BAKTERIOLIZINLAR
BAKTERIOLIZINLAR — bakteriyalar hujayralarining yemirilishiga (bakterioliz) olib keladigan biologik moddalar. Odam va hayvonlar organizmida Bakteriolizinlar antitelolar hamda komplementlardan tashkil topgan. Antitelolar (spetsifik Bakteriolizinlar) immun zardobda bo’lib, faqat ma’lum mikroorganizmlarga ta’sir etadi. Komplementlar (nospesifik Bakteriolizinlar) normal va immun zardoblarda bo’ladi. Bakteriolizinlar hujayra yuzasida o’zgarishlar paydo qilib, komplementlar esa uni eritadi.