78-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7701. AQSh qonunlariga ko’ra xattoki qopqon orqali sichqon tutish uchun ham sizda o’sha narsa bo’lishi zarur ekan. U nima narsa?
Javob: Ovchilik Guvohnomasi

7702. Yuliy Sezar 2 oy mobaynida bir kemaga tushib qoladi. Kema a’zolarini u uxlagach baqir-chaqir qilishlariga yo’l qo’ymaydi. Xatto ularni gimnastika usullariga o’rgatadi. Ma’lum vaqt ularni to’plab va’zxonlik qilib she’rlar ham o’qib berardi. U yotgan xona oldidan ekipaj a’zolari oyoq uchida yurishardi. Hurmatli bilimdonlar, Yuliy Sezar qanday kemaga tushib qolgan?
Javob: Bular dengiz qaroqchilari edi.

7703. Shvesiyada “Kopimizm missionerlik cherkovi “ nomli hamjamiyat mavjud bo‘lib, u odamlar orasida ma’lumotlar almashinuvini erkin tarzda yo‘lga qo‘yish tarafdori hisoblanadi. Shvesiya qonunchiligi bu oqimni rasman din sifatida qabul qilgan. Hamjamiyat boshqa hamjamiyatlar singari o‘zining shiori va ramzlariga ega. Asosiy ramzi huddi In Yan tasviriga o‘xshash bo‘lib, doira ikki qora va oq qismlardan iborat. Har bir qismga 6 ta bir-biridan faqat bir simvolga farq qiladigan jumlalar yozilgan. Diqqat savol : Shu ikki jumlani yozib bering?
Javob: CTRL+C va CTRL+V
Izoh: Kompyuter klaviaturasidagi CTRL va C tugmalarini bir vaqtda bossangiz – nusxa ko‘chirish, CTRL va V tugmalari esa – nusxa ko‘chirilgan ma’lumotni joylash funksiyalarini bajaradi.

7704. Federatsiyadagi bir agentlik Ispaniyada turistlarni jalb qilish uchun reklama roliklari chiqarilgan. Unda «Keling bu o‘yinni bizda yilda 300 kun o‘ynashingiz mumkin, chunki bizda yilda 300 kun quyosh porlab turadi.» Plakatning asosiy foni chiroyli bir qizning qorda tasvirlashgan. Savol: Ular bu plakatda nimani reklama qilishmoqda?
Javob: Golf o’yinini

7705. Rossiya kanallarining birida bir necha yillar ilgari namoyish qilingan “Убойная Сила”, ya’ni “Dahshatli, qudratli kuch” serialida bir epizod bor. AQSHga xizmat safariga uchib ketayotgan ikki rus tezkor qidiruv xodimi samolyotda o‘tirishgan bo‘ladi. Shu vaqtda ko‘rinishidan afroamerikalik bo‘lgan yo‘lovchi o‘z joyiga, ya’ni illyuminator yonidagi o‘rindiqqa o‘tib olishini so‘raydi. Ma’lum vaqt o‘tgach, 2-xodim 1-xodim bergan savolga shunday javob beradi: Birinchisi biror bir yomon ish qilish oldidan, ikkinchisi esa shu yomon ishni qilib bo‘lgandan keyin qo‘llaniladi, deb yarim hazil, yarim chin tushuntiradi. Diqqat savol: Siz Birinchi va Ikkinchini to‘g‘ri ketma-ketlikda yozib bering?
Javob: Birinchi — bu inglizchadagi “Excuse me” jumlasi, Ikkinchi esa “I am sorry” jumlasi

7706. 7-sinf «Ona tili» darsligi ilovasida izohli lug‘at bor. Birinchi so‘zning ma’nosi – «oxiri, poymoni bo‘lmagan; mangu, doimiy» va oxirgi so‘zning ma’nosi – «xizmatkor». Siz esa menga o‘sha lug‘atdagi ikkita so‘zni – eng birinchisi va eng oxirgisini ayting?
Javob: Birinchi- Abadiy, oxirgisi- Chokar

7707. Janubiy Karolina shtatida istiqomat qiluvchi ayolni sud jarayonida ushbu ishni qilmaganligi uchun hibsga olishgan. Ayol qanday ishni qilmagan?
Javob: Mobil telefonni o’chirmagan

7708. Gomer «Iliada»dostonidagi 2 qo‘shiq aynan shunday nomlanadi.
Bu qadimgi yunon adabiy uslubi hisoblanadi. Bizga bu nom Savdoda va kitob sevarlar orasida keng qo‘llaniladi.
Savol 2 qo‘shiq qanday nomlanadi?

Javob: Katalog troya portiga kirib joylashgan kemalarga ularning joylashuvi katalog deyilgan.

7709. Germaniya birlashgach uning yagona poytaxti bo‘lishiga Bonn ham Berlin ham da’vogar bo‘lgan. Aslida Berlin shubxasiz birinchi da’vogar edi. Bonn va Berlin ko‘chalarida haydovchilar bilan o‘tkazilgan tekshiruvdan keyin Berlin poytaxt bo‘lishiga shubxa paydo bo‘la boshladi. Savol: Aytingchi nima komissiyani o‘ylantirib qo‘ygan?
Javob: Berlin sovetlar ta’sirida bo‘lgan. Rulni ichkilik ichib haydash
Bonnda kam bo‘lgan

7710. D. Livingston uni to’ntarib qo’yilgan ulkan sabziga o’xshatgan.
Gap nima haqda ketmoqda?

Javob: Baobab daraxti haqida

7711. Qanday daraxt mevasini «dondlar mevasi» nomi bilan atashadi?
Javob: Banan daraxti mevalari

7712. Qaysi qushlarning ichida eng uzoq umr ko’ruvchi turlaridan hisoblanadi. U 70 yilgacha umr ko’rishi mumkin. Lekin, ungacha u o’zi uchun qiyin qaror qabul qilishi kerak. 40 yoshgacha uning  uzun tirnoqlari o’tmaslashib, narsalarni ushlashga kuchi yetmay qoladi?
Javob: Burgut

7713. Fransuz kimyo – texnologi Bernar Kurtua 1811 yilda iodni ixtiro qilgan. Bunday ixtironi qilishda unga nima yorgam bergan?
Javob : sevimli mushugi

7714. Bu yerdagi oqar suvning harorati yil bo‘yi 37 gradusni tashkil etadi. Bu joy qaysi davlatda ekanligini ayting?
Javob : Italiyaning Saturniya shahrida shunday bir makon bor.

