BAG’DODI

BAG’DODI — 1) yaxlit taxtalardan yasaladigan eng qadimgi eshik turi. Bu eshik qo’sh tabaqali bo’lib, tabaqalarining har birida uchtadan dila bo’ladi, shundan dilali eshik deb ham ataladi. Dilalar handasiy o’yma naqshlar bilan bezatiladi. O’zbekiston va Tojikistonda mayda taxtachalardan yig’ib tayyorlanadigan juftlama eshikdan farqlash uchui Bag’dodi atamasi qabul qilingan; 2) zaminsiz, uch qirrali handasiy o’yma shakllar hosil qilish usuli; dilali eshik, sandiq, javon va boshqalarni bezashda qo’llaniladi; 3) kulollikda handasiy (doira, uchburchak, yulduzsimon qirrali) shakllarni yasashda qo’llaniladigan uslublardan biri. Bu uslubda ishlangan naqshlar sariq, qizil, yashil bo’yoqlar bilan bezatilgan lagan, kosa, shokosa va to’y laganlarida uchraydi.