Armatura fiksatorlari
Armatura fiksatorlari – armaturaning loyihaviy qolip yoki opalubkada joylashtirilishi va mahkamlanishi. Armaturalarni bunday joylashtirish va mahkamlash boshqa yo’nalishdagi (keyinchalik beton ichida qoladigan) armatura yoki beton qotgunga qadar yoxud beton qotgandan keyin sug’urib olinadigan inventor moslamalar yordamida amalga oshiriladi.