Koper

Koper – yuk ko’taruvchi (yoki tortuvchi) yordamida qoziqni ko’tarish, qoqish nuqtasiga o’rnatish, sozlash, yerga kiritish (yoki uni chiqarib olish) uchun mo’ljallangan qurilish mashinasi. Masalan: minorali koper, zanjir g’ildirakli koper, maydalagich koper, g’ildirakli koper, rafaqli koper, mexanik koper, bug’ yordamida ishlovchi koper, buriluvchi koper, temir izli koper, dastaki koper, o’zi yurar koper va hokazolar.