Byudjet (mablag’)
Byudjet (mablag’) – 1) muayyan sub’yektning (oila, korxona, tashkilot, davlat va boshqalar) ma’lum vaqt uchun, odatda, bir yil uchun tuzilgan moliyaviy rejasi; 2) tashkilot faoliyatini boshqarish jarayonida qarorlar qabul qilish, rejalashtirish va nazorat qilish uchun pul va miqdoriy jihatdan shakllantirilgan tashkilot daromad va xarajatlarining calendar rejasi. Tashkilot byudjeti natura va (yoki) pul shaklida tuziladi, tashkilotning rejalashtirilgan daromadlarni olishi uchun zarur bo’lgan resurslarga ehtiyojini belgilaydi.