirish kerakligi koʻrsatilgan. Diqqat savol, siz bizga «Alfa»ni emas ularnig mahsulotini yozib bering?
Javob: Asal ?
Manba: 10-sinf Kimyo kitobi 174-bet

5351. Rio olimpiadasida futbol turnirining final o’ynidan oldin nemis matbuotida nemislar aniq g’alaba qozonadi deb 2 ta dalil keltirishdi. Birinchisi albatta Braziliya o’z uyida bo’lib o’tgan futbol bo’yicha katta musobaqalarda hech qachon g’alaba qozona olmaganligi bo’lsa, ikkinchisi esa bir holatni sabab qilishgandi. Chunki bu holat nemislar fikricha yaqin o’tmishda ham g’alaba qozonishiga sababchi bo’lgan ekan. Savol: nemislar fikricha ikkinchi holat qaysi?
Javob: Portugaliyani 4:0 tarzda mag’luyibatga uchratganliklari.
Izoh: Braziliyada FIFA-14 da guruh bosqichida Portugaliyani shu hisobda yengishgan va keyin oxirida jahon chempioni bo’lishgan edi. Yana Braziliyada Rio-2016 da chorak finalda Portugaliya bilan shu hisob qayd etilgandi.

5352. Qadimgi rimda quldorlik davrida barcha og’ir ishlarni qullar bajarishgan. Lekin og’ir va nihoyatda sharafli kasb bo’lganki unga qullarni umuman yaqinlashtirmaganlar. Birinchidan qullarni bu ishni qilishlarini oliy tabaqa zodagonlar xohlashmagan ikkinchidan esa agar qul ushbu kasbni egallab qolsa uning narxi 10 barobar oshib ketishini yaxshi bilganlar. Bu yerda qanday sharafli kasb haqida gap ketmoqda?
Javob: Novvoylik.
Izoh: o’sha davrda rim o’zining shirin nonlari bilan dong’i ketgan edi.

5353. U kishi AQSh Viskonsin shtatida tug’ulgan. U avval ish boshqaruvchi , firma rahbari lavozimlarida ishlgan. 1901 yilda katta bir ixtiroga patent olib, unga o’z nomini bergan. Hozirda bu katta konsernda «Durasell» batereykalari , «Braun» elektr asboblari ishlab chiqaradi . Lekin bu yerda biz uning ilk ixtirosini sanamadik. Uni toping?
Javob: Bu konsernning nomi dunyoga mashhur «Jillet» edi . King Kemp Jillet nomiga berilgan

5354. XVII-XVIII asrda AnglIyada chorvachilik rivojlangan paytda cho’ponlikga talabgor juda ko’payib ketadi va ishga tanlov orqali olinib bu bora bora musobaqaga aylanadi. Bolg’usi cho’ponlardan shunday harakatlar talab qilinganki bu ommalashib sport turiga aylanib ketgan. Bu qaysi sport?
Javob: To’siqlardan oshib yugurish. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/6347?comment=39594)
Izoh: qo’y va echkilar ustidan chaqqonroq oshib yugurish talab etilgan.

5355. Qadimda bir podshoh bir qancha askarlari bilan asirlarni olib ketayotganida oziq- ovqat oz qolgani ma’lum bo’ladi va bir yerga yetganda asirlarni o’limga hukm qilish uchun hali hechkim ta’tib ko’rmagan mevaning yerga to’kilganlarini yeyishlarini amr etadi. Ular o’lish o’rniga borgan sari quvvatga kirib, kayfiyatlari ko’tarilib yana so’rardilar. Hayron qolgan podsho ham undan tatib ko’radi va unga ham yoqib, har doim ziyofatlari to’riga qo’yishni odat qiladi. Endi blits savol:
1.U qaysi meva edi?
2.Shu yerga to’kilgan mevalaridan tayyorlangan ichimlikni qanday ataymiz?
3.Ziyofatsevar o’sha podshoh nomi bilan bog’liq iborani (mashhur jumla) yozib bering?

