BABUGAN-YAYLA

BABUGAN-YAYLA— Qrim tog’larining bosh tizmasidagi eng baland tog’, Gurzuf va Alushta oralig’ida. O’rtacha balandligi 1000-1400 metr, eng baland joyi 1545 metr (Roman-kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi o’nqir-cho’nqir bo’lib ketgan. Yon bag’irlari o’rmon bilan qoplangan, tog’ tepasi toshloq va o’tloq. Yon bag’rida Qrim qo’riqxona – ov xo’jaligi joylashgan.