Nimaga qo’l berib so’rashganimizda bizni tok uradi?

— Inson tabiatdan zaryad to’play olish qobiliyatiga ega. Zaryadlangan odam boshqa bir zaryadlangan odamga qo’l tekkazishi bilanoq ularni tok uradi.

— Bu holat, ayniqsa qishda, hamma issiq jun kiyimlarni kiyganida ko’proq yuz beradi. Chunki qishda havo quruqroq bo’ladi va bu zaryadlarning yaxshiroq to’planishiga yordam beradi.