BEGONIYA
BEGONIYA (Begonia) — begoniyadoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar turkumi. 800 ga yaqin turi, asosan, issiq mamlakatlarda (Avstraliyadan tashqari) manzarali o’simlik sifatida bog’larda, bizda xonalarda o’stiriladi. Bargi yuraksimon, gullari oq-qizil yoki pushti. Urug’i, bargi yoki qalamchasidan ko’paytiriladi.