BARKAROLA
BARKAROLA (italyancha barca — qayiq) — 1) Venetsiya qayiqchilarining ko’proq badiha yo’li bilan bir maromda aytadigan qo’shig’i; 2) lirik kuyli 6/8 yoki 12/8 o’lchovli musiqa asari (odatda romans yoki fortepiano uchun pesa): Shubert va Glinkaning ovoz va fortepiano uchun Barkarolalari, Shopen, Mendelson-Bartoldi, Chaykovskiy, Raxmaninov fortepiano Barkarolalari va boshqa operalarda ham Barkarolalar uchraydi (ober, «Portichilik gung»; Rossini, «Vilgelm Tell»; Offenbax, «Gofman ertaklari» va boshqalar).
O‘xshash so‘zlar
- BARKASH
- BARKASHLI MAXDIY
- BARKGAUZEN EFFEKTI
- BARKISIMETO
- BARKLA
- BARKLAY-DE-TOLLI MIXAIL BOGDANOVICH
- BARLOS
- BARMAKIYLAR





