BALLON

BALLON (Fransuzcha ballon; italyancha pallone — koptok) — gaz o’tkazmaydigan qobiq; nimaga ishlatilishiga qarab, metall, polimerlar, gazlamalar, shisha va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Masalan, avtomobil Balloni (kamera), elektrvakuum asbob Balloni, gazlar saqlanadigan va tashiladigan Ballon (idish).