Javoblar:
1.Uzum
2.Vino
3.Bazmi Jamshid iborasi

5356. Diqqat
Tarqatma material!
Siz birinchi rasmda ayollar ko’ylagiga o’xshagan ingliz erkaklar tungi kiyimini ko’rib turibsiz. O’tgan asrda birinchi tufayli qisqa muddatda bu turdagi tungi ko’ylaklar urfdan qoldi. Va ommaviy ravishda erkaklar tunda pijama (2 chi rasm)  kiyishga o’tishdi.
Siz bizga savoldagi birinchini yozib bering?

Javob: Birinchi Jahon urushi
Izoh: Bombardimon tunda bo’lgan vaqtda erkaklar ko’chaga yugurib chiqib boshqalar oldida xijolatga qolmaslik uchun uzun tungi ko’ylaklardan vos kechishgan.

5357. XVII asrda shoir Servantes o’z qo’li bilan rasm chizadi va bu rasm keyinchalik bir shaxsning tashqi tomoniga asos soldi. Kimga uni rasmi O’xshar edi?
Javob: Qorbobo. Santa Klaus

5358. Odatda stollarni “P” harfi shaklida yoki “T” harfi shaklida joylashtirishadi. Ba’zan esa “el” shaklida joylashtirilganligiga ham guvoh bo’lishimiz mumkin. “El” harfi shaklida stollarni joylashtirishlariga nima sabab bo’lgan?
Javob: 50 yillik yubileylar
Izoh: Bu erda lotincha el (L) nazarda tutilmoqda. Ma’lumki, L rim raqami 50 ga teng.

5359. Aqshda bir ayol juda taniqli bo’lib ketdi. 
U 2009 yili «X» sababli ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. 
Yoshi katta bo’lib qolayotgani va sog’lig’i yomonlashayotgani 
uchun doktorlar unga «X» dan voz kechishni tavsiya qilishdi, 
biroq onaxon bunga ko’nmadi. Sababi u aynan «X» orqali turli 
reklamalarda suratga tushib, pul topadi. 
U «X» ni kerakli ozuqa bilan ta’minlashini aytadi 
Onaxon «X» bilan juda faxrlanadi..
Savol? «X» ni toping??

Javob: Soch

5360. Janubiy Karolinalik Kosmonavt Ronald Makneyr 9 yoshida ya’ni 1959 — yilda Kutubxonaga tashrif buyurib u yerdan kitobsiz ketishdan bosh tortgani uchun kutubxona ma’muriyati tomonidan politsiyaga murojaat qilinadi.
Biz yuqoridagi matnda ikki harfli so’zni tushirib qoldirdik. Shu so’zni yozib bering?

Javob : Oq
O’sha davrlarda Amerikada irqchilik avjiga chiqqan davrlar hisoblanadi. . Ronald Makneyr esa qora tanli bo’lgan. Savol kirish qismidagi bayroq ham sizga yordam berdi deb o’ylaymiz

5361. Fridrix tomonidan 1890-yilda Germaniyadagi Apolda shahrida bir-necha it zotini chachishtirish orqali ancha tajovuskor va o’z egasiga sodiq bo’lgan Doberman it zotini yaratadi. Bu kabu yirtqich it zoti unga pul to’la qoplar bilan jinoyatchilar hududidan bezarar o’tish uchun kerak bo’lgan. Chunki, jinoyatchilar uni har doim talon-taroj qilib, jaroxat yetkazar edi. Ammo bu it zoti orqali hech bir insonnning bezorilik qilishga jur’ati yetmas edi.
Savol : Doberman it zotini yaratgan insonning qanday kasbda ishlashini yozib bering?

Javob: Soliq inspektori

5362. Savol: Siz «chizgan chizig’imdan chiqma» iborasini eshitgansiz, albatta. To’y oldi buvim bilan bir ishni qilayotganimizda, ular bu iborani asl ma’nosida qo’lladilar. Ular chizgan chiziqni uyog’iga ham buyog’iga ham chiqib ketmay bir ish qilishim kerak. Buni ham mehnatkash momolarimiz topishmaganmikan deb o’ylab qoldim. Biz qanday ish bilan shug’ullanayotgandik?
Javob: ko’rpa qavish
Izoh: ko’rpaga paxta solingach, bir tekisda qovish uchun igna uchini matoga botirib uzun chiziq chizib olinadi bir xil oraliq tashlab parallel ravishda

5363. Sizning qarshingizda BMW hamda Jiguli avtomobillari, shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Maks Eyve hamda Real Madrid klubi libosida tasvirlangan barchamiz yaxshi taniydigan Zayniddin Zidan rasmlari turibdi.
Endi kutilmagan savol. Siz ushbu rasmlarni birlashtirib turuvchi hafta kunini va oy nomini yozib bering?

