BALANTIDIUM

BALANTIDIUM (Balantidium) — teng kiprikli infuzoriyalar turkumining avlodi. Tanasi oval, loviyasimon, yumaloq shaklda, sirtdan mayda, bir xil uzunlikdagi kipriklar bilan qoplangan. Kipriklari harakatlanish va ozig’ini haydash vazifasini bajaradi. Tanasining uzunligi 40 — 150 mkm, eni 20 — 70 mkm, 30 dan ortiq turi bor. Bir qancha umurtqasizlar va ko’pchilik umurtqalilar (kalamush, cho’chqa, odamsimon maymunlar) hamda odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Cho’chqa va odamlarning yo’g’on ichagida parazitlik qiladigan V. yug’on ichak to’qimalarini emirib, eritrositlar bilan oziqlanadi, ichakni yallig’lantirib, xavfli — qonli ichburug’ kasalligini paydo qiladi. Balantidum tsistalari hayvonlar go’ngi orqali tashqariga chiqariladi. Balantidum bilan zararlangan kishi bu parazitni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin. Cho’chqalar va cho’chqaboqarlar orasida ayniqsa ko’p uchraydi.