Tortib bajariladigan shift

Tortib bajariladigan shift – maxsus karkasga tortiladigan yupqa plyonka yoki matodan iborat bo’lgan shift bo’lib, bu plyonka yoki mato devor perimetri yoki bazaviy shift bo’yicha mahkamlanadi. Tortma shiftlarni istalgan konfiguratsiyadagi xonalarga, har xil qiyalikda va turli tekislikdan boshqasiga keskin va bir tekis o’tkazish mumkin, gumbaz chodir shaklini yaratish imkoni mavjud va hokazolar. Osma shiftlar ranglarning keng gammasiga ega, har xil yoritish priborlarini o’rnatish, ventilyatsiya, signalizatsiya va yong’inga qarshi xavfsizlik tizimini qo’llash imkonini beradi.

Добавить комментарий