XVII-XIX asrning birinchi yarmida Samarqandning siyosiy tarixi

Ashtarxoniylar sulolasining birinchi qudratli xoni aslida Boqi Muhammad (1599-1605) bo’ldi. Uning o’limidan keyin ukasi Vali Muhammad bir oz (1605-1611) hukmronlik qilgan davrda ularning jiyani Imomqulixon (1611-1642) toj-taxtni egallab oldi. Vali Muhammad Eronga qochdi va u yerdan shoh qo’shinlarini boshlab keldi, ammo bu qo’shinlar tor-mor qilindi. Ko’p o’tmay, Imomqulixon qozoqlar ustidan g’alaba qozonib, Toshkentni ulardan tortib oldi. U qoraqalpoq va qalmoqlarning sardorlarini ham yengdi. Xon o’z urug’lari va feodallarning bir tomonlama sulh tuzish mayllariga ustalik bilan monelik ko’rsatdi va qattiq hokimiyat o’rnatdi. Nogiron bo’lib qolgan Imomqulixon toj-taxtdan voz kechgach, uni Nodir Muhammadxon egalladi (1642-1645). Davlatda yana nizo-janjallar boshlandi. Fitna natijasida Nodir Muhammadning o’g’li Abdulaziz (1645-1680) Buxoro taxtiga chiqdi.

Samarqand tarixi XVII asrning birinchi yarmi shahar hokimi, olchin urug’idan chiqqan o’zbek harbiy-feodal zodagonlarining yirik vakili Yalangto’sh Bahodirning faoliyati bilan bog’liqdir. U qo’shni yurtlarni talash bilan davrug’ chiqardi. Yalanto’sh juda katta boylik va 3000 tacha qulga ega edi.

Nizo-janjallardan foydalangan xivaliklar Movarounnahr tuprog’iga bir necha bor bostirib kirib, elni talashdi va asirlar olib ketishdi. Buxoroda taxtni akasidan tortib olgan Subxonquli (1680-1702) xivaliklarning bosqinlaridan foydalandi. Anushaxon (1663-1687) boshliq Xiva qo’shinlari Movarounnahrni vayron qilib, 1685 yilda Samarqandni ishg’ol qildi. Shunisi qiziqki, shahar zodagonlari Xiva xonining hokimiyatini ixtiyoriy tan olib, uning nomini tangaga zarb eta boshladi. Xivaliklar shaharning bor-budini taladi. Keyinchalik xivaliklar quvilgach, Subxonqulixon shaharga yuz qabilasidan harbiy otryad yuborib, samarqandliklardan katta tovon undirib oldi.

Subxonqulixon xivaliklar bosqinini vaqtincha to’xtatib turishga muvaffaq bo’ldi va Xiva Buxoro hokimiyatini e’tirof etdi.

Subxonqulixon hukmronligining so’nggi yillari o’zaro urushlar kuchayib ketganligi va xon hokimiyatining bo’shashib qolganligi bilan ajralib turadi. Qabilalarning markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko’tarishlarlari va o’zaro urushlari Buxoro xonini bir necha bor ularga qarshi qo’shin tortishga majbur qildi, lekin bu hamlalar ko’pincha xon lashkarlarining mag’lubiyati bilan tamom bo’lardi. Feodal urushlar keng xalq ommasiga ziyon yetkazar, ulardan faqat feodal zodagonlargina naf ko’rishardi. Bunday urushlar O’rta Osiyoning ko’chmanchi va o’troq aholisi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga ham putur yetkazardi.

1702-1711 yillarda hukmronlik qilgan Ubaydullo II amirlar qo’lida bamisoli qo’g’irchoq edi. U isyonchi vassallar bilan hadeb urushaverib, davlatni xarob qildi. Uning davrida Samarqandda bir-biriga kek saqlagan va xon qo’shinlari tarkibiga kirgan o’zbek qabilalari – nayman bilan saroy o’rtasida to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Ubaydullaxon tartib o’rnatish uchun 1709 yil may oyida qo’shin tortib keldi. U Buxoroga qaytib borganin keyin (1711yil) fitnachilar tomonidan o’ldirildi.

Feodal tarqoqligi, markaziy hokimiyatning haddan tahqari bo’shashib ketganligi, yirik feodallarning toj-taxt talashlari Ashtarxoniylar sulolasining so’nggi namoyandasi bo’lgan Abulfayzxon zamonida (1711-1747) ayniqsa avj olib ketdi. Pyotr I ning elchisi Florio Beneveni yozganidek, Abulfayzxonni xon qilib ko’tarish to’polonsiz bo’lmadi… “Fitnadan xabatr topgan Abulfayz fitnachilarining hammasini o’z huzuriga mehmonga chaqirdi va o’z navkarlariga ularni qilichdan o’tkazishni buyurdi. Taklif qilinganlarning ko’plari o’ldirildi.

