Bo’yoq moyli

Bo’yoq moyli – olif moylaridagi pigmentlar va to’ldiruvchilarning suspenziyalari, moy bo’yoqlar quyuq va foydalanish uchun tayyor qilib ishlab chiqariladi. Foydalanishga tayyor bo’yoqlarda olif tarkibi 40% dan 50% gacha. Moyli bo’yoqlar qurilish konstruksiyalarini korroziyadan, yog’och elementlarni namlikdan himoya qilish hamda vaqti-vaqti bilan namlanuvchan yuzalarni bo’yash uchun ishlatiladi.