Yo’ldosh shahar
Yo’ldosh shahar – shahar yoki yirik korxona yaqinida joylashgan va rivojlanayotgan, lekin shahar yoki yirik korxonadan 30 km.dan uzoq bo’lmagan va u bilan yagona iqtisodiy va demografik tizimni tashkil etuvchi shahar yoki shahar tipidagi aholi punkti. Ma’lum bir markaz atrofida yo’ldosh shaharlar bo’lishi aglomeratsiya, shakllanishiga olib keladi.