7715. Frankfurt Mayndan (Germaniya) – Nyu-Yorkka parvoz qilayotgan samolyotda yo’lovchilar X ko’rib vahima ko’tardilar. Xullas, Ispaniya aeroportlaridan biriga majburiy ravishda qo’nishga to’g’ri keldi. 200ga yaqin yo’lovchini aeroport mehmonxonasiga joylashtirib, samolyot ekipaji X tutishga tuni bilan ovora bo’lishdi, lekin buni hal qila olishmadi. Faqatgina samolyot saloniga bir nechta Y qo’yib yuborilganidan so’ng, bu muammo tez hal bo’ldi.
X va Y ni ayting

Javob: X-Sichqon Y-mushuk

7716. 1914- yil birinchi yo’lovchi tashiydigan samolyot ishga tushdi. Lekin u juda ham qisqa masofalarga yo’lovchi tashigan. Asosiy sabablarda birini nima edi?
Javob: Hojatxona muammo bo’lgan

7717. 1932 yili AQSH hududida «Сухой закон» (Quruq qonun) joriy qilingan bo‘lsada, ammo
bir katta shaharda bu qonunni buzish hollari ko‘p bora kuzatishgan. Ammo polisiya bu holatlardan ko‘z yumishga majbur bo‘lishgan.
Savol: Nima qonunni buzilishiga sabab bo‘lgan voqea qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?

Javob: Olimpiada o‘yinlari Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan

7718. Bu ota XX asrning boshida tug‘ilgan. Ota o‘zining ikkinchi farzandidan 50 yoshga katta. Eng kichik farzandidan esa 62 yosh katta. Otaning 1 va 5-farzandlarining ismi bir xil bo‘g‘indan boshlansa, 2 va 6-farzandlarining ismi bir-biridan faqat bosh harflari bilan farq qiladi. 4-farzandning ismi esa 5-farzand ismining so‘nggi bo‘g‘ini bilan bir xil talaffuz qilinadi. Sizlar menga yuqorida eslab o‘tilmagan farzandlar ichida eng mashhuri bo‘lgan 3-farzandning ismini yozib bering?
Javob: UEFA (1954 yil 15 iyunda tashkil topgan)
Izoh: FIFA 1904 yilda tashkil topgan. 1-farzand — Konmebol 1916 yil,
2 — AFK — 1954 yil,
4 – KAF — 1957 yil,
5 — Konkakaf 1961 yil,
6 – OFK — 1966 yil.

7719. U siklonlarning sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antisiklon chetlarida paydo bo‘ladi. Uni ba’zi manbalarda qasirg‘a deb ham atashadi. XX asr so‘ngida yuz bergan bir voqeaning nomida ham u bor. Hattoki, ikki jamoa bo‘lib o‘ynaladigan, har birida olti kishidan iborat ishtirokchi qatnashadigan o‘zbek milliy harakatli bolalar o‘yini ham shunday nomlanadi. Betxovenning ushbu kompozisiyasi ham aynan unga bag‘ishlangan. Uni toping?
Javob: Bo‘ron
Izoh: Bo‘ronlar siklonlarning sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antisiklon chetlarida paydo bo‘ladi. XX asr so‘ngida yuz bergan bir voqea – “Sahrodagi bo‘ron”.

7720. Bir voqeaga bag‘ishlab, AQSHda 1991 yilda 1 dollarlik kumush tangalar bosib chiqarilgan. Tanganing revers qismida o‘rtasidan gorizontal chiziq o‘tkazilgan bir hududning tasviri tushirilgan. Savol: qaysi voqeaga bag‘ishlab bu tangalar bosib chiqarilgan?
Javob: Koreya urushi tugashining 38 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan, 38-gradus paralleldan o‘tkazilgan chegara chizig‘i. Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida

7721. AQSHlik yozuvchi Vashington Irving Yevropaning bir hududiga sayohatidagi esdaliklarida bir kasb egalarining juda ham yaxshi yashashlari, o‘z ishlaridan katta foyda ko‘rishlari haqida gapirib o‘tadi. 1732-yilda tug‘ilgan fransuz va 1792 yilda tug‘ilgan italyan ham bu kasb egalarini yodga olib o‘tishadi. Oramizda bu kasb egalari xizmatidan bugun ham foydalanganlar borligi aniq. Ushbu kasb egalarini toping?
Javob: sartarosh
Izoh: Vashington Irving Andalusiyaga sayohat qilgan. Bomarshe 1775 yil “Sevilyalik sartarosh” komediyasini yozgan. Joakkino Rossini bu komediyani bastalagan

7722. Muhammad Alining “Sarbadorlar” asarida yozilishicha, asar voqealari bo‘lib o‘tgan Samarqand shahrida yilning ma’lum bir vaqtida bir oy davomida onda-sonda yosh bolalar tomonidan “badbo‘y qo‘shiqlar” deb nomlangan qo‘shiqlar kuylangan. Ammo bunday qo‘shiqlar har doim ham kuylanavermagan. Faqatgina bir holat yuz bersagina shunday qo‘shiqlar kuylangan. Gap yilning qaysi davri haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, qanday holatda bunday qo‘shiqlar kuylanganini aniq qilib yozib bering?
Javob: Ramazon oyida bolalar ramazon qo‘shiqlarini kuylashgan. Agarda uy egasi o‘z eshigini ochmasa, badbo‘y qo‘shiqlar kuylangan. Bu qo‘shiqlarda uy egasining xasisligi, cho‘loqligi, semizligi yoki shunga o‘xshash turli kamchiliklari aytilgan.

7723. 1997 yili “Moskva velopoygachilari klubi” faollarining tashbbusi bilan Rossiyaning 20 ta aholi punktlari va shaharlaridan o‘tuvchi trassadan iborat velopoyga tashkil qilinadi. Velopoyganing barcha ishtirokchilariga turli faxriy yorliqlar va esdalik nishonlari topshiriladi. Savol esa quyidagicha. Bu velopoyga trassasining umumiy uzunligi qanchaga teng edi?
Javob: 850 km.
Izoh: Bu musobaqa Moskva shahrining 850 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan. Shaharga 1147 yilda asos solingan

7724. Angliyaliklar qisqartma va abreviaturalarni xush ko‘rishadi. Ular bu odatlarini ism va familiyalarga ham tatbiq qilishadi. Misol uchun, mashhur siyosatchi Vilyam Gladstounni ular G.O.M. harflari bilan shifrovka qilishadi. Buning ma’nosi “great old man”, ya’ni “buyuk qariya”. Inglizlar yana qaysi mashhur insonni G.B.S. harflari bilan qisqartirishadi?
Javob: George Bernard Shou

7725. Hammaga ma’lumki insoniyat Odam Ato va Momo Havodan yaratilgan. Ular yer yuzida oz bo’lgani sabab shariat boshqacha bo’lgan Ya’ni boshi ochiq ayollardan faqat bittasigagina uylanish xarom bo’lgan. Albatta buni sababi bo’lgan. Savol kimga uylanish mumkin bo’lmagan ?
Javob: Faqat o’zini egizagiga uylanish mumkin bo’lmagan
Izoh Momo Havo har doim egizak tuqan ular bir o’g’il bir qiz bo’lgan

7726. Farobiy fikrni eshiting:
Alfa sanati insonga shunday qonunlar haqida ma’lumot beradiki bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog’lom fikr yurutishga o’rganadi beb aytgan
Alfa qanday sanat?

