Gruntga o’rnatiladigan anker

Gruntga o’rnatiladigan anker – gruntning yuk ko’taruvchi qatlamlariga mahkamlanuvchi konstruksiyadan tushadigan cho’zuvchi kuchlar (yuklar)ni uzatuvchi qurilma. Anker uchta asosiy qism-boshmoq, anker tortqisi va qo’yma biriktirgich (ildiz)dan tashkil topadi. Ishlash shart-sharoitlariga ko’ra, ular doimiy ankerlarga, tirgak devorlarni mahkamlash uchun mo’ljallangan ankerlarga bo’linadi, bunday ankerlar bir vaqtning o’zida binolar yer osti elementi hisoblanadi, xandaqlar to’siqlarini vaqtinchalik mahkamlash uchun xizmat qiladi.