1711 yilda Abulfayzxon qattiqo’l Farxodbiyni Samarqand viloyatiga hokim qilib tayinladi. 1713 yilda Samarqandda Farxodbiyning zulmiga qarshi xalq katta qo’zg’olon ko’tardi. Bu qo’zg’olonda aholining eng kambag’al tabaqalari va hunarmandlar bilan birga savdogarlar va amaldorlar ham qatnashdi. “Tarixi Abulfayzxon” degan solnomada Farxodbiy bunday ta’riflagan: … U zulm va zo’rlik ila tabaalarining uylarini istibdod o’tida yondirdi. Uning adolatsizligi daragi markaziy hukumatga yetgan bo’lsa-da, lekin u tiyin qo’yilmadi va Movarounnahrda tartibsizlik yuz berdi. 1125 (1713) yili jami sardorlar Buxoroda yig’ilib kengashdi va Farhodbiyning zulmi barcha meyordan o’tib ketdi deyishdi. Shu bahona bilan u taxtdan tushirildi va Samarqandni boshqarish Muhammad Rahimbiyga topshirildi”.

1714 yil Samarqandda yana isyon ko’tarildi. Bu safar xalq qo’zg’oloni yangi hukmdor Muhamamd Rahimbiyga qarshi qaratildi. U shafqatsizlikda Farhodbiydan qolishmasdi. Tarixchi Abdurahmon Toliyning yozishicha, Muhammad Rahimbiy va uning yordamchisi Sulton to’qsoba kenogas (shahrisabzlik) “… tinch oilalarga zulm va zo’rovonlik qila boshladi. Garchand bu hol bir necha bor markaziy hukumat axborotiga yetkazilgan bo’lsa-da, ammo haq joyida qaror topmadi. Yuri axiyri umum qo’zg’olon ko’tardi va Sulton to’qsobani Samarqanddan haydadi… Muhamamd Rahimbiy Buxoroga yo’l oldi…”

Yuqorida zikr etilgan Farhodbiy 1717 yili Samarqandning navbatdagi hokimi Nodirbiy qo’shinlarini yengib, shaharni zabt etdi. Farhodbiyning vahshiyona zulmi, zolimlik siyosati samarqandliklarning sabr kosasini to’ldirdi. 1720 yili shahar ahli qo’zg’olon qilib, Farhodbiy tag’in tushirildi. Abdurahmon Toliyning so’zlariga qaraganda Farhodbiy “… Samarqand hokimi bo’lgan kezlari… kunda eldan bo’lar-bo’lmasga pul talab qilaverdi. Yoniga xalq keldi deguncha, pul undirardi. U… Samarqandni xonavayron qilayotganidan tap tortmasdi… Xullas, u Samarqandda mustabid hokim edi…”. 1722 yilda Farhodbiy o’ldirildi.

172 yilda mang’itlar sulolasidan bo’lgan Muhammad Hakimbiy poytaxtga otaliq qilib tayinlandi. Mang’itlar hukmronligi o’zbek zodagonlarining nafsoniyatiga tegdi. O’sha yildayoq Samarqand hokimligiga mang’itlar tarafdori Ne’matulla tayinlandi. U shaharda atigi sakkiz oy hukmronlik qildi. 1721 yilda Ne’matulla o’lgandan keyin, yana mang’itlar tarafdori bo’lgan Avazbiy uning o’rnini egalladi va 1722 yil oxirigacha hukmronlik qildi.

Urug’lar o’rtasidagi kurash oqibatida 1722 yilning dekabrida kenagas Ibrohimbiy Samarqandni bosib oldi va mang’it odamlarini shafqatsiz jazoladi. Karmana hukmdori Abdulkarim, miyonqal’alik aka-uka Koppon qipchoqlar va Zarafshondagi ayrim rayonlarning isyonchi hokimlari Ibrohimbiyga qo’shildi. Hammalari Ibrohimbiyning qarindoshi – Rajab sultonni xon qilib ko’tarishga qaror qildi. Ibrohimbiy Abulfayzxonni yiqitib, sultonlar avlodidan bo’lgan Rajabni nomigagina xon qilib ko’tarmoqchi, xonlikni aslida o’zi boshqarib turmoqchi edi.

Feodallar o’rtasidagi va kenagaslarning (Ibrohimboy boshchiligida) Ashtarxoniylar (Abulfayzxon) hamda mang’itlar (Muhammad Hakimbiy boshchiligida) bilan bo’lgan urug’chilik kurashidagi soxta shaxs – Rajab sulton 1722 yil 23 dekabrda Samarqand xoni qilib saylandi. Ibrohimbiy esa “amirlar amiri” (amirul umaro) bo’lib qoldi. Rajab sultonning xon deb e’lon qilinishi va Samarqand xonligining tuzilishiga yirik feodallarning mahalliy hokimiyatga qarshi olib borgan kurashidan bir lavha deb qaramoq kerak.

