BARKLAY-DE-TOLLI MIXAIL BOGDANOVICH
BARKLAY-DE-TOLLI MIXAIL BOGDANOVICH (1761 — 1818) — rus sarkardasi, 1812 yilgi Frantsiya-Rossiya urushining qahramoni, general feld marshal (1814), Knyaz (1815). U shotlandlar avlodidan bo’lib, Liflyandiya gubernyasida (Boltiq bo’yi) harbiy xizmatchi oilasida tug’ildi. Barklay-de-Tolli rus-turk urushida (1787 — 91), rus-shved urushlarida (1788 — 90 va 1808 — 09) qatnashdi; u, ayniqsa, Frantsiyaga qarshi olib borilgan urushda (1806 — 07) shuxrat topdi. 1809 yildan Finlyandiyaga general-gubernator qilib tayinlandi; 1810 — 12 yillarda harbiy vazir. 1812 yil urushida 1-G’arbiy armiyaning qo’mondoni. Borodino jangiaya Barklay-de-Tolli markaz va o’ng qanotta qo’mondonlik qildi. M. I. Kutuzov vafot etgach (1813 yil may), Napoleon I ga qarshi kurashayotgan rus-prus armiyasiga bosh qo’mondon qilib yuborildi. Urush tugab, Rossiyaga qaytganida u yana 1-armiyaga qo’mondonlik qildi.