Brezent

Brezent – kanopdan to’qilgan, olov yoki suvga chidamli hamda chirishga qarshi tarkib yoxud ularning kombinatsiyalari bilan shimdirilgan zich mato. Brezentdan qurilish materiallari, vaqtinchalik konstruksiyalar, inshootlarni atmosfera yog’ingarchiliklaridan himoya qilish uchun foydalaniladi. Deraza o’rni va boshqa oraliqlar, tugallanmagan ob’yektlarda tom bitmagan uchastkalar brezent bilan yopiladi. Olovbardosh modda shimdirilgan brezent matolardan payvandhilar uchun maxsus kiyimlar va qo’lqoplar tikiladi.