Havoza (so’ri, taxta supa)

Havoza (so’ri, taxta supa) – bino qurilishi, ta’miri davomida foydalanish uchun tayyorlangan yog’och yoki metalldan yasalgan muvaqqat qurilma. Bino bitgandan keyin havoza yig’ishtirib olinadi. Xalq ustalari g’isht terish davomida devor orasiga ko’ndalang qator qalama yog’ochlar qo’yib, ular ustiga taxtachalar tashlab, havoza sifatida foydalanishgan. Masalan: osma havoza, suriluvchi yig’ma havoza, uzayuvchan so’ri, pardozlash havozasi, po’lat quvurli havoza, chorpoyali havoza, tayanchli havoza, ko’chma havoza, ko’chma so’ri, osma taxta supa, ko’tarma havoza, suriluvchan tirgovuchli havoza, oshiq-moshiqli panel havoza, osma havoza, suriluvchi havoza, osma to’sinli havoza, narvonli havoza, tiklash ishlari havozasi, tayanch havozasi va hokazolar.