YOQILG’I BALANSI

YOQILG’I BALANSI — mamlakat miqyosida har xil yoqilg’i turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. O’zbekiston yoqilg’i-energetika resurelarida yoqilg’i hissasi 99,2% ni tashkil qiladi (2000). 20 aык boshlarida O’zbekistonning Yoqilg’i balansida o’tin va qisman neft (oz daraja toshko’mir) asosiy o’rinni egallagan. 20 asrning 50 yillari o’rtalaridan boshlab yangi neft va gaz konlari ochildi va ishga tushirildi. Natijada Yoqilg’i balansida o’tin va ko’mir hissasi kamayib, yoqilg’i qazib olishda neft va gaz hissasi uzluksiz oshib bordi. O’zbekiston Yoqilg’i balansida tabiiy gazning yalpi miqdori 1958 yildan 1965 yilgacha 4% dan 80 % ga ortdi, neft hissasi 48,8% dan 10,5% ga, ko’mir hissasi 46,6% dan 9,2% ga, o’tin hissasi 0,6% dan 0,2% ga kamaydi. O’zbekiston Yoqilg’i balansining chiqim qismi tarkibi ham o’zgardi: yoqilg’ining katta qismi sanoat va transport ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, bir qismi aholi ehtiyojlari uchun sarflanadi. Yoqilg’idan sanoatning qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati kabi tarmoqlarida foydalaniladi. Ayniqsa sanoatda texnologiyu yoqilg’i va xom ashyo sifatida gaz ko’p ishlatiladi. O’zbekistonda 2000 yilga kelib respublikaning yoqilg’i-energetika balansi asosini gaz, neft va ko’mirni qazib olish tashkil qiladi chet mamlakatlardan AQSh va Kanada neft va gaz qazib olishda oldingi o’rinlarda turadi. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiyada asosan ko’mir qazib olinadi, lekin bu mamlakatlarda import orqali neft va gaz iste’moli birinchi o’rinda turadi. Hojiakbar Abdubekov.