Hayvonlar ham zerikishi mumkin ekan.
— Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’pgina hayvonlar uzoq vaqt davomida yangi narsalarni uchratmasligi va o’ynaydigan narsalarning mavjud bo’lmasligi tufayli o’zlarini noqulay his qilishadi. Ularning xatti-harakatlari zerikkan odamga o’xshaydi.
— Hayvonlarning zerikish holatlari ko’proq maymunlarda, yirtqichlarda, shuningdek, bir qator qushlarda — korvidlarda, to’tiqushlarda namoyon bo’ladi.