Javob: Mantiq

7727. X- bu madaniyatga taluqli bo’lgan kishilarda u yoki boshqa muhitning muayyan aqliy vositalar yig’indisi, psixologik moslamalarning mavjudligini bildiradi.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Mentalitet

7728. Bu so’z xitoychada «ven-xua» deb aytilib, «savodli bo’lmoq» ma’noni bildiradi. U so’z o’zbekchada qanday ataladi?
Javob: «Madaniyat»

7729. Mashhur fransuz aktyori, mitti jandarm roli bilan hammamizga tanish Lyui de Fyunesning “Misye Septim Restorani” nomli filmini ko‘pchilik ko‘rmagan bo‘lishi mumkin. Bu filmda jinoyat sodir bo‘lgach, qahramonlar restoran tashqarisida turib, kechki shaharga quloq solib, bahslasha ketishadi. Biri “bu re-lya, re-lya notalari” deb vohima qilsa, ikkinchisi, hotirjamlik bilan “unday emas, notalarni men ham tushunaman, bu aniq si-lya notalari“ deydi. Savol, bu kino qahramonlar qaysi 2 narsani re-lya va si-lya notalari bilan ifodalagan?

Javob: Bu serena ovozlari notalari — biri polisiya va ikkinchisi tez yordam signallari edi.

7730. AQSH haqida ko‘plab g‘aroyib statistik ma’lumotlarni eshitib qolamiz. Masalan, shulardan birini eshiting. Pentagon so‘ngi 15 yil ichida aynan shunday loyihalar uchun 32 milliard AQSH dollari sarflagan ekan. Qanday loyihalarga degan savolimga aniq javob talab qilaman?
Javob: Tugallanmagan loyihalarga. Oxiriga yetkazilmasdan to‘xtatilgan degan javoblar ham qabul qilinadi.

7731. Savolda Gruziya va Jorjiya so‘zlari boshqa so‘zlar o‘rnida kelgan.
Rossiya tarixida nagayeslarninig o‘z o‘rni bor. Ko‘chmanchi nagayeslarni Ivan Grozniy kuch bilan cho‘qintirgan bo‘lsa, Anna Ioanovna davrida ular Rus armiyasiga qo‘shib olingan. Ular uzoq vaqt rus armiyasida xizmat qilishadi. 1842 yilda esa o‘z yerlariga qaytib, u yerda “Gruziya”ni barpo etishadi. Janubiy Uralda joylashgan bu qishloqda 2005 yil 50 metrlik aloqa minorasi qurildi. Qurilish vaqtida quruvchilar bir necha bor g‘arbdagi Jorjiyaga ham qatnashgan. Diqqat savol: Gruziya va Jorjiya so‘zlari qaysi so‘zlar bilan almashtirilgan?

Javob: Birinchi holda bu Parij qishlog‘i, ikkinchi holda esa Fransiya poytaxti. Nagayeslar rus armiyasi safida Parijgacha yetib borishgan. 1842 yilda esa Parij qishlog‘ini barpo etishgan. 50 metrlik aloqa minorasi esa Eyfel minorasiga o‘xshab qurilgan.

7732. 1930 yillarda “Hormel” korporatsiyasi dudlangan cho‘chqa go‘shti bozorida yetakchilik qilar edi. Hatto shunga ham yetib borganki, ular keragidan ortiq konservalar ishlab chiqarib yuborishgan. Konservalar sotilmay, muddati o‘tib boravergan. Kasodga uchramaslik uchun kompaniya Pentagon bilan shartnoma tuzadi, biroq na flot, na armiya buncha ko‘p miqdorda konservalarni iste’mol qila olmas edi. Shu sababdan, “Hormel” katta savdo aksiyasini boshlaydi. Endi konservalarni har yerda, har joyda ko‘rish mumkin edi. Diqqat savol: Konservalar qaysi savdo belgisi ostida sotilgan?
Javob: SPAM.
Inglizcha, dudlangan cho‘chga go‘shti Spiced Ham deb nomlanadi. Birinchi so‘zning birinchi ikki harflari va ikkinchi so‘zning ohirgi ikki harflari qo‘shilishidan savdo belgisi nomi kelib chiqqan. Keyinchalik, inson roziligisiz yuboriladigan reklamalar Spam deb nomlana boshlandi.

7733. Firdavsiy o‘zining shoh asari «Shohnomani» yozib tugatgach Sulton Mahmud Gʻaznaviyga taqdim etadi. Sulton Firdavsiyga ushbu asardagi she’riy satrlarning har biri uchun 1 tangadan, ya’ni 60 ming tanga berishni buyuradi. Lekin Firdavsiy ushbu pullarni shu zahotiyoq sultonga qaytarib beradi. Nima uchun?
Javob: chunki tangalar kumushdan edi, Firdavsiy esa tilla tangalar berilishini kutgandi.

7734. Uyg‘onish davrida boshqa fanlar qatori tibbiyot ham rivojlandi. Shu bilan bir qatorda moʻjizakor ta’sir ko‘rsatuvchi turli-tuman eliksirlarni odamlarga taklif etuvchi firibgarlar ham paydo bo‘ldiki, ular hozirgacha o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Fan eng ko‘p rivojlangan mamlakat Italiya bo‘lganligi uchun bularning ko‘pchiligi aynan Italiyada paydo bo‘lgan. Mamlakat janubidagi Cherreto shaharchasi tibbiyot sohasidagi qalloblarni tayyorlash markazi bo‘lib bo‘lib qoldi. XVII asrning boshlarida Cherreto shahridan chiqqanlar o‘z faoliyatlarini butun Italiya bo‘ylab yoyishdi. “Cherretoda tug‘ilgan” yoki “Cherretolik” degan so‘zning o‘zi ularning kasbini bildirar edi. Bu kasb egalarining asosiy qonuni shunday edi: raqobatda kimning dorisi yaxshi bo‘lsa emas, balki o‘z tovarini kim yaxshi reklama qilsa o‘sha g‘olib bo‘ladi. Savol: Siz menga Cherretolik so‘zining fransuzcha transformatsiyasini ayting?
Javob: Sharlatan

7735. Qisqa_savollar_3taligi
1.Rossiyada 2008-yil qanday yil deb e’lon qilingan?
2.»Chog’ir va Bang munozarasi» , «Daxnoma» asarlari muallifi kim?
3.»Qubbatul ilm va adab» nomi bilan mashhur bo’lgan shahar?

