Smalta
Smalta – katta bo’lmagan (hajmi 1-2 sm3 bo’lgan) kubik va plastinka ko’rinishidagi rangli noshaffof shisha, undan mozaykali ishlarni bajarishda foydalaniladi. Smalta bo’yalib, so’ndirilgan (ba’zan qo’shimcha kristallashtirilgan) shishani (eritishda) quyish yoki presslash yoxud orasiga yupqa rangli folga qo’yilgan ikkita qatlamni issiq holatda presslash bilan olinadi.