Abu Ayyub Ansoriy

Abu Ayyub Ansoriy – to’liq ismi Xolid ibn Zayd Qulayb ibn Sa’laba [576, Madina-672 (hijriy 52), Konstantinopol] sahoba. Najjor qabilasidan. Islomni Muhammad (s.a.v) hijrat qilmaslaridan avval qabul qilgan, birinchi va ikkinchi Aqaba bay’atlarida ishtirok etgan. Badr, Uhud, Xandaq va boshqa janglarda qatnashgan. Madinada masjid bitgunga qadar 7 oy davomida Muhammad (s.a.v.) uning uyida yashaganlar. Ilk o’rta xalifa va Muoviya I xalifaligini ko’rgan. Ali (k.v.) davrida Siffin, Jamal janglarida ishtirok etgan. Konstantinopol sari otlanganda yo’lda mazasi qochib, Yazid ibn Ayyub (r.a.)ning “Nima istagingiz bor?” degan savoliga askarlar bilan birga ketishini aytgan va jasadi dushman yeriga dafn etilishini vasiyat qilgan. Usmonlilar sultoni Mehmed II Fotih davrida (1458) qabri ustiga masjid qurilgan.