Javob: Rasmda BMW X5 markasi, Jigulining ham 5-markasi tasvirlangan edi. Maks Eyve shaxmat bo‘yicha 5-chempion hisoblanadi. Zayniddin Zidan Real Madrid klubida 5-raqamda to‘p surgan. Demak, to‘g‘ri javob: haftaning 5-kuni bu – Juma, 5-oy esa – May.

5364. X giperaktivlik sindromi va autizm bilan og’rigan bemorlar uchun tavsiya qilingan. X ning mashhurligi 2017-yilda shiddat bilan oshib ketdi. Mutahasislar X ni sog’liq uchun ta’sirini 2 xil baholaydi. Biri stressni yengishga yordam beradi desa, yana biri chalg’itadi deyishadi.
Savol : X ni ishlatganingizni hisobga olib uning nima ekanligini yozib bering?

Javob: Spinner

5365. XIX asr oxirlarida, aniqrog‘i 1889 yili Angliyada qurib qolgan bir olma daraxtini kesib tashlashadi. Bu oddiy hol edi, daraxt qurib qolgandan so‘ng kesib tashlanishi tabiiy hol. Lekin negadir ushbu holat butun ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi va qattiq tanqid qilindi. Buning sababi nima edi?
Javob: Ushbu olma daraxti, Nyutonnning boshiga tushgan olma daraxti edi.

5366. Bu davlat o’zining shaxsiy kalendariga ega bo’lib, U yerda 1 yil 13 oydan iborat. Bu qaysi davlat?
Javob: Bu davlat Efiopiya

5367. Germaniyada qurilish boshlashdan avval yer osti va yer ustidan ULARNI izlashadi va ULAR topilmasagina qurilishni boshlashadi. Bu xavfsizlik kafolati deya baholanadi. Yana shuni aytishimiz mumkinki ULARning bu yilgi yoshi 80 atrofida.
Savol: Ularni 3 so’zda yozib bering?

Javob: Portlamay qolgan bombalar!
Bilamizki ikkinchi jahon urushi davrida nemislar tomonidan bosib olingan Yevropaga 2.7 million tonna bomba tashlangan. Va hozirgi kunda ham yiliga o’rtacha 2000 tonna Portlamay qolgan bombalar topiladi

5368. Silvester Stalonni o’z vaqtida rasmdagi kuchugini 40 dollarga sotgan. Vaqt o’tib boyib ketgach u kuchugini qayta 15000 dollarga sotib olgan.
Bu faktni o’qigan savol mualifi (ya’ni men) bir maqolni eslab qo’ydim. Bu maqolni Real Madrid klubi so’ngi o’yinlarda o’tkazib yuborayotgan bir necha gollariga sababchi bol’ayatgan futbolchilarga qarata aytsa bo’ladi.
Diqqat savol: Bu maqolni yozib bering?

Javob: O’zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga
Izoh: O’z iti uning o’ziga qimmatga tushdi. Real Madrid tarbiyalanuvchisi Xose Munos esa Almeriya safida Real darvozasiga gol urib ketgan edi.

