Keramzitli shag’al

Keramzitli shag’al – g’ovaklari va yacheykali ichki strukturaga ega bo’lgan yengil material. Keramzitli shag’al yuqori haroratda tez qizdirish vaqtida bo’rtish xossasiga ega bo’lgan, oson eriydigan gilli jinsni pishirish yo’li bilan tayyorlanadi. Bu material yengil beton olish uchun sun’iy g’ovakli to’ldiruvchilar ichida eng samarali to’ldiruvchi hisoblanadi. Shuningdek, undan sochiluvchan issiqlik izolyatsiyalovchi material sifatida ham foydalanish mumkin.