BALUJ TILI
BALUJ TILI — baluj (Balach, Baluch) xalqi tili. 5,7 millionga yaqin kishi so’zlashadi. Ular Pokiston (2 millionga yaqin), Eron, Afg’oniston, Hindiston, O’rta Osiyoda — Mari (Turkmanistan), Ko’lob (Tojikiston) da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shimoliy-g’arbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (g’arbiy, Sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tilida sirg’aluvchi, qo’shaloq, tserebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tilida 4 kelishik, 2 nisbat, 4 mayl, 10 ga yaqin zamon bo’lib, ba’zi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yo’q. Lug’at tarkibida fors, urdu, Arab, turkiy so’zlar mavjud.