BAADE

BAADE (Baade) Uolter (Valter) (1893.24.3, Shryottingxauzen, Germaniya — 1960.25.6, Gyottingen) — nemis astronomi. 1931-58 yillarda AQShda yashagan. Andromeda galaktikasi yadrosi va unga tegishli 2 yorqin yo’ldoshning yulduz tabiatini, galaktikalarda yulduzlar to’dasining ikki tipi mavjudligini kashf etgan. O’zgaruvchan va o’ta yangi yulduzlarni tadqiq qilgan, Gidalgo va Ikar asteroidlarini ochgan.