Joylashtirish (joylashuv)
Joylashtirish (joylashuv) – 1) biror narsaning joylashish tartibi; 2) kuzatuvchi tomonidan ufqning yon tomoniga nisbatan uning joylashgan joyini (tik turgan joyini), ob’yektlar va relyef elementlarining umumiy fonida ajralib turadigan belgi va harakat yo’nalishini aniqlash. Masalan: o’zakni joylashtirish, tarxda joylashtirish, yelpig’ichsimon joylashtirish, yukning joylashuvi, o’qlarning joylashuvi, to’sinning ko’ndalang joylashuvi, yonma-yon joylashuv, choklarning joylashuvi va hokazolar.