BAYQONUR

BAYQONUR, Boyqo’ng’ir — jahondagi yirik kosmodromlardan biri. Qozog’iston Respublikasining Qarag’anda viloyatida joylashgan. 1955 yil asos solingan. Keng miqyosdagi kosmik tadqiqotlar dasturlarini amalga oshirishga mo’ljallangan. Bayqonur trassasida uchirish inshootlari, texnika istehkomlari va o’lchash punktlari qurilgan. Bayqonurdan dunyoda birinchi yerning sun’iy yo’ldoshi uchirildi (1957), jahonda birinchi kosmonavt — Yu. A. Gagarin (1961) va keyingi barcha kosmonavtlar kosmosga parvoz qildilar. Bayqonurdan boshqariladigan kosmik kemalar («Vostok», «Vosxod», «Soyuz»), orbital stansiyalar («Salyut», «Mir»), raketakosmik tizim «energiya» — «bo’ron», kosmik stansiyalar va oy, Venera, Galley kometasi, Marsga ham turli raketalar uchirildi.