Javoblar:
1.Oila yili
2.Yusuf Amiriy
3.Shahrisabz

7736. Arab yurtlariga Islom dini yoyilishida Hazrati Umar r.a juda kata ishlarni amalga oshiradi. Umar xalifalik vaqtida Quddus shahri buysundiriladi. Quddus shahrini boshliqlari shahar kalitini faqat Umarni o’ziga topshiramiz o’zi kelsin deb talab qilishadi. Umar rozi bo’ladi va Quddusga keladi shahar darvozasidan shoxlar kabi kelmasdan balki umuman boshqa ko’rinishda kirib keladi. Shunda Quddus shahrini boshliqlari uni tanishadi va bizdagi bashoratlarga ko’ra Quddusni faqat shu ko’rinishda kelgan odamgina qo’lga kirtishi mumkin ekanligi aytilgan edi deyishadi va unga kalitni topshirishadi.
Savol Umar qay holatda shaharga kirib keladi?

Javob: Umar xabarni eshitib faqat bitta xizmatkori va bitta tuya bilan yo’lga tushadi va galma gal minib kelishadi Quddusga kirib kelishda xizmatkorni gali keladi shunda Umar tuyani yetalab kiradi tuya ustida xizmatkori bo’ladi.

7737. Kentukki shtatida istiqomat qiluvchi Baumer Grin, Oq uy jalyuzilarining odatdagidek yarim ochiq emas balki tushirib qo‘yilganligini ko‘rib qolgan. Ushbu voqea natijasida, 3 ta inson hibsga olinib, ularga aynan shunday ayblov qo‘yilgan. Qanday ayblov qo‘yilgan edi?
Javob: pullarni qalbakilashtirish.
Izoh: ayol AQSH dollarida tasvirlangan Oq uy rasmidagi o‘zgarishlarga e’tibor bergan.

7738. Topishmoq.
Qiya-qiya yerlarda 
Qiyma juvon o‘tirar. 
Dakanasin dol qo‘yib, 
Tolma juvon o‘tirar.

Javob: Jo’xori

7739. XIX asrdan boshlab gazetalar orasida raqobat kuchaya boshlagan. Angliyadagi bir gazeta bu ishni birinchilardan boshlagan edi. Shu qadar gazeta ommalashib ketdiki, gazeta sotuvga chiqmasdanoq nashriyotdayok 2-3 xissaga sotilib ketardi. Bir yil davomida gazeta bunday shon-shuxratga ko’milib yurdi. Fransiyadagi gazeta muxarrirlari burnilarini tishlab qashishdi. Savol: inglizlar Fransiyani nimada
lol qoldirishdi?

Javob: O’sha voqeadan keyin A. Dyumani fransuz xalqining dushmani deb atay boshlashdi. Chunki u Graf monte Kristo asarini oqshomgi ekspress gazetasiga sotgan edi. Ular bir yil asarni gazetada chop ettirgan. Kitob olish qimmat bo’lgan. Shu tufayli gazetani ko’pchilik ololgan

7740. Buyuk Zevs Uning yordamida qanotli Pegas ustida Olimpga chiqayotgan Bellerafontni to‘xtatgan, yovuz Gera Uning yordamida Ioni azoblagan. XIX asr so‘ngida U bir inglizga shuhrat olib kelgan. Inglizni ayting?
Javob: Etel Lilian Voynich.
Izoh: “So‘na” asar nomi, So‘na – parazitar hasharot.

7741. Bir yumoristik asarda yozilishicha, BU jonivorning go‘shti va terisini olishning eng zararsiz yo‘li bor ekan. BU aynan SHU jonivorda, UNING bir yaqin qarindoshida bor xususiyatni rivojlantirish ekan. Menga xususiyatni aytib bering?
Javob: Dum tashlash. AUTOTOMIYA.
Izoh: Shundagina Timsohga zarar keltirmasdan, ularning go‘shtini iste’mol qilish, terisini esa bemalol ishlatish mumkin bo‘lardi. Timsohning yaqin qarindoshi esa kaltakesak.

7742. Uning o‘limining sababi kuchli charchoq bo‘lgan va u Mavzoleyda dafn qilingan. Uning keng peshonasi esa uning qobiliyatidan dalolat bergan. Uning iqtidori esa 12 ta talantga tenglashtirilgan. U faqat bir inson oldida boshini eggan. Sizlar u kimning oldida bosh egganligini yozib bering?
Javob: Aleksandr Makedonskiy
Izoh: Gap uning oti Butsefal haqida borayotgandi.

7743. Bir kuni mashhur yozuvchi Mixail Lermontov Kavkazdagi xizmati davomida o‘zining uch xizmatdoshi bilan sayohatga yo‘l oladi. Yo‘lda sodir bo‘lgan voqeani eslab adabiyotshunos Pavel Fokin bir asarning boshidagi voqealarni eslaydi. Qaysi asar?
Javob: “Uch mushketyor”

7744. Dubaydagi «Burj Al Arab» mehmonxonasining eng arzon xonasida mehmon bo’lmoqchi bo’lsangiz, X yevro to’lashingizga to’g’ri keladi. Agar cho’ntagingiz baquvvatroq bo’lsa, bemalol barcha qulayliklarga ega bo’lgan xonani ijaraga olishingiz mumkin. Bunday xonalarning bir kunlik narxi Y yevro turadi. Diqqat Savol X va Y o’rnidagi sonlarni ayting?
Javob: 770 va 7700 yevro

7745. 1872- yil O’zbekiston hududiga ilk bor boqish va ko’paytirish maqsadida nima olib kelingan?
Javob: Asalari

7746. 2005-yili Darem universiteti tadqiqotlariga ko’ra shu narsa ma’lum bo’ldiku, U rang insondagi raqobadoshligini oshiradi deyishgan. Shu bois qaysi soha vakillari undan ko’proq foydalanishadi.
Javobni to’liq aytilgani qabul qilinadi

Javob: qizil rang va sportchilar edi

7747. Ko’pchilik tanigan Puaroga shunday savol berishgan. Nega haligacha uylanmagansiz?: u shunday javob bergan bir sabab tufayli haligacha uylanmaganman» degan gapni aytgan.
Yordam tariqasida shuni aytishim mumkin. Bu sababga qotilliklardan keyingi xulosasi orqali
Siz sababini aniqroq ayting?