1723 yilda Rajabxon Buxoroga qo’shin tortdi, Samarqand saltanatining o’rnatilishini yoqlab chiqqan bir guruh feodallar uni qo’llab-quvvatladi. Rajabxon bilan Abulfayzxon o’rtasidagi urushda dam u tomon, dam bu tomon baland kelib turdi, lekin pirovardida “… qo’zg’olonchi qo’shindagi nifoq va murosasizlik tufayli buxoroliklar g’olib chiqishdi va muxolif talonchilik qilib orttirgan hamma boyliklarini g’oliblarga qoldirib, o’zi to’zib ketdi. Bu gal ancha qo’zg’olonchi yakson qilindi, ko’pi ochlikdan qirilib ketdi”.

Mag’lubiyatga uchragan Rajabxon o’z hukmronligini tan olishni va birgalikda Abulfayzga qarshi kurashishni so’rab, ko’pgina amirlarga murofaat qildi. AYni vaqtda u dam xayr-ehsonlar va’da qildi, dam o’ch olish bilan qo’rqitdi. Ammo, Abdurahmon Toliyning fikricha, “ular bunga hech parvo qilishmadi”. Ana shu Rajabxon qozoq feodallaridan madad so’radi, ularga bosib olinadigan viloyatlardan ko’p o’lja va’da qildi. Bundan foydalangan qozoq feodallari Samarqand viloyatini taladilar va xonavayron qildilar.

Ana shu davrda chigirtkalarning yopirilishi va Darg’om to’g’onini suv yubib ketishi Samarqand va uning atrofidagi joylarning ahvolini yanada og’irlashtirdi.

Samarqandning og’ir ahvolda qolganligini Muhammad Yoquv Buxoriy “Gulshan al-mulk” kitobida shunday bayon qiladi: “Movarounnahrda ochlik paydo bo’ldi… Hamma joyda kishilar boshpanalarini tashlab, boshi oqqan tomonga tarqab ketishdi. Samarqand shahri bamisoli sahroga o’xshab qoldi…”

Rajabxon 14724 yilda ko’chmanchi oqsuyak qozoqlar ko’magi bilan Buxoroni qurshab oldi va uni uch kun talashga buyurdi.

1725 yil yozida Vobkent rayonida Abulfayzxon bilan Rajabxon qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib, bu jang Rajabxonning mag’lubiyati bilan tugadi. O’zi o’g’li bilan asir tushdi va ular Buxoro arkiga olib kelindi. Abulfayzxon ota-bolani minoradan tashlatmoqchi edi, lekin xalq “qo’liga tayoqlar olib, ularni (o’lguncha) savalashdi”.

XVIII asrning 20-yillaridagi urushlar, nizo-janjallar natijasida Samarqandning vayron bo’lishi va xarobazorga aylanishi shu qadar dahshatli ediki, odamlar 1730 yildan boshlabgina Samarqand qal’asiga qaytib kelib, o’ziga uy-joy qura boshlashdi. Ammo oradan yana o’n yil o’tgandan keyin ham shaharda aholi kame di va ko’chmanchilar qish faslida o’z mollarini Registonning huvullab qolgan madrasasida boqardi.

Eronlik istilochi Nodirshoh (1736-1747) Buxoro xonligining siyosiy tarqoqligidan foydalandi. Uning bosqinchilik yurishlari vaqtida Marv shahri aosiy tayanch bo’ldi. Nodir qo’shinlarining bostirib kelayotganligidan qo’rqqan Abulfayz 1740 yil 12 sentabrda Nodirshohning qarorgohiga kelib, uning hukmronligini tan oldi. Nodirshoh “aholini tinchlantirish uchun xonlikning turli tomonlariga ayrim otryadlarini yubordi. Bu otryadlar mahalliy aholiga ko’pgina ziyon-zahmat yetkazishdi”. Lutf Alixon boshchiligidagi 200 kishilik otryad Samarqandga yuborildi.

Xivada bo’lgan Gladishev va Muravinning bergan xabariga ko’ra, o’sha vaqtda Abu Salomxon boshchiligida “mustaqil Samarqand xonligi” mavjud edi. Abu Salomxon eronliklarning Samarqand viloyatini bosib olishlariga qarshilik ko’rsatish maqsadida Qo’qon xonligi bilan aloqa bog’lagan edi. Nodir qo’shinlari Samarqandni bosib olgandan keyin 1740 yil sentabr oyining oxirida Abu Salomxon va shaharni himoya qilgan ko’pgina kishilar yovuzlarcha o’ldirilgdi. Eronlik bosqinchilar Samarqandga yetti yil (1740-1747) hukmronlik qildi.

