BALLASTER
BALLASTER — temir yo’l izlarini ballast ustiga ko’tarib qo’yuvchi, ballastni sidirib tashlovchi mashina. Lokomotiv harakatlantiradi. Uch xili mavjud: 1) elektromagnit ko’targichli elektr Ballaster; 2) rolikli pnevmatik Ballaster; 3) rolikli mexanik Ballaster. Eng qulay va afzali elektr Ballaster dir. Temir yo’l qurish ishlarini ancha yengillashtiradi, ish unumdorligini oshiradi.