BANDZELADZE NODAR AMBROSEVICH
BANDZELADZE NODAR AMBROSEVICH (1937.10.11, Gruziya) — haykaltarosh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1987). Tbilisi BA da ta’lim olgan (1958— 63). 1963 yildan Samarqandda. Ijodini metallga zarb berib, bo’rtma tasvirlar ishlash bilan boshlagan («Samarqandlik rassom ayol», 1964), gips, toshdan haykallar ham ishlagan: «Nasriddinni tinglamoqdalar» (babbit, 1975); «Suv keldi» (gips), «Onalik» (tosh), «Uyqudagi bola» (tosh) — hammasi 1980; xirurg, professor. Zokirov portreti (bronza, 1980), «Egizaklar» (tosh, 1983), «Mirsharapov ot ustida» (mis, 1984), «Motam» (tosh, 1984) va boshqalar. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).