BALXOB

BALXOB, Balx (yuqori oqimida — Dorag’az yoki bandi Amir) — Afg’oniston shimoldagi daryo. Uzunligi 450 kilometr. G’arbiy Hindukush tog’laridan boshlanadi. Baqtriya tekisligiga chiqqach, bir necha tarmoqqa bo’linadi va Amudaryoga etmasdan qumga singib ketadi. Balxob deltasida Mozori Sharif, Vazirobod (Balx) va boshqa vohalar bor.