BEDANA-MOSHAK
BEDANA-MOSHAK (Lymnocryptus minimus) — baliqchilar turkumining loyxo’raklar oilasiga mansub qush. Patlari orqa va yelka tomonida yaltiroq qora, ikki yon tomonida sarg’ish yo’lli. Tanasining uzunligi 20 santimetrga, og’irligi 90 grammga yaqin. Yevrosiyoning tundra, o’rmontundra va shimol o’rmon mintaqalarida yashaydi. O’zbekistonda bahor va kuzda uchib o’tish davrida ko’plab uchraydi, ba’zan qishlab qoladi. Bedana-moshak botqoqlik va ko’llarning o’ti nam bo’lgan botqoklashgan qirg’oqlarida yashaydi. Tungi qush, kechasi oziq qidiradi. Uzun tumshug’i bilan yumshoq loydagi yoki tuproq ustidagi chuvalchanglar, hasharotlar va ularning lichinkalarini topib yeydi. Kunduzi pana joylarga bekinib oladi. Urg’ochisi 4 tagacha tuxum qo’yadi. Go’shti shirin, sport ov qushi hisoblanadi.