Yo’riqnoma (qo’llanma)
Yo’riqnoma (qo’llanma) – 1) biror vazifani amalga oshirish yoki bajarish tartibi va usulini belgilaydigan qoidalar, ko’rsatmalar yoki yo’riqnomalarni o’z ichiga olgan hujjat; 2) investitsion jarayonning hamma ishtirokchilari uchun rioya etish majburiy bo’lgan loyihalash va qurilishni amalga oshirishning tartib va usullarini o’rnatuvchi ko’rsatmalar, qoidalar yig’indisi; 3) qurilish me’yorlari va qoidalari tizimidagi me’yor va normalarni o’rnatuvchi respublikaviy va idoraviy me’yoriy hujjatlar. Masalan: xizmat yo’riqnomasi, ishlab chiqarish qo’llanmasi.