1753 yili Muhammad Rahim mang’it rasmiy ravishda Buxoro taxtiga o’tirdi. U mamlakat hayotini izga solishga va ayrim feodallar o’rtasidagi nizolarni bartaraf etishga harakat qildi. Markazlashgan hokimiyatni mustahkamlash uchun Muhammad Rahim kuchli armiya tuzdi va ikki yil Miyonqal’aning isyonchi feodallarga, ayniqsa kenagas, baxrin, yetti urug’ qabilalari va boshqa qabilalarning zodagonlariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Nihoyat, bularni markaziy hokimiyatga bo’ysundirdi. Shunday qilib, Buxoroda so’nggi sulolaning hukmronligi boshlandi, bu sulola 1920 yil sentabrda ro’y bergan xalq revolyutsiyasi tufayli ag’darib tashlandi. Samarqand Rossiyaga qo’shilgunga qadar (1868 yil may) Buxoro xonligi tarkibida edi.

Muhammad Rahimxon vafotidan keyin (1758) bir qator viloyatlar Buxorodan ajralib chiqdi. O’ratepa va Xo’jand hokimi Fazilbiy yuz Buxoroni ham egallash va butun mamlakatga hukmron bo’lish niyatida Jizzax, Xatirchi, Kattaqo’rg’on, Samarqandni bosib oldi.

Ammo Buxoro taxtiga chiqqan Doniyorbiy otaliq (1758-1785) 1758 yili Samarqandni qamal qildi va Samarqand amirini barcha qarindosh-urug’lari va yaqinlari bilan birga asir tushirdi. XVIII asrning 60-70-yillarida Buxoro xonligining markaziy hokimiyati Samarqand viloyatini bir necha bor o’ziga bo’ysundirdi. 70-yillarning o’rtalarida Shohmurod (Doniyorbiy otaliqning o’g’li) Samarqand noibi qilib tayinlandi.

Doniyorbiyning vafotidan keyin Shohmurod amir deb e’lon qilindi (1785-1800); ayni vaqtda u Samarqand hokimi ham edi. Shohmurod to’rtta islohot – moliyaviy, ma’muriy, sud va harbiy islohotlarni amalga oshirgan hamda ba’zi bir “shariatga zid soliqlar” ni bekor qilgan deb ko’rsatiladi. Ammo Shohmurod o’zining bosqinchilik yurishlari vaqtida ming-minglab kishilarni qirib tashladi, shahar va qishloqlarni xonavayron qildi. U ilgari xonlikka itoat qilmagan viloyatlarni ham bo’ydundirdi.

Qo’shni viloyatlarni hamda Toshkent, Jizzax, O’ratepa, Xo’jand shaharlarini bosib olish uchun XIX asrning butun birinchi yarmi davomida amir Haydar (1800-1826) vaqtida Buxoro, Qo’qon va Xiva xonliklari o’rtasida urushlar bo’lib turdi. Toj-taxt va boylik orttirish uchun kurash qonli urushlarga sabab bo’ldi. Xonlarning shasiy ginaxonliklar iko’pincha butun-butun viloyatlar aholisining taqdirini hal qilar edi.

Ana shu kurashda XIX asrning birinchi choragida kuchlar nisbati Qo’qon xonligi tomonida edi, chunki Buxoro amirligining harbiy kuchlari ochlik va 1810 yilda bo’lgan g’alayonlar (Urgut beklari, Shahrisabz hokimining o’zboshimcha harakatlari va boshqalar) natijasida bo’shashib qolgan edi, XIX asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa amir Nasrullo muntazam armiya tuzishga kirishib, to’pchilar batalonini tashkil qilganidan keyin kuchlar nisbati Buxoro amiri tomoniga o’tdi. U piyoda qo’shinlarning dastlabki muntazam armiyasini tuzdi. Bu armianing soldatlari (sarbozlar) urush vaqtida forma (qizil kamzul va oq ishton) kiyib yurishar edi. 50-yillarning o’rtalariga kelib, 2,5 ming sarbozning har biri nayzali miltiq, qilich va to’pponchaga ega edi. Asir tushgan ruslar Buxorodagi muntazam qo’shinlarning dastlabki insturkorlari edi. O’zaro urushlarga Samarqand ham tortilib turdi. Amir Haydar taxtga o’tirgach, Davlatbiy qushbegini (o’zining tug’ishgan akasi Muhammad Husaynbek o’rniga) Samarqand viloyatiga hokim qilib tayinladi. Davlatboy qushbegi Samarqandni 1814 yilgacha boshqardi. Davlatbiydan keyin Samarqand viloyatiga amir Haydar safdoshlaridan to’rt kishi: Ayozbiy, Muhammadbiy, Muhammad Safarbiy, Ibrohim Dodxohlar hokim qilib tayinlandi.

Добавить комментарий