Ofikaltsit
Ofikaltsit – forsterit yangi mahsullari gidratatsiyasida yuzaga keladigan, chuqurchalar, dog’lar va paraserpentin chiziqli yoriqlariga ega bo’lgan kontaktlimetamorfik dolomitli ohaktosh. Ofikaltsit tarkibida ba’zan yashil shpinel, flogopit, brusitlar ham uchraydi. Ofikaltsi asbestli paraserpentinlar va aspagash turidagi xrizotilasbest konlarini qidirib topishda ularni payqash alomati sifatida xizmat qiladi.