5369. Aslida vatani O’rta Osiyo bo’lsada, uni negadir Qadimgi Rossiya bilan bog’lashadi. U qadimdan shunchalik mashhurki, u haqida turli afsonalar mavjud. Ularda ta’kidlanishicha, u turli yovuzliklar va yomon ko’zlardan asraydi. Qadimgi Misrda piramidalar quruvchilariga u berilgan. Shuningdek, u tib olamida ham mashhur. Masalan, XVIII asrlarda Fransiyada u o’lat kasalligiga qarshi ishlatilganligi uchun «to’rt o’g’ri( ba’zi manbalarda esa mahbus) ichimligi» kabi ta’rifni olgan. Savol: agar siz «u» nimaligini topgan bo’lsangiz, uning nima ekanligini emas, balki, tarjimasi «u» bo’lgan AQSH shaharlaridan birining nomini toping?
Javob: Chikago edi.
Mahalliy hindularining «shikaakwa» ya’ni «yovvoyi sarimsoq» so’zining fransuzlar tomonidan o’zgartirilgan varianti edi. Savoldagi «u» esa sarimsoq piyoz. Savoldagi «ichimlik» esa sarimsoq piyozning pivo yoki sirkadagi nastoykasi edi.

5370. Misr, Suvaysh kanali, Eyfel, AQSh, «yetti qit’a», rim raqamlari, Manxetten va Grover Klivland. Siz esa ushbu so’zlarni birlashtirib turuvchi alfa ni toping. Yordam sifatida shuni aytish mumkinki, alfa ayol kishi bilan bog’liq?
Javob: alfa bu Ozodlik Haykali.
Izoh: Uning yaratuvchisi Frederik Ogyust Bartold Misrning yangi qurilayotgan Suvaysh kanali un mash’ala tutgan Mitraning haykalini qurmoqchi bo’ladi, lekin uning g’oyasi amalga oshmaydi. Shuningdek, uning yaratilishida mashhur injener Gyustav Eyfel muhim ahamiyat kasb etgan. Yana unga «yetti dengiz va yetti qit’ani birlashtirgan nur» deb ham ta’rif berishadi. Ozodlik haykali Manxetten yaqinidagi Berlou orolida joylashgan bo’lib, 1886-yil haykalning ochilishida AQSh prezidenti Klivlend ishtirok etgan. Rim raqamlariga kelsak, haykal qo’lidagi taxtachada esa AQShning ozodlikka erishgan kuni rim raqamlarida yozilgan.

5371. Bir o’gitda keltirilishicha qilmagan ishingiz uchun kechirim so’rash X ekan. Kimnidir ishonchini yo’qotishdan keyingi mulozamat esa Y.
X va Y ni topgan bo’lsangiz, bizga aslida Y ga ko’p «ega» bo’lishi kerak bo’lgan, biroq yakunda «hurmat» qozongan o’zbekning ism-sharifini ayting?

Javob: Ravshan Ermatov
Izoh: X gunoh, Y haqorat.
Eng ko’p haqoratga «ega» bo’luvchi kasb — hakam.
2014-yil 25-iyulda «el-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

5372. Bitta mashhur asarda dasturxon atrofida o’tirgan mehmonlarga eshittirilgan xabarning muallifi X edi. Shuningdek X ismli yigit Angliya terma jamoasida debyut qilganida 18 yoshida edi. Qo’lingizdagi suratda ham siz X ni ko’rib turibsiz. X ni toping?

Javob: Gap bu yerda Agata Kristining «O’nta negr bolasi»  asaridagi anonim qahramon, Angliyalik «tilla bola», 21-martda 20-aprelgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oluvchi qo’y burjining lotin tilida aytilishi haqida edi.
To’g’ri javob; Oven.

5373. Robindranat Tagorning bir hikoyasida bir o’xshashlik ko’rsatilgan, ya’ni: Podshox bilan u o’rtasida bir o’xshashlik bor. Har ikkisi ozod Har ikkisi o’z saltanatining yagona hukmdori, na unisi na bunisi hech kimning qonuniga bo’ysunmaydi.
Podshoxga taqqoslangan uni toping?

Javob: U- O’RMON
Robindranat Tagor: » Daliya» hikoyasi

5374. Fors shoiri Sadiiy shunday jumlalarni aytgan
Alfa xazinaning kalitidir. Eshik qulfi ochilmaguncha u yerda qimmatbaho toshlar yoki keraksiz axlatlar borligini hech Kim bilmaydi
Savol Sadiiy Alfa deganda insonning qaysi azosini nazarda tutgan?

