Slyuda (moy, surtma)

Slyuda (moy, surtma) – jins hosil qiluvchi minerallar, kaliy, magniy, temir, litiy, natriy alyumosilikatlarning keng tarqalgan guruhi. Slyudalarning asosiy mineralli turlari-muskovit, flogopit va biotit. Alohida kichik guruhini litiyli slyudalar (lepidolit va hokazolar) tashkil etadi. Yuqori dielektrik xossa va termik bardoshlikka ega bo’lgan yupqa plastinalar yoki tangasimon bo’laklarga yengil parchalanadi. Shu sababli slyudalar texnika sohasida keng qo’llaniladi. Masalan: zanglashga qarshi moylash, asfalt moyi, bitumkonifolli surt, loyli surtma, ohakli surtma, moyli surtma, bo’rli surtma, davriy moylash, polipni moylash va hokazolar.