Tabiiy oromgoh-qo’riqxona

Tabiiy oromgoh-qo’riqxona – tabiiy holatida saqlanib qolgan odatiy yoki noyob tabiiy majmua, xo’jalik faoliyatidan butunlay chetlashtirilgan hudud yoki akvatoriya uchastkasi. U tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan, ilmiy muassasa maqomiga ega.