Javob: til

5375. Yapon kemalaridan biri uzoq sayohatdan so’ng qirg’oqqa qaytar ekan, kapitan yuvinib olmoqchi bo’libdi. Shu maqsadda qo’lidagi qimmatbaho Rolex soati va olmos qadalgan bilakuzugini yechib, javonga qo’yibdi. Qaytgach esa ikkalasi ham joyida yo’qligini bilibdi hamda darhol kemaning 4 ta turli millatga tegishli bo’lgan a’zolarini chaqirib, o’sha paytda nima qilganliklarini so’rabdi. Ularning javoblari quyidagicha edi:
1.Oshpaz: oshxonada edim, sendvich tayyorlayotgandim.
2.Injener: generatorning oldida edim, uni tekshirayotgandim.
3.Matros: palubaga ilingan bayroq teskari bo’lib qolgan ekan, to’g’irlab qo’ydim.
4.Yordamchi: charchagan ekanman, uxlab qolibman.
Bu gaplarni eshitib, kapitan kim aybdor ekanini darhol fahmlabdi. Savol: sizningcha o’g’ri kim izohi bilan qabul?

Javob: o’g’ri — matros.
Izoh: Yaponiya bayrog’i teskari (xoh vertikal, xoh gorizantal) bo’lib qolsada uning qiyofasi o’zgarmaydi. Shuning uchun, bayroqning teskari yoki o’ng ekanligini aniqlashning iloji yo’q

5376. Bir necha yil oldin viloyatlarimizdan birida qurib bitkazilishi ko’zda tutilgan oddiy binolardan birining nomlanishi (peshtoqidagi yozuv) aholi o’rtasida uning faoliyatini 2 xil talqin qilishga sabab bo’ldi.
Kimlardir BU QURILISH MOLLAR DO’KONI bo’ladi (yakunda ham xuddi shunday bo’lib chiqdi) desa,
yana kimlardir BU YO «INTERNET CAFE» YOKI IJTIMOIY TARMOQLARDAN BIRIDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETUVCHI JOY degan fikrda bo’ldilar.
Siz bizga o’sha yozuvni aniq yozib bering?

Javob: MasterOK
Izoh: Masterok qurilishda ishlatiladigan ish quroli.

5377. Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika armiyasi bitta «Bolakay» va «Baqaloqqa o’xshaganlarni umumiy qilib bir so’z bilan atashgan. Urush tugagach esa bu so’z kinomatagrafiya san’atiga ko’chib o’tib juda keng miqyosli dahshatli mashhurlikka erishgan filmlarga nisbatan qo’llanila boshlangan.
Savol: Gap qaysi so’z haqida ketayotganini aniq yozib bering?

Javob: Blockbuster
Qabul: Blokbaster
Amerika armiyasida butun bir shaharni yo’q qila oladigan bombalar Blokbasterlar deb atalgan. Bilamizki Baqaloq va Bolakay Xirosima va Nagasakini yo’q qilgan bombalardir.

5378. «X» va «Y» ning shakli ham, vazifasi ham turlicha. Ularni faqat tarixda bir «maqsadda» foydalanilganigina bog’lab turadi. «X» qadimdan, «Y» esa yaqindan bu maqsadda qo’llanila boshladi. «X» avvallari ruslarda «qo’rquv, dahshat» uyg’otgan, bizda esa u «qul savdogarlarining quroli» . «X» dan bu maqsadda bir odam foydalana oladi, «Y» dan esa bir odam foydalanishi taqiqlangan! 
Savol: Bu ikki odamning ismini ayting?

Javob: YALMOG’IZ  KAMPIR va  RAIS OTA (bobo).
«X» — «Supurgi», «Y»- » Ketmon» 
Ruslarda oprichniklar otiga supurgi va it kallasini osib yurishgan. Bizda esa u «qul savdogarlari» yani eshigingizga «qulchilikka» kelib ostonangizni supuradigan sovchilarning «quroli»! 
Supurgida faqat Yalmog’iz kampir uchishi mumkin. Ketmonda esa faqat Rais ota uchishi mumkin emas!

