Damba (ko’tarma)

Damba (ko’tarma) – 1) hududni suv toshqinlaridan himoya qilish, sun’iy suv omborlari va suv oqimlarini to’sish, suv oqimini yo’nalishli og’dirish uchun mo’ljallangan gidrotexnik inshooti; 2) daryo va dengiz qirg’oq bo’yi pastliklarini suv bosishdan, kanallar o’pirilishidan, bosimli gidrotexnik inshootlarni qirg’oqlari (bosimli dambalar) bilan tutashishidan himoyalash uchun, daryo o’zanlarini rostlash, kemachilik sharoitlarini yaxshilash va suv o’tkazish, suv to’lash inshootlari ishlarini yaxshilash uchun tiklangan to’kma ko’rinishdagi gidrotexnik inshoot.