Nimaga organizmga magniy kerak va uni qayerdan topish mumkin?
-Magniy ruhiy holatni bir meʼyorda ushlab turadi, asab hujayralarini quvvat bilan taʼminlaydi. Bundan tashqari, magniy miya va asab tizimini tinchlantirish uchun javobgar boʻlgan gamma-aminoyogʻ kislotalari sintezida ham faol ishtirok etadi.
– Magniy mushaklarning meʼyoriy holatda qisqarishi va boʻshashishiga yordam beradi. Organizm magniy tanqisligiga duchor boʻlsa, mushaklarda kaltsiy hamda natriy toʻplanib qoladi, buning natijasida mushaklar boʻshashishi bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi va tananing turli sohalarida ogʻriq, tortishish holati kuzatiladi.
– Yurak-qontomir tizimi faoliyatini ragʻbatlantiradi. Yurak ritmini barqaror holatda ushlab turadi, tomirlar choʻziluvchanligini taʼminlaydi, shuningdek trombotsitlar faolligini oshirib, tromblar hosil boʻlishining oldini oladi.
- Kun endigina boshlandi, sizning esa biror ishga qoʻl urish uchun kuchingiz yo’q. Ishingizda hamisha asabiy holatda yurasiz, uyda esa bolalarning shovqinidan charchaysiz… Koʻchada virusli kasalliklar avj olgan, oʻzingizni himoya qilish uchun hamisha ehtiyot boʻlib yurishga majbursiz. Ushbu vaziyatdan nafaqat asab tizimi, balki butun organizm stress holatiga tushib qolishi tabiiy. Apatiya, asabiylik sabablaridan biri organizmdagi magniy tanqisligi boʻlishi ham mumkin.
- Shuni alohida aytib oʻtishni istardikki, magniy tanqisligi faqatgina kayfiyatga taʼsir qilmaydi. U organizmdagi koʻplab jarayonlarga – asab impulslarining uzatilishi, qonning suyuqlik darajasi, yurak-qontomir tizimi kasalliklari, foydali moddalarning organizm tomonidan singdirilishi uchun ham javob beradi.