5379. Bu buyum avvallari faqat bir maqsadda ishlatilardi ya’ni vazifasi bitta edi. Hozirgi kunga kelib esa texnika rivoji bu buyumni 2 maqsadda foydalanishga qulay qilib qo’ydi. Biz bu buyumni ko’p ko’rganmiz, uyda do’konda. Xatto ular reklamasida ham 2v1 ( ikkitasi birda) yozuvini ko’rishimiz mumkin.
Savol: Hozirgi kunda barchamizga kerak bu buyumni ikkinchi vazifasi, qulayligi nima?

Javob: Zaryadchik.
Ikkinchi vazifasi: USB kabel. Ya’ni mobil qurilmani boshqa aparaturalarga ulash.
Uning birinchi vazifasi telefon quvvatlash.
Hozirgi kundagi zaryadchiklarda 2v1 da

5380. Djordj Bernarddan so’rashdi yaxshi yozuvchi bo’lish uchun qanday yozish kerak. Uning javobi ayting?
Javob: yaxshi yozish uchun chapdan o’ngga qarab yozish.

5381. Jonni Depp Moskvadagi yapon restoranlarida bo’lganida afitsant yoniga kelib, -«ichishga nima? Vino vodka yoki viski?» -deb so’raydi. Depp sal o’ylanib-» men ichmayman»- deb ammo yuqoridagi ichimliklar bilan bog’liq salat olib kelishini aytadi, afitsant qanday salat ekanligini bilmasada salatga shunday bir ko’rk beradiki, Depp uni mahorati va aqliga qoyil qoladi
Savol: Afitsant Deppni qoyil qoldirishni qanday eplaydi?

Javob: Salatni Ko’katlarni??belgilar ko’rinishda bezaydi.
Izoh: Salat nomi «Sezar»
Vino vodka viski so’zlari esa Sezarning mashhur «Veni vidi vici» so’zlariga mos edi !

5382. Bunday uskunaning eng kattasi Germaniyada joylashgan bo‘lib, bo‘yi 5 metr, diametri 1 metr, og‘irligi 1 tonna. Savol, ushbu uskunada nimalarning soni 640 mln. donani tashkil qiladi?
Javob: qum donalari
Bu qumsoat edi

5383. Dengizchilarni aytishicha bu kema matroslari kasallikga yo’liqqani uchun hech qaysi davlat qirg’oqqa chiqishga ruhsat berishmaydi savol bu kema qaysi davlatga tegishli?
Javob: Uchar gollandlar Gollandiya.

5384. Hammamizga ma’lumki qadimgi Misrda odamlar va bir qancha muqaddas hayvonlar mumiyolanib dafn qilinishgan. Ular yer osti dunyosida yashashlari uchun nima kerak deb hisoblansa shularni ham qo’shib dafn qilishgan. Masalan oziq ovqat albatta marhumlar och qolmasligi uchun, xanjar qurol va boshqalar….
Diqqat savol: mushuklar bilan yana nimalar qo’shib dafn qilinganini ikki so’zda yozib bering?

Javob: Sichqon mumiyolari yoki Mumiyolangan sichqonlar!
Albatta mushuklar och qolmasliklari uchun

5385. Tibbiyot otasi sanalmish Gippokrat o’zining tibbiyotga bag’ishlab yozgan asarlarining birida shunday deydi:
«Dunyo ilmlarini o’rganish huddi sahroda igna bilan quduq qazishga barobar bo’lsa, bu ilmlardan tibbiyot ilmini o’rganish esa sahroda alfa bilan quduq qazishga barobardir» degan edi. Alfa nima ekanligini aniqlang?

Javob: Kiprik
Izoh: Ilm o‘rganishning mashaqqati sahroda igna bilan quduq qazishga qiyos qilinsada boshqa ilmlar orasidan o‘rganilishi qiyin, egallashi mushkul bo‘lganidan tibbiyot ilmi huddi kiprik bilan quduq qazishga o‘xshatiladi.

