BARIONLAR
BARIONLAR (Yunoncha barus — og’ir) — massasi proton massasidan kichik bo’lmagan, barion zaryadi birga teng bo’lgan, yarim butun spinli «og’ir» elementar zarralar. Barionlar Fermi — Dirak statistikasiga bo’ysunadi. Bu guruhga nuklonlar (neytron va proton) va giperonlar kiradi. Faqat proton erkin holda turg’un bo’ladi. Boshqa barcha Barionlar barqaror emas, ular ketma-ket parchalanish yo’li bilan proton va yengil zarralarga aylanadi. Barionlar ma’lum bo’lgan barcha (kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitasion) o’zaro ta’sirlarda ishtirok etadi. Barionlar bilan bo’ladigan har qanday jarayonlarda barion zaryadining saqlanish qonunlari, ya’ni barionlar va antibarionlar sonlari farqi o’zgarishsiz qoladi. Barcha barionlar uchun barion zaryadi (soni) 1 ga, antibarionlar uchun — 1 ga teng. Barionlar maftunlik, g’alatilik, go’zallik va boshqa kvant sonlar bilan tavsiflanadi.