Sinch (karkas, qobirg’a, asos)

Sinch (karkas, qobirg’a, asos) – 1) bir-biri bilan biriktirilgan o’zaklar, ustunlar va to’sinlardan tarkib topgan, binoning yuk ko’taruvchi qovurg’asi; 2) bino (uy-joy)ning o’zaro mahkamlaydigan yog’ochlardan iborat negizi (qobirg’asi). Bino mustahkamligi, turg’unligi, ko’pga chidamliligini oshiradi va shaklini belgilaydi. Sinchlarning tagsinch, ustun, xovon, tepasinch, bachki va boshqa qismlari bor. Og’irlik tushuvchi tashqi devor-qo’shsinch, ichki devor to’siqlari yakka sinch bilan o’yiq va tirnoqlar yordamida biriktiriladi. Sinchlar orasiga g’isht guvala boshqalar urib devor hosil qilinadi.