5386. Ulug’ vatan urushida o’zmi ko’pmi itlar ham o’z xissasini qo’shishgan ekan urush vaqtida SSSR da askarlar ko’chada yurgan daydi itlarni ham olib ketishgan va ularni urushga bir ishni qilishga o’rgatishga tayyorlashgan Savol: itlarni nimaga o’rgatishgan va urushda qanday yordam berishgan?
Javob: Itlarni yurib kelayotgan tanklarni tagiga yugurib kirishga o’rgatishgan. Buning uchun itlarni och qo’yib tanklarni tagiga ovqat qo’yishib o’rgatishgan urush vaqti itga granata osib qo’yib yuborishgan it tankni tagida ovqat bor deb yugurib borgan.

5387. Hikoya: Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida alfa o‘tirardi. U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz alfa misiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!
Savol: alfa nima?

Javob: alfa-bu: Haqiqat
Izoh: Robert Tompkins- Haqiqatni qidirib (hikoya)

5388. Qisqa savol
Tulin, Petrov, Karpov, Ivanov, Silin… Bu ro’yhatda yana kim yetishmayabdi?

Javob: Lenin
Izoh: Bu yozilganlar uning tahalluslari!

5389. Volterning uni «Tarixning katta opasi» deyishadi qandaydir mubolag’a bordek tuyuladi. Balki o’zi shu sohani yoqtirgani uchun manashu iborani qo’llagandir. Ammo u har sohada zarur oshpazgayam qandolatchigayam adabiyotchigayam kerak. Uolt Disney birinchi oskarini ham shu nomdagi multfilm uchun olgan. Savol yuqoridagi ta’rif nimaga nisbatan berilmoqda?
Javob: Fantaziya

5390. Egizaklardan biri falokatga uchragach undan omon qolgan 700 nafar odamni olib ketayotgan «Karpatiya» dan tirik Egizak omon qolgan odamlarni o’zi bilan olib ketish taklifini karpatiya sardoriga beradi. Lekin «Karpatiya»lik sardor omon qolgan odamlar tirik egizakni ko’rib vahimaga tushishlaridan cho’chib taklifni rad etgan.
Savol: Biz yuqorida tilga olgan egizaklarning ikkisini ham yozib bering?

Javob: Olimpik va Titanik

5391. Bernard biz qushlar kabi uchishni o’rgandik. Biz baliqlar kabi suvda suzishni o’rgandik. Endi biz faqat bir narsani o’rganishimiz kerak. Nimani?
Javob: Yerda odam bo’lib yashashni o’rganishimiz kerak.

5392. Yaqinda Ruminiya arxeologlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, 7-8 ming yillar oldin odamlar uni quyidagi usulda olishgan ekan: gulxan yoqishgan, so‘ngra gulxanga suv sepishgan. Aytingchi, mazkur usulda ular qanday mahsulot olishgan?
Javob: Tuz. Gulxanga dengizning sho‘r suvi sepilgan va suv bug‘lanib, undan tuz ajralib chiqqan.

5393. Bu «mamlakatning» paydo bo’lganiga bor yog’i 5-10 yil bo’lgan bo’lsayam butun dunyoda o’z o’rniga ega. Bu mamlakat unchalik katta bo’lmasa ham ko’pchilik uning nomini eshitgan. Bu mamlakatda eng mashhur va ommabop kasb quruvchidir. Unga doim ish topiladi. Eng rivojlangan sport turi esa Bovling. Bizda afsonaviy qush Humo bo’lsa ularda esa Ajdardir. Sizga yordam berib shuni aytishim mumkinki, orangizda bu mamlakatga «tashrif buyurganlar» ham bo’lsa ajab emas. Diqqat savol: Menga o’sha «mamlakat» nomini yozib bering ?
Javob: Clash of clans
Izoh: bu o’yinda quruvchi ajdar va bowler (ya’ni bovlingchi) kabi askarlari mavjud

5394. Yunonistonlik Gippokrat xirurgiyaga asos solgan. Gippokrat yiringli jarohatlarni davolash, qon to’xtatish usullarini ishlab chiqqan. U operatsiyaga tayyorgarlik ko’rishda ozodalikka qat’iy rioya qilish va qanday suvni ishlatishni tavsiya etgan?
Javob: Toza yomg’ir suvini

