BALZAMLI O’SIMLIKLAR
BALZAMLI O’SIMLIKLAR — tanasida balzam bo’ladigan o’simliklar. Asosan issiq va mo’tadil iqlimli mamlakatlarda, qisman shimol va o’rtacha kengliklarda tarqalgan. Balzamli o’simliklarning miroksilon pereiray (myroxylon pereirae), toluifera balzamum (Toyifera balsamum) va kopaifera (Copaifera) kabi turlari juda mashhur. Mikroksilon pereiray San-Salvadorda va Markaziy Amerikada yovvoyi holda o’sadi, Shrilanka orolida esa ekib o’stiriladi. Undan Peru balzami olinadi. Toluifera Kolumbiya va Venesuelada tarqalgan; undan tolu balzami olinadi. Kopaifera Janubiy Amerikaning issiq mintaqalarida tarqalgan. Undan kopay balzami olinadi. Suriyada uchraydigan likvidambar yoki stiraks (Liqudambar orientalis) daraxtidan xushbo’y suyuq balzam — stiraks olinadi. O’rta dengizning Yevropa sohilida o’sadigan stirakslarga mansub buta (Stira officinalis) ning chekimliklarni xushbo’y qilishda ishlatiladigan hamda diniy marosimlarda tutatiladigan xushbo’y smola olinadi.