Javob: Faoliyati davomidagi 90 % jinoyatni ayollar o’z erlariga nisbatan amalga oshirishgan. Shunga haligacha uylanmaganman deb javob beradi

7748. Janubiy Koreya «Hyunday» kemasozlik konserni 1974-yildan boshlab yengil avtomobil ishlab chiqara boshladi. Firma ramzi oval ichidagi shakl o’zgartirilgan bu lotin alifbosidagi qaysi harf?
Javob: «N»

7749. Ermitaj muzeyida bir an’ana bor. Hamma direktordan tortib, farroshgacha maoshlaridan ma’lum bir miqdorini ajratishadi. Ma’lum bir fond to’plashadi. U fond bir oy mobaynida muzey uchun kerakli narsa sotib olishga ishlatiladi. Savol: muzey xodimlari bu pulga nima sotib olishadi?
Javob: Ermitajda shtatli mushuklar bor, ular muzey qo’riqchilari ularga oziq-ovqat sotib olishadi

7750. 1791 yil, sovuq dekabr kunlarining biri. Yevropadagi poytaxt shaharlarning birida motam marosimi davom etardi. Mashhur insonni so‘ngi manzilga, Avliyo Mark qabristoniga olib borishardi. Havo harorati borgan sari sovib borar, marosim qatnashchilarining hammasi ortga qaytish harakatida edi. Shunday bo‘lib chiqdiki, qabristonga yetib kelingan vaqtda marhumning oldida tobut ko‘taruvchilar va bir insondan bo‘lak hech kim qolmagan edi. Savol esa shunday: menga marhumning kimligini emas, balki qabristonda marhumning so‘nggi damlarigacha yonida qolgan sodiq insonni ayting?
Javob: Antonio Saleri
Izoh: Marhum – Motsart.

7751. Bu predmet 1949 yil tayyorlangan. 1981 yilga kelib bu predmetga qo‘shimcha kumush halqalar qo‘shilishi natijasida uning diametri 59 sm.ga yetdi, vazni esa umumiy 11 kg.ni tashkil qildi. Bu qanday predmet ekanligini so‘ramayman. Siz menga bu predmetda eng ko‘p uchraydigan ikkita yonma-yon keluvchi toponimni ayting?
Javob: Bavariya va Myunxen.
Izoh: Gap Germaniya Bundesligasi g‘olibiga beriladigan sovrin haqida ketayotgan edi. Unga g‘olib jamoa nomlari o‘yib yoziladi.

7752. Bundan bir necha yil oldin Janubiy Afrikaning Durban shahrida Jahon atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari, YUNESKO, Grinpis kabi o‘nlab sayyoramiz muhofazasiga befarq bo‘lmagan ilg‘orlar, ekologlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala Kioto protokoliga yangilik kiritish va yer shari haroratining ko‘tarilishi, atrof-muhit ifloslanishi, yovvoyi tabiatni asrash va jahon aholisini boqish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi. Bu uchrashuvlar davomida tarqatmadagi mashhur “Bizda zahira yo‘l yo‘q” iborasi 2 harf qo‘shilgan holda aytib o‘tildi. Bu o‘zgartirish bilan ibora uchrashuv mavzusiga juda mos kelar edi. Savol, siz shu qo‘shilgan 2 harfni toping?
Javob: ET harflari PLAN so‘ziga qo‘shib yozilgandi va natijada “We have no planet” — “Bizda zahira sayyora yo‘q” ma’nosi hosil bo‘ladi. Bu ekologlar uchun ayni muddao shiordir.

7753. Bir necha yillardan beri AQSH dunyoning eng yirik eksport mahsuloti yetkazib beruvchisi bo‘lib kelgan. Bu eksport mahsulotlari turli xil sohalarga tegishli. Misol uchun 2009 yil natijalari: hozirda birinchi o‘rinda 70 mlrd. dollar qiymatida yarim o‘tkazgich, elektronika mahsulotlari, 60 mlrd. dollardan ziyod harbiy texnika yetkazib berish ikkinchi yetakchi soha sanaladi. 6-o‘rinda CASE kombaynlari kabi qishloq ho‘jalik mashinalari, 8-o‘rinda 34 mlrd.ga teng mineral o‘g‘itlar eksport qilinadi. Endi siz, 7-o‘rinni tashkil etgan, 36 mlrd. qiymatga teng mahsulot turini topib yozib bering?
Javob: 2009 yilda shuncha qiymatga ega dollar kupyuralari chet el ehtiyoji uchun eksportga chiqarilgan.

7754. AQSHda chiqadigan bir jurnal yozuvchi va Artistlarga «Kimsasiz orolda qolishga to’g’ri kelsa, qanday kitobni olib ketardingiz?»- degan so’rovnomani tarqatadi. Javoblar har xil bo’ladi. Kimdir Bibliyani, yana kimdir Shekspir asarlarini afzal ko’radi. Bu savol Chestersonga berilganda, yozuvchi shunday javob qiladi: bunday vaziyatda U kitob eng yaxshisi bo’ladi.
Savol. Qanday kitob?

Javob: Kema yasash qoidalari va chizmalari keltirilgan kitob.

7755. Qirol Lyudovik XIV bolaligida aynan nima bilan shug’ulanib uning moxir ustasiga aylangan?
Javob: Moxir balet raqqosi

7756. Hindistoning Uttar pradesh shtatida 18 yoshga to’lmagan qizlarga telefondan foydalanish taqiqlangan. Bu taqiqni buzgan qizlarga qanday jazo qo’llaniladi?
Javob: 8 kun ko’cha supirtiriladi

7757. Robert Djordning kitoblaridan birida Shonchan imperiyasining urf-odatlari haqida yoziladi. Shulardan biri ularning fuqarolari bir ishni qilishlari taqiqlangan va bu ishni qilganlarga o‘lim jazosi berilgan. Bu ishni faqat imperator oilasiga tegishli bo‘lganlar qilishlari mumkin edi. Qolganlar bu ishni qilishsa, o‘zlarini imperator oilasiga tegishli qilib ko‘rsatishga urinish deb baholangan. Mashhur asarlardan birining qahramoni esa ikkita vositaning qoniqarsiz ta’siri tufayli bu ishni qilishga majbur bo‘lgan. Siz menga bu qahramonnning familiyasini ayting?