5395. Bilamizki hozirgi yoshlar har xil «nickname» larni o’zlariga taxallus sifatida tanlashmoqda bazi yoshlar esa chuqur o’ylamay X ni o’ziga taxallus qilib olmoqda bunga sabab esa bir film bo’lgan bu film yangi Emas va hind filmi ekanligini hisobga oling
Yana yordam sifatida aytishim mumkinki X-haqida yana bir Hollywoodning seriali ham bor u darajada mashhur emasdir ammo Shunday serial yaratilgan
Yuqoridagi ma’lumotlarni o’qigan bo’lsangiz x ning qancha vaqti qolganini ayta olasizmi?

Javob: X-Lucifer ya’ni shayton
Hind filmi Ravan bu filmda o’yinchi bolaning taxallusi Lucifer edi.
Yaqinda Hollywoodning Lucifer degan serialining birinchi fasli disklarda paydo bo’ldi
Aniq javob esa: Qiyomatgacha
Dinimizdan ma’lumki shaytonga qiyomatgacha muhlat berilgan.

5396. O’zlari kasal bo’lsa ham bu kasallikga chalinganlar harakat faolligiga ehtiyoj sezib, birov izidan quvlayotganday majburan bir necha chaqirim yo’l bosar ekan. 1979 yili aniqlangan bu kasallikga olimlar nima deb nom berishgan?
Javob: IO sindromi 
IzoH: Yunon xudosi Zevs shox qizi Ioni sevib qoladi, bundan xabar topgan xotini Gera Ioni sigirga aylantirib orqasidan katta qovoq arini jo’natadi.

5397. Daria ismli qiz o’z sahifasiga qiziqarli bir post joylaydi sahifada aytilishicha qiz uni o’rgangandan so’ng yomg’ir ostida uhlay olmayaotganligi aytilgan.
Savol u o’rnidagi so’zni ikki so’zda yozib bering?

Javob: Morze alifbosi

5398. «U» ning lotincha nomini tarjima qilar ekanmiz, «xalq» degan ma’noga ega ekanligini ko’ramiz. Afsonalarga ko’ra Zevs va Gerakl Aidning qarorgohiga aynan unda tushadi. U yunonlar uchun muqaddas, zero ular Faetonning opalaridir. Umuman olganda, u bilan bog’liq ko’pgina mif-asotirlar g’amginlik va o’lim bilan bog’liq. Bizda esa juda kerakli va muhim hisoblanadi. U sanoatda keng qo’llaniladi. Hattoki, undan etil spirti olinishi ham bor gap ( manbasi Wikipedia). Qo’shimcha ma’lumot sifatida aytish mumkinki, Sobiq Ittifoq davrida olingan film ham uning nomi bilan bog’liq ( Toshkentdagi zilzila haqida).
Savol: yuqorida gap ketgan «u» nima?

Javob: «U» — terak.
Izoh sifatida aytish mnki, lotinchada terak «populus» («xalq») deb aytiladi. Shuningdek, u yog’och, mebel, qog’oz va etil spirti, chorva un ozuqa olish un foydalaniladi. Toshkent zilzilasi haqidagi kinofilm esa «13 terak ko’chasi» deb nomlanadi (1969-70)

5399. Yangi Zelandiya regbi jamoasi har o’yindan oldin bajaradigan an’anaviy raqsni oxirida BU ISHNI qiladi. BU ISH papuaslarning milliy raqsini asosiy tarkibiga kiradi. Sal kam yuz yil oldin Nobel mukofoti sovrindori  BU ISHNI qilganini hammamiz yaxshi bilamiz. BU ISHni toping?
Javob: Bu Eynshtenni mashhur tilini chiqargan surati edi, narigilar ham shunday qilishar ekan

5400. U «O’z ishi» bilan shug’illanganda xotini doim «Iltimos uyimizdagi narsalarni sindirmang» deydi. 
Savol: U kim?

Javob: Ip Man.
Ip Man haqidagi filmlarda u o’z uyida jang qilmoqchi bo’lsa xotini doim qimmat baho jihozlarni yig’ishtirib yuradi. Ip Man Brus Lini ustozi