Pergamin

Pergamin – yupqa kartonni yumshoq neft bitumi bilan shimdirish va bunda ortiqcha bitumni siqib chiqarish yo’li bilan olinadigan tom yopish va gidroizolyatsion material. Pergamindan tom izolyatsion qoplamalari pastki qatlamlarining qismlarini mustahkamlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Pergamin tom yopishtirilgan izolyatsion qoplamalarning pastki qatlamlarini mustahkamlovchi qismi hisoblanadi.