BARKGAUZEN EFFEKTI
BARKGAUZEN EFFEKTI — tashqi sharoit (masalan, magnit maydoni) uzluksiz o’zgarganida ferromagnitlar magnitlanganligining sakrashsimon o’zgarishi. Nemis fizigi G. Barkgauzen 1919 yilda kashf qilgan. Ferromagnetiklarda har xil moddalar aralashmalari bo’lgani uchun (begona aralashmalar, dislokatsiya, qoldiq mexanik kuchlanishlar va hokazolar tufayli) Barkashli effekti ro’y beradi, bular esa jismning magnit strukturasiga ta’sir qiladi. Bu effekt har xil tashqi sharoit (masalan, temperatura, bosim va hokazolar) o’zgarishida kuzatiladi.