Javob: Ippolit (Kisa) Vorobyaninov
Izoh: Gap sochni qirib tashlash haqida gap ketmoqda. Imperator oilasiga tegishli kishilargagina sochni qirib olishga ruxsat berilgan. Imperiyaning obro‘li kishilariga esa sochlarini yarmigacha olishiga ruxsat berilgan. Mashhur “12 stul” asarida esa “Titanik” va “Nayada” bo‘yoqlari bilan soch bo‘yamoqchi bo‘lgan Vorobyaninovning sochini qirdirib tashlashdan boshqa iloji qolmaydi.

7758. Sirk tomoshalari juda qadimdan rivojlanib keladi. Ular odamlarni xayratlanarli tryuklar bilan odamlarni qoyil qoldirishga xarakat qilishadi. Vaqtlar o’tib odamlar bu tomoshalardan zerikib tomosha tugamasdan ketib qolish hollari kuzatila boshladi.
Sirk aktyorlari tomoshabinlar erta ketib qolmasliklari uchun qanday yo’l tutishdi?

Javob: Ular masxaraboz tomoshalarini yo’lga qo’yishgan.

7759. Uni ixtiochisi Levi Straussdir.
Asli Bavariyalik bo’lgan bu odam 1853 yili pishiq ip-gazlamadan fermerlar uchun maxsus korjoma- ish kiyimlar tayyorlaydi. U nimani ixtiro qilgan?

Javob: Djinsi shimlari

7760. Bu so’zining kelib chiqishi
turkiy tillarga borib taqaladi.
Oltoyliklar tilida u «tog’lar»,
«olmaxon» ma’nolarini anglatadi.
Qaysi so’z?

Javob: Tayga

7761. X — idrokimizning chegaralangan anglash quroli. Uning vositasida fikrlash amalga oshiriladi, lekin u tafakkur emas. U mavjud axborotni qayta ishlaydi, xolos, yangi bilim hosil qilmaydi. X-?
Javob: Mantiq

7762. U bir o’rinda shunday fikr yuritgan: agar uni o’limga mahkum etishsa va bir soatgina vaqt qolgan bo’lsa, u mana shu soatning ellik besh daqiqasini muammo yoki savolni to’giri qo’yishga sarflagan bo’llar ekan. «Chunki javobni topish uchun, — deydi U, — besh daqiqa ham yetadi»?
Javob: Albert Eynshteyn

7763. Deyl Karnegi uni gulxandagi o’xshatishini aytgan, u yana shunday degan ediki, «Kimki uni yoqsa, o’shanga issiqlik baxsh etadi. O’tin yorqin alanga berishi shu bilan birga o’chishi ham mumkin. Demak savol Karnegi nimani bu tarzda qiyoslagan?
Javob: Insondagi Qobiliyat

7764. Parlament binosida o’lish ta’qiqlangan qonun qaysi davlatda tuzilgan ?
Javob: Buyuk Britaniya

7765. Ingliz biologlarining fikricha, Britaniya trassalarida eng ko’p g’ildiraklar ostida qolib nobud bo’ladigan jonivorlar ro’yhat boshiga itlar ham mushuklar ham emas, tunda faoliyati susayadigan bir jonzotni qo’yishgan. Savol: avtomobil g’ildiraklari ostida qolib nobud bo’layotgan bu qaysi jonivor?
Javob: Tipratikon

7766. Hozirgi kunda tish tozalash vositalaring turi juda ham ko’p. Ular tishlarimiz va organizimiz uchun juda foydali va zarurdir.
Savol: Qadimgi Misr zodogonlari tish tozalash uchun nimadan foydalanishgan?

Javob: Maxsus Qullardan

7767. Ibn Sino podshoxlarni taqibidan qochib yurgan paytlarida, Ibn Sinoni tanimagan insonlarga o’zini kim deb tanishtiradi ?
Javob: Men musiqachiman degan

7768. 30 yoshida farzandidan ajralgan shafyor aka marosimlardan so’ng, yana avvalgi ishiga qayti, mashinalar turar joyiga bordi, va O’Sha yerdan 4 dona odam olib, manzil tomon harakatlandi.
Mashina tez yurmoqda edi. U yo’lovchilarga qaradi va birdaniga mashinani sekinlashtirdi va sekin
ko’zlari yoshlana boshladi. Yo’lovchilar ichida 3 ta ayol kishi bor edi. Diqqat savol shafyor kimni ko’rdi va sekin yurdi ?

Javob: Homilador ayol

7769. Chilining Rankagua shahrida birinchi Lotin Anierika Safari Lion Zoo hayvonot bog’i ishlaydi va ajablanarlisi…
Diqqat! hayvonot bog’ida boshqa hayvonot bog’lariga qaraganda qanday ajablantiradigan bo’lishi mumkin?

Javob: U yerda qafasda hayvonlar emas odamlar bo’ladi. Hayvonot bog’ kelgan tomoshabinlar maxsus qafaslarda sayohat qilishadi.

7770. Yevropada shunday o’yingohlar bor, avval pul to’lanadi keyin bemalol o’yinlardan o’ynash, va dam olish uchun imkoniyatlar bo’ladi. Lekin o’sha yerda ya’ni o’yingohlarda bir narsa pullik u narsani siz ayting?
Javob: Hojatxona

7771. Savol: «studentlar», «qadrim», «meros» hikoyalari kimning qalamiga mansub?
Javob: Pirimqul Qodirov

7772. Mashhur sayohatchi Fedor Konyuxov o’zining dengiz sayohatlari bilan mashhur. U boshqarmagan kemaning o’zi yo’q. Lekin u bizning yerlar bo’yicha sayohat qilishi uchun kema, umuman oldingilaridan ancha katta farq qiladi. U qanday «kema»?
Javob: Tuya

7773. Islom kelishidan avvalroq Makkada bir tashkilot faoliyat yuritar edi. Xuddi hozirgi zamon parlamentini esga solar edi. Bu tashkilotni maqsadi zulim ko’rganlarga yordam berish xaqqini ololmay yurganlarga xaqqini olish yo’lida o’zlarini jonini ham ayamaydigan mard zodogonlar a’zo bo’lishgan edi u tashkilotni hurmati juda yuqori bo’lganiga qaramasdan uni boshlig’i bu tashkilot hovlisini sotib yuboradi so’ng bu tashkilot ham tarqaladi hovlini sotish bilan bu tashkilotni faoliyatiga nuqta qo’yiladi
Savol bu tashkilotni nomini topgan bo’lsangiz uni hovlisi ilk bor nimani evaziga sotilganini aniq aytib bering?

