BAKTERIOSTATIK MODDALAR
BAKTERIOSTATIK MODDALAR (bakteriyalar va Yunoncha stasis — bir joyda turish, to’xtab qolish), bakteriostatiklar — bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarning o’sishi va rivojlanishini to’xtatib qo’yadigan moddalar. Antibiotiklar, og’ir metallarning ionlari (Ag/ Au3, Hg2, Cu2), ximioterapevtik vositalar (sulfanilamid preparatlar, margimush preparatlari) va boshqa Bakteriostatik moddalardir. Ular kuchi ta’sir etayotgan moddaning kontsentrasiyasiga bog’liq. Kam kontsentrasiyali bakterisid moddalar ham bakteriyalarning ko’payishini to’xtatadi. Bakteriostatik moddalar tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.