Izol

Izol – qayta ishlangan rezina va bitum, har xil to’ldiruvchilar qo’shib yasalgan asossiz gidroizolyatsiya va tom yopish materiallari. Rezina-bitum bog’lami tarkibiga, shuningdek, ishlatiladigan to’ldiruvchilarning son va sifatiga qarb izollar gidroizolyatsiya va tom yopish uchun prokat materiali shaklida, tom yopish plitalari yoki suv o’tkazmaydigan mastika ko’rinishida bo’lishi mumkin.