Javob: Bir mesh sharob(Aroq)ga sotgan mastlikda (Dorin nadva degan tashkilot)

7774. «Jentelmen-shou» teleko’rsatuvida, «Deputatlar kashasi» nomli ovqat tayyorlashning oddiygina usulini aytib o’tishgan. Siz menga o’sha ikki mahsulotni nomini ayting. Qo’shimcha tariqasida shuni aytish mumkinki, ular bir-biriga qarindosh, ularni faqat nomi ajratib turadi, hamda mashhur fransuz uni o’zining asarida birlashtirgan?
Javob: Qizil va qora ikra.
Stendalning «Qizil va qora» asari inobatga olingan.

7775. «Волжское слово» gazetasidan: » 2 buyuk rassomlar, qimor o’yinlarga chek qo’yish maqsadida, uni sharmandalar devoriga osadilar» deb 1911-yildagi qaysi opera haqida aytilgan? Qo’shimcha qilib shuni aytish mumkun-ki, bu operaga bir necha yil ilgari mashhur film sur’atga olingan?
Javob: «Dama qarg’a» , «Пиковая дама»

7776. «Sexrli o’rmon» multserialida bir qahramon ovqatlanib olgisi keladi, lekin tayyorlagan sendvichi yurishni boshlidi. Qahramon esa «….. Sevaman» deb aytadi. Nuqtalar o’rnidagi so’zni inglizchasini ayting?
Javob: Fast Food

7777. M.Gorkiyning aytishicha alfa qaysar va kuchli hayvondek gap. Uni ustalik bilan boshqarish kerak, jilovini yaxshi tutmasang seni yengib qo’yadi. Alfa ni toping?
Javob: Ish

7778. Yaqin akaxonim bor ismi Otabek uni yoshi 35 ga borganiga qaramay. U o’z kasbiga muonan juda nozik qalb egasi. romantik o’z xissiyotlarini fantaziyasini o’z asarlarida bamisoli sevib qolgan Majnundek aks ettiradi. Ayni paytda rivojlanib borayotgan ,bu akamning kasbini bilishingiz uchun qizlar men sizlarni uchrashuvga chaqirishimga to’g’ri keladi. Ho’sh maksimal darajada aniq ayting akam qanday kasb egasi?
Javob: Barista

7779. Fransuaza Saganning “Assalom Qayg’u” asarining bosh qaxramoni bo‘lgan 17 yoshli qiz Sesil, otasining Anna ismli ayolga uylanishiga qarshi bo‘ladi. U o‘z xonasida yurarkan nikohni to‘xtatish uchun tezda har xil rejalar tuza boshlaydi va o‘z holatini UNGA o‘xshatadi. Fransuaza Sagan o‘zbek bo‘lganida Sesilni holatini UNGA emas bir hunarmandga tegishli atributga o‘xshatgan bo‘lardi. Savol: Uni toping?
Javob: Mayatnik (soat mayatnigi, mayatnikli soatlar ham ma’no jihatdan yaqinligi uchun qabul qilinadi.)
Izoh: Agar muallif o‘zbek bo‘lganida Sesilni xonada u yoqdan bu yoqqa borib kelib yurgan holatini bo‘zchining mokisiga o‘xshatgan bo‘lardi.

7780. Bobur Andijondan chiqib ketayotganida yonida bir chaqaloq bo’ladi kimni bolasi ekanligi noaniq. Chaqaloqni tashlab ketish kerak bo’ladi yo’l olis unga qaragani ayol kishi bo’lmaydi shunda Bobur bolani bir savatchaga solib Xuddi Musoni onasi Nilga oqizgandek daryoga oqizadi. bolani bir qirg’iz millatiga mansub ayol topib oladi va boqib katta qiladi. O’sha bolaning avlodi mani birinchi Murabbiyim bo’ladi .
Endi savol Bobur savatchaga bolani solib ustiga nima qo’yadi?
Yordam shu narsa tufayli u bola chiroyli qilib tarbiyalanadi.

Javob: Shoxona qimmatbaxo Kamarini ustiga yopib qo’ygan bo’ladi

7781. Bu savol ikkinchi jahon urushi davridagi bir voqea xususida. Sankt-Peterburgda Akademik Vavilov nomidagi o’simlikshunoslik instituti bor. II jahon urushi vaqtida bilasiz. Peterburg 900 kun qamalda ushlangan. Ko’pchilik institutlar, zavodlar va fabrikalar boshqa yerlarga ko’chirilgan. Ammo Vavilov nomidagi o’simlikshunoslik instituti shahardan hech qayerga ko’chirilmagan. Qamal boshlangach, biroz vaqt o’tib, institutga qorovul qo’yib yopib qo’yilgan. Hech kim kirgizilmagan va qattiq qo’riqlangan.
Savol: nima maqsadda institut yopib qo’yilgan?

Javob: Qamal vaqti qattiq ocharchilik bo’lgan. Institut ichida esa xilma-xil urug’lar, yuzlab o’simliklar va mevalar, sabzavotlar turlari saqlangan. Ochlik zo’rligidan noyob turlar yo’qolib ketmasligi uchun institut yopib qo’yilgan.

7782. O’zbekiston qaxramoni Erkin Vohidov she’rlaridan:
Bas boshimda qamchi o’ynatma!
Ko’ksimdagi
Uxlab yotgan xisni qo’zg’otma!
Xaddan oshma!
O’z boshingga o’zing yetasan,
Etlaringni
Nimta-nimta qilsam netasan!
Mashhur shoirimiz yozgan bu she’riy asar qaxramoni
kimga, qaysi kasb egalariga qarata bu xitobni qilmoqda?

Javob: Bu she’riy parcha qaxramoni yo’lbars. Sirkdagi hayvon o’rgatuvchiga bu murojaat.

7783. Savol: Tomas Edisonga maktab davrida bir savol beriladi. «Qiziqqan sohangiz?» degan savolga Edison shunday javob bergan. Qanday?
Javob: Hamma narsaga(sohaga)

7784. Makkalik sahobalar umumlashtirib «muhojirlar», madinaliklar esa «ansorlar» deyilgan. Makkalik ham, madinalik ham bo‘lmagan sahobalarning umumlashtiruvchi nomlanishi qanday bo‘lgan?
Javob: Boshqa yurtlarda tug‘ilib o‘sgan sahobai kiromlarning umumiy nomi «Axyorlar» bo‘ladi.

7785. Alloh taolo u inson haqida o‘n oltita oyat nozil qilgan. U inson kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum (r.a)

7786. Bolalar uchun ishlangan birinchi o‘zbek filmi?
Javob: 1943 yilda Yo‘ldosh A’zamov tomonidan ishlangan «Qilich» filmi.

7787. Unga onasi: «Erkaklarday kurasha olmading, mana endi ayollarday yig‘la, -degandan keyin sulton yig‘laydi, u yig‘lagan tepalik esa hozirgi kunda juda mashhur. Savol So‘z kim haqida ketyapti?
Javob: G’arnota (Grenada — Andalus)ning so‘ngi hukmdori — sulton Muhammad XII

7788. XVI asrdayoq Ispan qiroli Filipp II bu g‘oyaga ijobiy xayrixoh munosabatda edi. Lekin u bir nasoro yepiskopning «Xudoning o‘zi ajratgan narsani birlashtirish durust emas» degan fikri bilan bu g‘oyadan voz kechadi. Bu qaysi g‘oya edi? Bu g‘oya XX asrda amalga oshirildi va jahon iqtisodiyotida judayam katta ahamiyatga ega. Uning egizagi ham bor. Gap qaysi g‘oya haqida ketyapti?
Javob: Panama kanali. Egizagi Misrdagi Suvaysh kanali. Ikkalasiyam jahon iqtisodiyotida judayam katta ahamiyatga ega strategik obyektlar hisoblanadi.

7789. Abu Ali Ibn Sino aytishicha, u issiq va sovuq mijozga bo’linadi. A’zolardagi mijozlarning mutanosibligi buzilsa, kasallik kelib chiqadi. Kasallangan a’zo payti bilan qariy boshlaydi, faolligi susayadi. Inson tanasida shunday a’zo borki, unda doimo issiqlik va sovuqlik mutanosib saqlanadi. Shundan bu joy o’zgarmaydi, ya’ni ajin tushmaydi, qarimaydi. Bu joy qadimdan har bir inson uchun qadrli va ishonchli joy hisoblanadi. Savol inson tanasidagi qanday joy so’ralmoqda?
Javob: Barmoqlar uchi

7790. Buni ixtiro qilgan shaxs, yoshligidan shunday bir narsa yaratishga ahd qilgan ediki, u hech qanday qiyinchiliksiz sayohat qilishga qodir bo’lsin. U shunday ixtiro yaratganidan so’ng, unga turli xil xat-xabarlar kelishni boshladi. Xatlarda: Bu ixtiro ularning tanasiga kirib, asab tolalariga ziyon yetkazayotgani hamda uyqusini buzayotgani haqida yozilar edi. Bu ixtironi toping?
Javob: Radio

7791. Marokash davlatida birichni orden 1910 yilda ta’sis etilgan. «Xalif» ordeni deb nomlanuvchi bu nishonlar olti qirrali yulduz shaklida namoyon bo‘ladi va uning har bir qirrasiga dunyoda eng ko‘p takrorlanadigan, mashhur so‘zlar bitilgan. Savol: Orden qirralariga qaysi so‘zlar bitilgan?
Javob: Kalimai tavhid.

7792. Bir ingliz kompaniyasi maktabdagilar o’rtasida chekishga qarshi kurashish uchun «Sigaret chekma» degan shiorni bir maktab buyumiga «pastdan tepaga» qilib yozgan holatda ishlab chiqaradi. Ammo tez orada bu tadbir aks ta’sir bera boshlaydi! Diqqat savol. Bu shior qayerga joylanganini ayting?
Javob: Qalam.
Izoh:»Don’t smoke sigarettes» shiori joylangan qalam archilanaverib «Smoke sigarettes» ko’rinishiga kelib qolgan!

7793. Jaloliddin Rumiy hazratlari o’zining hikmatlaridan birida insonlar bir birlariga zarar bermay xalaqit qilmay yashashlari mumkinligini anglatadi deb o’shalarning bir birini turtmasdan harakat qilishayotganini misol qilib ko’rsatadi. Diqqat savol Rumiy hazratlari nimani nazarda tutgan?
Javob: Qor parchalari

7794. Rejalaring orasida «U» yo’q.
Ammo «U»ning rejalari orasida sen borsan.
«U»-nima?

Javob: O’lim

7795. «U ariq bo’lib dunyoga tanildi. Agar u daryo yoki dengiz bo’lganda bilmadim nimalar qilar edi» savol gap kim haqida ketyapti?
Javob: Bax.
Bach(Bax) nemischada ariq degani

7796. I.A.Karimov ilgari surgan konseptual fikrning to‘g‘ri varianti qaysi? “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon … bo‘lmaydi”
Javob: Baxt-saodat

7797. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” kimning asari?
Javob: Shavkat Mirziyoyev

7798. Donolar aytadi: Saxiylik eng oliy himmat. U o’ziga ravo ko’rgan narsani boshqalarga ham ravo ko’radi, o’zi yeyotgan luqmani boshqalarga bergisi keladi. Lekin shunday toifa borki u saxiylikni ham ortda qoldiradi. Qanday toifa(fazilat)?
Javob: Axiy. Manba: «Mahbub ul-qulub» Navoiy

7799. Xitoyning Guachshou shahrida 1300-yil avval qurilgan bu bino Tan va Sun sulolalari davrida qurilgan bo’lib 3000 kvadrat metr maydonga ega. Xitoyda bunday qadimiy va mashhur binolar soni 4 ta hisoblanadi. Bu bino 6 qismga bo’linib bulardan Galereya, qo’lyozmalar saqlash xonasi, Yog’du minorasi va tosh yodgarliklar paviloni kiradi.
Gap qaysi bino haqida ketmoqda?

Javob: Masjid

7800. Hindistonda avvallari ham sanitariya holati yaxshi bo’lmagan. Ayniqsa quduqlardagi suvni mahalliy aholi bemalol icha olsa, o’zga yurtlik muhojirlar bu suvdan kasallanishgan. 1398 yili Amir Temur Hindistonni zabt etganida, uning lashkarlari ham xuddi shu muammoga duch kelishgan. Hind diyorida ko’p uchraydigan ne’mat ularning joniga oro kiradi. Bu narsa har bir lashkarga turli xil mahsulotlarga qo’shib tarqatilgan. Bu ne’mat nima?
Javob: Limon